6-dekabrda “Sber” raqamli ekotizimi Investor kunini o‘tkazdi. Uning doirasida kompaniya jamoasi 2026-yilgacha yangi rivojlanish strategiyasi haqida gapirib berdi.
Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi 2024-yil 7-fevralda bo‘lib o‘tadi. Bu haqdagi farmoyishni mamlakatni 20 yildan beri boshqarib kelayotgan prezident Ilhom Aliyev imzoladi.
Toshkent xalqaro aeroportida “keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari boshlangani” sababli yo‘l o‘tkazgich (estakada)ga chiqish 8-dekabrdan cheklanib, alohida yo‘lovchi tushirish yo‘lagi tashkil etiladi. Shuningdek, uchib ketish zaliga kuzatuvchilarning kirishi vaqtincha to‘xtatiladi.
31-dekabrgacha Bobur Residence turar-joy majmuasida xonadonlarni 31% gacha chegirma bilan sotib olish mumkin. Shuningdek, xaridorlar uchun foydali foizsiz muddatli to‘lov dasturi ham mavjud.
Prezident Konstitutsiya kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida ustuvor vazifalarni sanab o‘tdi. Konstitutsiyani bevosita qo‘llash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va boshqalar shular jumlasidandir. U davlat xizmatiga kirishda Konstitutsiya asoslari bo‘yicha bilimlarni imtihondan o‘tkazishni taklif qildi.
Yakkasaroy tumanida 2023-yil 19-iyulda 51 yoshli piyodani urib ketgan avtobus haydovchisiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Unga ko‘ra, aybdor 2 yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan holda 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Andijon va Qoraqalpog‘iston ortidan Surxondaryo ham metan gaz quyish shoxobchalari ish vaqtiga cheklov kiritildi. Viloyatdagi AGTKSHlar 2023-yil 7-dekabrdan boshlab soat 8:00 dan 17:00 gacha ishlaydi.
O‘zbekcha triller va yettita premera, Humo Fest hip-hop tadbiri, “Sharqona bozor”, yumoristik shoular, ijodiy mahorat darslar, spektakllar, ko‘rgazmalar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
O‘zbekcha triller va yettita premera, Humo Fest hip-hop tadbiri, “Sharqona bozor”, yumoristik shoular, ijodiy mahorat darslar, spektakllar, ko‘rgazmalar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Farrux Tursunov O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi bo‘ldi. U shu paytga qadar TIV boshqarmasi va departamentini boshqarib kelayotgandi.
Davlat soliq qo‘mitasi taksi bozorini tartibga solish bo‘yicha qanday ishlar qilayotgani haqida ma’lumot berdi. Yandex Go integratsiyasidan keyin 6 kun ichida 13,5 mlrd so‘mlik 800 ming 483 ta chek shakllantirilgan. Yaqin kunlarda Uklon va MyTaxi foydalanuvchilari ham fiskal cheklarni ola boshlaydi.
Rossiya parlamentining yuqori palatasi mamlakatda navbatdagi prezidentlik saylovi sanasini 2024-yil 17-martga belgiladi. Vladimir Putin saylovda ishtirok etish qarorini hali e’lon qilgani yo‘q.
Bryansk (Rossiya) shahrida 8-sinfda o‘quvchi qiz gimnaziyadagi sinfdoshlariga qarata o‘t ochdi. Besh kishi yaralandi, ikki qiz halok bo‘ldi, jumladan, hujum qilgan qiz o‘z joniga qasd qildi.
Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga o‘zining “Mening hayotim. Qaramlikdan ozodlikka” nomli memuari nusxasini sovg‘a qildi.
Qoraqalpog‘istondagi gaz to‘ldirish shoxobchalariga tabiiy gaz yetkazib berish belgilangan reja asosida — soat 06:00 dan 15:00 gacha amalga oshiriladigan bo‘ldi.
Toshkent shahri kengashi deputatlari gul ko‘chatlarini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar uchun 5 milliard so‘m ajratish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi.
Dam olish kunlarida O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Harorat kechasi +5…−10 daraja, kunduzi +10…-5 daraja atrofida bo‘ladi.
S&P “O‘zbekneftgaz” kredit reytingini past natijalar, yuqori qarz yuki va Uzbekistan GTL to‘liq quvvat bilan ishlamayotgani sababli nisbatan riskli bo‘lgan “B+” darajasiga tushirdi. Majburiyatlarning buzilishi va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanish ehtimoli kamaygani sababli prognoz “salbiy”ga o‘zgargan.
“Dolzarb 40 kunlik” maxsus reydlari davomida Toshkent viloyatida 34 nafar jinoiy guruh a’zosi qo‘lga olindi, 64 nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi. Andijonda o‘zidan “yetakchi” yasab olgan 4 kishi, Buxoroda esa kriminogen vaziyatga ta’sir qiluvchi 38 nafar shaxs qamoqqa olindi.
2022-yil boshida 7,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan bloger Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev ozodlikka chiqdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting