Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024-yilgi budjet barqarorligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan omillar va xavflarni sanab o‘tdi. Ular qatorida so‘mning qadrsizlanishi, oltin va mis narxining pasayishi, energiya tariflari oshirilmasligi, oziq-ovqat mahsulotlari jahon narxlarining oshishi va boshqalar bor.
AQSh “Rossiya armiyasi uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini sotib olish va yaratish kabi faoliyat bilan shug‘ullangan” 13 ta kompaniyaga nisbatan sanksiyalar e’lon qildi. Ular orasida O‘zbekistondan Mvizion kompaniyasi ham bor.
Perfectum kompaniyasi maktab o‘quvchilari va ta’lim muassasalari, kollej va litseylarda ta’lim oluvchilar uchun yangi “O‘quvchi” tarifini ishga tushirdi.
O‘zgidromet O‘zbekistonga yana “oltin kuz” qaytgani, dam olish kunlari havo biroz bulutli bo‘lishi, yog‘ingarchilik kutilmasligi, shamol esa o‘rtacha tezlikda esishini ma’lum qildi. Harorat kechalari +5…+10 daraja, kunduzi +19…+24 daraja iliq bo‘ladi.
Komiljon Komilov Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Bosh prokuratura Sherobod tumanidagi “Tallagan tepa”, “G‘o‘rintepa”, “Xushvaqtepa” va “Toshtepa” yodgorliklariga zarar yetkazilganini aniqladi. Bu manzillarda yo‘l, uy-joy, hojatxona va molxona qurilgan. 7 mlrd so‘mlik zarar yetgan ushbu holatlar bo‘yicha hokimlik mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Urganch xalqaro aeroportida xorij fuqarosi 50 dona qadimiy tangani O‘zbekistondan olib chiqib ketishining oldi olindi. Misdan yasalgan tangalar orasida temuriylar davriga oidlari ham bo‘lgan. Hozirda ular “Xiva Ichan-qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasiga topshirilgan.
UzAuto Motors Chevrolet rasmiy dilerlik markazlarida Damas, Labo, Cobalt va Captiva 5 sotuvi boshlanganini e’lon qildi.
Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati rahbari qo‘shinlar G‘azo shahrini qurshab olganini e’lon qildi. Uning aytishicha, sulh tuzish masalasi “kun tartibida emas”.
Toshkent xalqaro aeroportida kutib oluvchilar uchun kutish zali ochildi. Pavilonni bahorda qurib bitkazish rejalashtirilgandi, lekin boshlangan ish birdan to‘xtatilgan. Uzbekistan Airports kompaniyasi bu terminal kengaytirilgunga qadar vaqtinchalik yechim ekanini qayd etdi.
Pokiston mamlakatda noqonuniy yashayotgan xorijliklarni deportatsiya qilishni boshladi. Ularning aksariyati Afg‘onistondan. BMT mamlakat hukumatini “inson huquqlari sohasidagi halokat”ning oldini olish uchun afg‘onlarni majburan chiqarib yuborishdan voz kechishga chaqirdi.
Xitoy va AQSh rasmiylari uzoq vaqtdan buyon ilk bor yadroviy qurol ustidan nazorat bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqchi. Qo‘shma Shtatlar Rossiya va Xitoy bilan “beqarorlashtiruvchi uch tomonlama qurollanish poygasi”ning oldini olishga intilmoqda, deb yozadi WSJ.
Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida 15 va 16-noyabrdan sovuq suv va kanalizatsiya xizmatlari narxlari oshadi.
2023-yilda davlat budjetidan aholiga gaz, elektr, issiqlik ta’minoti va jamoat transporti narxlarini subsidiyalash uchun 31 trln so‘mdan ortiq (2,53 mlrd dollar) ajratish rejalashtirilgan. Bu nafaqa, moddiy yordam, ilm-fan, sport va madaniyat uchun ajratilgan jami mablag‘dan ko‘proq.
Toshkentda SHHT davlatlarining birinchi transport forumi bo‘lib o‘tdi. Uning doirasida “Belarus — Rossiya — Qozog‘iston — O‘zbekiston — Afg‘oniston — Pokiston” va “Rossiya — Kaspiy dengizi — Turkmaniston — O‘zbekiston — Qirg‘iziston” yangi xalqaro transport yo‘laklarini yaratish bo‘yicha memorandumlar imzolandi.
Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron O‘zbekistonning antik davr, o‘rta asrlar va temuriylar davrini o‘z ichiga olgan madaniy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanishdi. Fransiya qirolining Amir Temurga yo‘llagan maktubi ham eksponat sifatida taqdim etildi. Shundan so‘ng davlat rahbarlari daraxt ekdi.
Ekspertlar O‘zbekiston shaharlarining yashash uchun qulaylik reytingini tuzdi. Indeks ta’lim, tibbiyot, atrof-muhit, infratuzilma, madaniyat kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan. Natijalarga ko‘ra, kuchli uchlikni Toshkent, Urganch va Buxoro shaharlari, quyi o‘rinlarni Yangiyer, Ohangaron va Quvasoy shaharlari band etgan.
O‘zbekistonda 2024-yilda davlat budjetining ish haqi, pensiyalar, stipendiya va nafaqalar miqdorini va ayrim xizmatlarning tariflarini oshirish bilan bog‘liq xarajatlari 9,6 trln so‘mni tashkil etadi. Umumiy hisobda ish haqi, pensiya va stipendiyalarga davlat budjeti xarajatlarining yarmidan ko‘pi yo‘naltiriladi.
Hakamlar hay’ati HONOR OVOZI loyihasi doirasida 10 000 dan ortiq arizalarni tahlil qilib, 30 nafar finalchini saraladi — g‘olib esa xalq tomonidan tanlanadi.
Fransiya O‘zbekistondagi islohotlar strategiyasiga ishonch bildiradi va bu mamlakatga sarmoya kiritishini juda aniq bayon etadi, dedi Emmanuel Makron. “Bu ikki tomonlama siyosiy kafolatdir… Fransiya siz tomoningizda. Biz barcha tarmoqlar va moliyaviy resurslarimizni safarbar qilamiz”, — dedi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting