Toshkentda 8−9-noyabr kunlari Shavkat Mirziyoyev raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti o‘tkaziladi. Unda Qozog‘iston, Ozarbayjon, Eron, Turkiya va boshqa davlatlarning mamlakat va hukumat rahbarlari ishtirok etadi.
Yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonga elektromobillar importi 22,5 mingtaga yetdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6 barobardan qo‘pdir. Yetkazib berish miqdori 582 mln dollardan oshdi.
Fransiyaning Orano kompaniyasi O‘zbekistonda geologiya-qidiruv va uran qazib olish ishlariga 500 mln dollargacha sarmoya kiritadi. Navoiy viloyatidagi ikkita hududda qidiruv ishlari olib boriladi. Emmanuel Makronning mamlakatga tashrifida ham bu masalalar ko‘rilgandi.
Botanika bog‘lari katta, ko‘p va moliyaviy baquvvat bo‘lishi, ularni nafaqat davlat, balki homiylar ham qo‘llashi kerak. Ayni vaqtda, ular velosiped uchiladigan park emas, balki shaharliklarni tabiatga yaqinlashtiruvchi yashil maktabdir, deb hisoblaydi xorijdagi tabiatsevar o‘zbekistonliklar.
“Gazprom” bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, 7-oktabrdan beri O‘zbekiston Rossiyadan 300 mln kub metrga yaqin gaz import qildi, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. U import qilingan “moviy yoqilg‘i” narxini yana oshkor qilmadi.
2024-yil o‘rtalariga qadar Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston 15 yil davomida gaz yetkazib berish va tranzit bo‘yicha hamkorlik majburiyatlarini belgilashni rejalashtirmoqda, dedi “Gazprom” rahbari Aleksey Miller. Kompaniya ulardagi boshqa gaz quvurlari tizimidan foydalanishga tayyorligini bildirdi.
To‘qqiz oy davomida O‘zbekistonga 2,58 mln donaga yaqin mobil telefon import qilindi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18 foizga ko‘pdir. Yetkazib berish hajmi 178,2 mln dollardan (+23,3 foiz) oshdi.
O‘zbekistonda benzin taqchilligi mavjud emas, deya ma’lum qildi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. U nima sababdan birjada yoqilg‘i sotib olishga cheklov kiritilganini tushuntirdi.
O‘zbekistonda 1000 dan ortiq odam abonent raqamini saqlagan holda mobil operatorini o‘zgartirdi, deya ma’lum qildi raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov. U kelgusida ko‘proq abonentlar uyali aloqa operatorlarini o‘zgartirishini kutmoqda.
Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti o‘tkazilishi sababli poytaxtning ayrim ko‘chalari 8−10-noyabr kunlari transport harakati uchun yopiladi. Shuningdek, 8−9-noyabr kunlari poytaxtga yuk mashinalarining kirishi qisman cheklanadi, shahar markazida esa ular harakatlanishi to‘liq to‘xtatiladi. Ro‘yxat.
Moskvada imzolangan uch tomonlama hujjatga ko‘ra, Rossiyadan Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmini 1 million tonnaga oshirish rejalashtirilmoqda.
Uzbekistan Airports Toshkentda aviaspotter bolalarning qo‘lga olinishi yuzasidan bayonot berdi. Kompaniya yosh avlodning spotting harakatini qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Shahar IIBB hozircha holat yuzasidan bayonot bermadi. Hibsga olinganlarning aytishicha, ularga nisbatan munosabat yumshagan.
Toshkentda samolyotlarni suratga olayotgan maktab o‘quvchilari huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Xodimlar ularga baqirib, so‘kib, suratga olish jihozlarini olib ketishdi.
Prezident qarori bilan O‘zbekiston karate milliy federatsiyasi O‘zbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi etib qayta tashkil qilinadi. Shuningdek, hududlarda “Karate hamma uchun” dasturi amalga oshiriladi, bog‘chalarda Kids karate loyihasi ishga tushiriladi.
Nepalda 4-noyabrga o‘tar kechasi 6,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida kamida 128 kishi halok bo‘ldi. Rasmiylar qurbonlar soni ortishi mumkinligini aytdi.
Prezident qarori bilan 2024-yil 1-iyungacha futbol bo‘yicha maxsus telekanal ochiladi. Shuningdek, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tizimida Milliy futbol markazi tashkil qilinadi.
Oktabr oyi oxirida O‘zbekistonda 1 foizlik inflyatsiya qayd etildi va yillik inflyatsiya yana 9 foizdan tushdi. Energiya tariflari oshishiga qaramay, bu oxirgi 7 yildagi eng past oylik ko‘rsatkichdir. Iqtisodchining taxmin qilishicha “iqtisodiy haroratni o‘lchaydigan termometr buzilib qolgan”.
Anorli, sitrus, zanjabil va oblepixali choy, alkogolsiz “glintveyn” ichimligi, issiq shokolad va boshqalar — Zira.uz kuz mavsumiga mos mazali va foydali issiq ichimliklar retseptlari bilan bo‘lishadi.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga Bahodir Ahmedov va Avazxon Tadjixanov birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi. Shuningdek, Yusufjon Usmonov madaniyat vazirining o‘rinbosari bo‘ldi.
Bosh prokuratura va Oliy sud mas’ullari Xorazmdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqa qilgan 2 sobiq amaldorga chiqarilgan hukm to‘g‘ri malakalanganini ta’kidladi. Protsessual harakatlarda nomusga tegish holati topilmadi, dedi bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Artikova.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting