Milliy turoperator Asialuxe Travel kuzda Antaliyaga sayohat qilish ustunliklari bilan o‘rtoqlashdi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar va “hammasi ichida” kompleks turlari narxlari 8,7 mln so‘mdan boshlanadi.
Rossiyaning Fly and See Agro kompaniyasi O‘zbekistonda dron ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. 80 mln dollarlik bo‘lgan besh yillik loyiha Navoiy erkin iqtisodiy zonasi hududida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari ishtirokida sakkizta hujjat imzolandi. Ular orasida Samarqand fransuz alyansini tashkil etish, ichimlik suvi infratuzilmasini yaxshilash, ta’lim va madaniy meros sohasidagi hamkorlik kabilar bor.
Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makronning kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari davomida O‘zbekiston-Fransiya savdo palatasi ishga tushishi hamda Toshkentda Business France agentligining ofisini ochish rejalashtirilayotgani e’lon qilindi. Shuningdek, ular Samarqandda Fransiya alyansi filiali ochilishini olqishladi.
Qashqadaryodagi Ona va bola salomatligi tibbiyot markazida Belarus boshqaruv tizimini joriy etish, viloyatdagi 900 nafar doyani ushbu davlat ta’lim standartlari asosida o‘qitish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Belarus vakillari O‘zbekiston sog‘liqni saqlash kodeksini ishlab chiqishda yordam berishini bildirdi.
Shavkat Mirziyoyevning Emmanuel Makron bilan o‘tgan tor doiradagi uchrashuvida Toshkentda O‘zbekiston-Fransiya oliygohini ochishni tezlashtirish va fransuz tili o‘qituvchilarini tayyorlashda hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi. Shuningdek, Fransiya alyansining Samarqanddagi filiali ochilishi e’lon qilindi.
Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan Usmon Alimov Sherobod tumaniga hokim vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi. Tumanning sobiq hokimi sog‘lig‘i tufayli o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shagan.
Samarqanddagi Kongress markazida Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi. Davlat rahbarlari u yerda ko‘p qirrali munosabatlarni rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqadi.
Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan 150 ta obyektda sifatsiz bajarilgan 10,6 mlrd so‘mlik ishlar va 106 ta obyektdagi 4,8 mlrd so‘mlik qo‘shib yozish aniqlandi. Loyiha-smeta hujjati qayta o‘rganilishi natijasida 994 ta loyihadan 216,8 mlrd so‘mlik mablag‘ budjetdan ortiqcha xarajat qilinishining oldi olindi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 2024-yilgi Parij Olimpiadasi o‘yinlariga saralash bosqichining hal qiluvchi uchinchi bosqichiga chiqdi. Ular guruhdagi so‘nggi o‘yinda hindistonlik raqiblarini 3:0 hisobida mag‘lub etdi (statistika, video, foto).
O‘zbekistonda yanvar-sentabr oralig‘ida ajrashganlarning o‘rtacha yoshi erkaklarda 37, ayollarda 32,9 ni tashkil etdi. Nikohlanganlarning o‘rtacha yoshi ayollarda 22,5, erkaklarda 27,3 yosh bo‘lgan. Ajrashgan oilalarning yarmidan ko‘pida farzand bo‘lmagan.
Frankfurt-Mayn sudi rossiyalik milliarder Alisher Usmonovga nisbatan olib borilgan tergov davomida olib qo‘yilgan mol-mulklarni egalariga qaytarishni belgiladi. Sud may oyida tintuvlarni noqonuniy deb topgandi.
2023-yil yakuniga qadar Toshkent shahridagi jami 250 ta tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyiga chaqiruv tugmali svetoforlar o‘rnatiladi. “Zarbdor ikki oylik” tadbiri davomida 142 ta piyodalar o‘tish joylardagi yetishmaydigan yo‘l belgilar o‘rnatilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Fransiya rahbari Emmanuel Makron bilan uchrashdi. Ular tunda Samarqand bo‘ylab sayr qildi, Registon maydoni va “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasiga tashrif buyurdi (foto, video).
Prezident 2−3-noyabr kunlari Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi.
“Mikrokreditbank” Toshkent markazidagi Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Aloqabank” binolari xaridoriga aylandi. Bitimlarning umumiy summasi 387 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Emmanuel Makronning Ostonaga tashrifi chog‘ida strategik minerallar bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolandi. Qasim-Jomart Tokayev, shuningdek, Qozog‘iston Fransiyaga neft eksportini ko‘paytirishga tayyorligini va uran yetkazib berishda katta imkoniyatlar ko‘rayotganini ta’kidladi.
YUNESKO Buxoroni “Ijodkor shaharlar tarmog‘i”ga kiritdi. 2025-yilda shaharda birinchi zamonaviy dizayn va hunarmandchilik biyennalesi bo‘lib o‘tadi, unda mahalliy hunarmandlar va rassomlar xorijlik hamkasblari bilan tajriba almashishlari mumkin bo‘ladi.
Abduqodir Toshqulov 2021-yilgacha rektorlik qilgan Termiz davlat universitetiga qayta rahbar bo‘ldi. Bungacha u oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi e’lon qilgan 2024-yilgi soliq o‘zgarishlariga ko‘ra, bir qator soliq imtiyozlari bekor qilinadi, shakarli gazlangan ichimliklar uchun aksiz solig‘i, shinalar uchun utilizatsiya solig‘i, og‘irligi 10 tonnadan ortiq yuk avtomobillariga yo‘l yig‘imi va boshqalar joriy etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting