Arxiv

Ekopartiya nomzodi 2009-yildan keyin tug‘ilganlarga sigaret sotishni taqiqlashni taklif qildi
16 iyun 2023, 16:01

Ekopartiya nomzodi 2009-yildan keyin tug‘ilganlarga sigaret sotishni taqiqlashni taklif qildi

Ekologik partiyadan prezidentlikka nomzod Abdushukur Xamzayev 2030-yildan boshlab 2009-yildan keyin tug‘ilganlarga yoshidan qat’i nazar sigaret sotishni taqiqlashni taklif qildi. Shuningdek, u 2030-yildan ichki yonuv dvigatelli avtomobillarni sotish va import qilishni taqiqlash tarafdoriligini ta’kidladi.

Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki va Islom taraqqiyot banki Surxondaryoda ES qurish uchun investitsiya kiritadi
16 iyun 2023, 14:15

Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki va Islom taraqqiyot banki Surxondaryoda ES qurish uchun investitsiya kiritadi

Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki va Islom taraqqiyot banki Surxondaryoda 1560 MVt quvvatga ega bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasi qurish uchun davlat kafolatisiz 325 mln yevro investitsiya kiritadi.

Qonunchilik palatasiga davlat budjeti to‘g‘risidagi hisobot kechikib kiritildi, Sherzod Kudbiyev bunga izoh berdi
16 iyun 2023, 13:40

Qonunchilik palatasiga davlat budjeti to‘g‘risidagi hisobot kechikib kiritildi, Sherzod Kudbiyev bunga izoh berdi

Deputat Bekmirza Eshmirzayev iqtisodiyot va moliya vaziridan davlat budjeti ijrosi bo‘yicha hisobot Qonunchilik palatasiga belgilangan muddatdan 15 kun kechikib kiritilganining sababini so‘radi. Vazir bu shaxsan uning kamchiligi ekanini aytib, bu holat boshqa takrorlanmasligiga umid qilishini aytdi.

Farg‘onada tirik mushukni yoqib yuborganlar jarimaga tortildi
16 iyun 2023, 13:04

Farg‘onada tirik mushukni yoqib yuborganlar jarimaga tortildi

Quvasoy shahrida mushukni qafasga solib, uni tiriklayi yoqib yuborgan shaxslar jarimaga tortildi.

Buxoro viloyatida to‘r bilan baliq ovlagan brakonerlar qo‘lga olindi
16 iyun 2023, 13:00

Buxoro viloyatida to‘r bilan baliq ovlagan brakonerlar qo‘lga olindi

Buxoro viloyatidagi Qoraqir tabiiy suv ombori hududida taqiqlangan to‘rlar bilan 327 ta turli turdagi baliqni ovlagan erkaklar qo‘lga olindi.

Qamchiq dovonida yuk mashinasi xandaqqa tushib ketdi
16 iyun 2023, 12:52

Qamchiq dovonida yuk mashinasi xandaqqa tushib ketdi

Qamchiq dovonida MAN yuk avtomobilining tormoz tizimi ishlamay qolib, xandaqqa tushib ketdi. FVV qutqaruvchilari maxsus texnikalar yordamida mashinani chiqarib oldi.

“Iyun oyida haroratning yuqori bo‘lishi istisno emas” — O‘zgidromet
16 iyun 2023, 12:38

“Iyun oyida haroratning yuqori bo‘lishi istisno emas” — O‘zgidromet

O‘zgidromet yoz noodatiy issiq bilan boshlanganiga izoh berdi. Oxirgi marta bunday issiq 2021-yilda iyun oyining birinchi yarmida kuzatilgan va u barcha kuzatuvlar davomidagi eng issiq havo bo‘lib, harorat +46 darajaga yetgan. Joriy iyun bunday qiymatlarga “yeta olmadi”.

Qoraqalpog‘istonda fermer 620 gektarni $400 ming evaziga fuqaroga rasmiylashtirib berishga uringani aytilmoqda
16 iyun 2023, 11:48

Qoraqalpog‘istonda fermer 620 gektarni $400 ming evaziga fuqaroga rasmiylashtirib berishga uringani aytilmoqda

Qoraqalpog‘istonda fermer mansabdor tanishlari orqali jami 620 gektar yerni $400 mingga fuqaro nomiga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgani, pulning yarmini olgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. Shuningdek, Samarqand va Namangan viloyatlarida ham noqonuniy yer savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.

O‘zbekistonda dam olish kunlari ob-havo quruq va issiq bo‘ladi
16 iyun 2023, 11:39

O‘zbekistonda dam olish kunlari ob-havo quruq va issiq bo‘ladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi. Harorat +43 darajagacha isiydi. Ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

O‘zbekiston Trinidad va Tobago bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
16 iyun 2023, 11:11

O‘zbekiston Trinidad va Tobago bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

Trinidad va Tobago respublikasi O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 144-davlat bo‘ldi. Nyu-Yorkda ikki davlatning BMTdagi doimiy vakillari tomonidan bu borada qo‘shma kommunike imzolandi.

Sirdaryo viloyati hokimi Akmal Mahmudaliyev senator bo‘ldi
16 iyun 2023, 10:34

Sirdaryo viloyati hokimi Akmal Mahmudaliyev senator bo‘ldi

Oliy Majlis Senatida Sirdaryo viloyatidan bo‘shab qolgan o‘ringa viloyat hokimi Akmal Mahmudaliyev saylandi.

O‘zbekistonda bir nechta soliq turlari bo‘yicha penya va jarimalardan kechib yuboriladi
16 iyun 2023, 10:32

O‘zbekistonda bir nechta soliq turlari bo‘yicha penya va jarimalardan kechib yuboriladi

Prezident qarori bilan jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan qarzga hisoblangan penya summalari, oxirgi 6 oyda ishlamayotgan YATTlarning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqdan qarzi hamda ularga hisoblangan penya va jarima summasi hisobdan chiqariladi.

Banklarda dollarning sotuv va sotib olish kursi tushdi
16 iyun 2023, 10:25

Banklarda dollarning sotuv va sotib olish kursi tushdi

Tijorat banklari 16-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 405−11 460 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 480−11 515 so‘m.

Toshkentning uch tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
16 iyun 2023, 09:59

Toshkentning uch tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

Juma kuni poytaxtning Yashnobod, Yunusobod va Chilonzor tumanlaridagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Samarqandda bolalarini qiynab, videoga olgan ona 7,5 mln so‘m jarimaga tortildi
16 iyun 2023, 09:56

Samarqandda bolalarini qiynab, videoga olgan ona 7,5 mln so‘m jarimaga tortildi

Rossiyada bo‘lgan eriga jahl qilib, bolasini qiynaganini tasvirga olgan va turmush o‘rtog‘iga yuborgan kattaqo‘rg‘onlik ayol jazoga tortildi. 23 yoshli ona sudda bu ishni erini qo‘rqitish maqsadida qilganini aytdi. Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi ayol 7,5 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi.

Adliya vazirligi Uzbekistan’s club nodavlat notijorat tashkilotini ro‘yxatdan o‘tkazdi
16 iyun 2023, 09:46

Adliya vazirligi Uzbekistan’s club nodavlat notijorat tashkilotini ro‘yxatdan o‘tkazdi

Uzbekistan’s club nodavlat notijorat tashkiloti Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. NNTning asosiy maqsadi xalqaro miqyosda muvaffaqiyatlarga erishgan, O‘zbekiston taraqqiyotiga hissa qo‘shgan o‘zbekistonliklar bilan ishlash.

Toshkentda avtobus bilan to‘qnashgan Lacetti haydovchisi vafot etdi
16 iyun 2023, 09:28

Toshkentda avtobus bilan to‘qnashgan Lacetti haydovchisi vafot etdi

Mirzo Ulug‘bek tumanida Isuzu avtobusi bilan to‘qnashgan Lacetti haydovchisi halok bo‘ldi.

15-iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
15 iyun 2023, 22:00

15-iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkentda himoya orderi talablarini buzib, jarimaga tortilgan AQSh fuqarosi, Namanganda JQB sobiq boshlig‘iga qiynoq uchun yengil jazo tayinlangani, yonib ketgan Qo‘qon bozori haqida gapirgan Shavkat Mirziyoyev, eski banknot va tangalarni almashtirish tiklangani va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Uzbekistan Airways Chexiyadan LET L-410 samolyotlarini sotib oladi
15 iyun 2023, 20:22

Uzbekistan Airways Chexiyadan LET L-410 samolyotlarini sotib oladi

Uzbekistan Airways Chexiyaning LET L-410-E20 yengil samolyotlarini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Ulardan O‘zbekistonda ichki yo‘nalishlarda foydalanish rejalashtirilgan.

2023-yilda pul o‘tkazmalarining o‘sishi sekinlashadi — Jahon banki
15 iyun 2023, 20:02

2023-yilda pul o‘tkazmalarining o‘sishi sekinlashadi — Jahon banki

Jahon banki 2023-yilda pul o‘tkazmalari o‘sishi sekinlashishini bashorat qilmoqda. Bu, ayniqsa, Yevropa va Markaziy Osiyoda yaqqol seziladi, deb hisoblaydi ekspertlar.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting