“Toshshahartransxizmat” rahbari avtobus haydovchilarining boshqaruv vaqtida mobil telefondan foydalanish holatlarini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan reydda ishtirok etdi. Yetti nafar haydovchi ishdan bo‘shatildi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi mahallalar va Uchtepa tumanidagi issiqlik markazida bo‘lib, obyektlarning qish mavsumiga tayyorgarligini ko‘zdan kechirdi.
Poytaxt IIBB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev jinoiy guruh vakillari yillar davomida kuzatilgani, dalillar yetarliligidan so‘ng ularga reydlar boshlanganini bildirdi. Shuningdek, u reydlar qo‘shni davlatlarda o‘tkazilayotgani yoki Jah Khalib konsertidagi tartibsizliklarga aloqasi yo‘qligini aytdi.
Azizbek Ahmadjonov 2021-yili Finlyandiyaning eng yaxshi OTMlaridan biri — Tampere universitetida tahsil olish uchun stipendiya egasiga aylangan edi. “Xorij diplomi” loyihasida u Yevropada o‘qish orzusi, xorijga ko‘chib o‘tish va fin talabalarining an’analari haqida gapirib berdi.
“Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin bir yil avval Toshkentda fasllar qanday namoyon bo‘lishini ko‘rsatuvchi loyihasini boshlagandi. U shaharning sakkiz joyini bir xil nuqtadan turib qish, bahor, yoz va kuzda suratga oldi. Buyuk Antonio Vivaldining “Yil fasllari” konsertlari esa loyihaga saundtrek bo‘ldi.
Qonunchilik palatasi deputatlari raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini kun tartibidan chiqardi. Unda davlat yordami bo‘yicha loyihalarni Raqobat qo‘mitasi bilan maslahatlashishni majburiy qilish, ayrim sanksiyalarni yumshatish taklif etilgandi.
Toshkent shahar huquq-tartibot idoralari “Salimboy” laqabi bilan tanilgan tadbirkor Salim Abduvaliyevga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini tanladi. Jinoyat ishining ayblovi o‘zgartirilib, yanada og‘irroq jazo nazarda tutilgan.
Toshkent shahar IIBB birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayevning ma’lum qilishicha, tadbirkor G‘ofur Rahimovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilmagan va qidiruvga berilmagan.
NRG qurilish kompaniyasi Toshkent aholisi orasida tadqiqot o‘tkazib, ular hayotining turli jabhalariga qancha vaqt sarflashlarini aniqladi va tadqiqot natijalari bilan o‘rtoqlashdi.
So‘nggi kunlarda O‘zbekistonda havo keskin sovib ketdi. Yomg‘ir qorga aylanib, yo‘llarni muz qopladi. “Gazeta.uz” muxbirlari qorli ko‘chalar, maxsus texnikalar faoliyati, ishga shoshayotgan odamlar va tirbandlikni suratga muhrladi.
Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishda chegarada undirilishi belgilangan yig‘imlarni bojxona hududida to‘lash imkoniyatini yaratish ko‘zda tutilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.
Britaniyaning Titan Airways aviakompaniyasining A330−300 yuk samolyoti nosozlik tufayli Toshkentdan Londonga ucha olmadi, deya xabar berdi Uzbekistan Airports. Samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagida shatakka olingan. Aeroport odatdagi tartibda ishladi.
Qonunchilik palatasi deputatlari dronlarni noqonuniy olib kirganlik va ulardan foydalanganlik uchun jazolarni yumshatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi. Unga ko‘ra, huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi norma kiritilmoqda. Hozirda bu uchun faqat jinoiy javobgarlik bor.
O‘zbekiston bo‘ylab barcha metan zapravkalari faoliyati soat 6:00 dan 12:00 gacha qisqartirildi. Avvalroq ular 15:00 ga qadar ishlashi bildirilgandi.
Energetika vazirligi elektrdan tejamkorlik bilan foydalanish bo‘yicha reydlar o‘tkazilayotganini ma’lum qildi. Reklama bannerlari, daraxtlardagi yoritkichlar, dorixona, ovqatlanish shoxobchalari yozuvidagi chiroqlar o‘chirilmoqda. Vazirlik elektrni behuda sarflash javobgarlikka sabab bo‘lishidan ogohlantirdi.
Farg‘ona xalqaro aeroportida yangi ILS/DME qo‘nish tizimini yangilash bo‘yicha ishlar yakunlandi. Bu murakkab meteorologik sharoitlarda samolyotlarning qo‘nishini va parvozlar xavfsizligini ta’minlaydi xamda xizmat ko‘rsatish sifatini oshiradi, deyiladi Uzbekistan Airports xabarida.
Yangiyer shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaroni Turkiya va Meksika orqali AQShga yuborishni va’da qilib, undan 8100 AQSh dollari va 1,2 mln so‘m olganlar ushlandi.
Quvasoy tibbiyot birlashmasida bosh shifokor v.b. bemorning kasalxona hududida mashinasini tez haydagan eriga e’tiroz bildirdi. Ular o‘rtasida nizo kelib chiqqach, shifokor erkakka boshi bilan zarba berdi, erkak esa uni pichoq bilan jarohatladi. Shifokor operatsiya qilinib, reanimatsiya bo‘limida davolanyapti.
Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik uch nafar bola “Mangu olov”ni qor bilan o‘chirib qo‘ydi. Militsiya bolalarning oilalari migratsiya qonunchiligini buzgan holda yashab kelayotgani va shu tufayli mamlakatdan chiqarib yuborilishini bildirdi.
Dohada O‘zbekistonning Qatardagi elchixonasi ochilish marosimi bo‘ldi. 2023-yil may oyida Toshkentda ushbu davlatning diplomatik vakolatxonasi ish boshlagandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting