Arxiv

Buxoro shahar hokimligi binosi ko‘chirildi. Bu turistik markaz qurilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda
31 oktabr 2023, 12:16

Buxoro shahar hokimligi binosi ko‘chirildi. Bu turistik markaz qurilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda

Buxoro shahri markazidagi binolar va stadion o‘rniga turistik markaz qurilishi loyihasi yil boshida e’tirozlar sabab to‘xtab qolgandi. Kun.uz`ning yozishicha, masala yana ko‘tarilgan, shahar hokimligi boshqa hududga ko‘chirilgan, shahar markazi “snos”ga tayyorlanayotgan bo‘lishi mumkin. Hokimlik vakili buni rad etdi.

O‘zbekiston harbiy prokurori endi prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi
31 oktabr 2023, 11:54

O‘zbekiston harbiy prokurori endi prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi

“Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga ko‘ra, endi O‘zbekiston harbiy prokurori bosh prokuror taqdimiga binoan prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

USAID “Sildan xoli O‘zbekiston” loyihasini ishga tushirdi
31 oktabr 2023, 11:48

USAID “Sildan xoli O‘zbekiston” loyihasini ishga tushirdi

AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi — USAID “Sildan xoli O‘zbekiston” 5 yillik tashabbusini boshladi. Silning oldini olish, aniqlash va davolash ishlari bo‘yicha loyihaga 18 mln dollar sarmoya kiritilmoqda.

Messi sakkizinchi marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi
31 oktabr 2023, 10:51

Messi sakkizinchi marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi

“Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi o‘zining sakkizinchi “Oltin to‘p”ini qo‘lga kiritdi. Ayollar o‘rtasida yilning eng yaxshi futbolchi deb esa “Barselona” yarim himoyachisi Aytana Bonmati topildi.

Shavkat Mirziyoyev aeroportga olib boruvchi ko‘prikdagi qurilish ishlari bilan tanishdi
31 oktabr 2023, 10:38

Shavkat Mirziyoyev aeroportga olib boruvchi ko‘prikdagi qurilish ishlari bilan tanishdi

O‘zbekiston prezidenti Bobur ko‘chasi bo‘ylab Kichik halqa yo‘li va temir yo‘l ustidan o‘tib, Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi yo‘l o‘tkazgichdagi qurilish va ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. Loyiha maslahatchisi ko‘prik sinovdan o‘tkazilgani va xavfsiz ekanini ta’kidladi.

“Bu majburiy mehnatga kirmaydi”. Toshkent viloyati SSB boshlig‘i xodimlarga hasharga chiqishni buyurdi
31 oktabr 2023, 10:34

“Bu majburiy mehnatga kirmaydi”. Toshkent viloyati SSB boshlig‘i xodimlarga hasharga chiqishni buyurdi

Toshkent viloyati SSB boshlig‘i Ulug‘bek Abdug‘aniyev viloyat rahbarlari hududlarda reyd o‘tkazayotganini aytib, uyaltirib qo‘ymaslik uchun “o‘zini erkakman degan har bir shifokor”ga hasharda qatnashishni buyurdi. U topshirig‘ini xodimlarning shartnomasida ommaviy tadbirlarda qatnashishi ko‘rsatilgani bilan izohladi.

Andijonda ruhiy kasal bemorni kaltaklagan shifoxona xodimi ishdan olindi
31 oktabr 2023, 10:18

Andijonda ruhiy kasal bemorni kaltaklagan shifoxona xodimi ishdan olindi

Tarmoqlarda Andijondagi ruhiy kasalliklar shifoxonasida xodim bemorni kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Viloyat prokuraturasi xodimning ishdan bo‘shatilgani va tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Toshkentdagi “Temurbeklar maktabi”ga qizlar ham qabul qilinadi
31 oktabr 2023, 10:12

Toshkentdagi “Temurbeklar maktabi”ga qizlar ham qabul qilinadi

Shu vaqtgacha faqat yigitlar qabul qilingan Toshkentdagi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida endi qizlar ham o‘qishi mumkin. Avvalroq uni bitirganlarga OTMga kirishda imtiyoz berilishi turli muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Buning ortidan uning kvotalarini alohida qilish masalasi ko‘tarilgan.

Qiziriq tumanining sobiq hokimi Rustam Pardayevga oid jinoyat ishi sudda ko‘rilmoqda
31 oktabr 2023, 10:03

Qiziriq tumanining sobiq hokimi Rustam Pardayevga oid jinoyat ishi sudda ko‘rilmoqda

Surxondaryoning sobiq hokimi To‘ra Bobolov ortidan 13 tuman hokimi qatorida ishdan olingan, 1 yil davomida Qiziriq tumaniga rahbarlik qilgan Rustam Pardayev 4ta jinoiy modda doirasida sud qilinmoqda. Unga o‘zlashtirish, firibgarlik, mansab soxtakorligi kabi ayblovlar qo‘yilgan.

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
31 oktabr 2023, 09:59

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Azim Nazarov qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari, Akmal Qosimov va Bunyod Oxunov vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekistonning yirik hukumat delegatsiyasi Afg‘onistonga tashrif buyurdi. Asosiy ma’lumotlar
30 oktabr 2023, 23:16

O‘zbekistonning yirik hukumat delegatsiyasi Afg‘onistonga tashrif buyurdi. Asosiy ma’lumotlar

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘onistonga tashrif buyurdi. Tomonlar tovar ayirboshlash hajmini yiliga 3 mlrd dollarga yetkazmoqchi. “Tolibon”, shuningdek, Afg‘oniston yuklarining O‘zbekiston orqali tranziti uchun to‘lovlarni kamaytirishni so‘ragan.

Shanxay-Frankfurt reysi samolyoti yo‘lovchilarning janjali tufayli Toshkentga qo‘ndi
30 oktabr 2023, 22:56

Shanxay-Frankfurt reysi samolyoti yo‘lovchilarning janjali tufayli Toshkentga qo‘ndi

Shanxaydan Frankfurtga uchayotgan Lufthansa aviakompaniyasi samolyoti ikki yo‘lovchining janjali tufayli Toshkent aeroportiga qo‘ndi.

O‘zbekiston Markaziy banki rahbari — Humo faoliyatidagi uzilishlar sabablari haqida
30 oktabr 2023, 22:48

O‘zbekiston Markaziy banki rahbari — Humo faoliyatidagi uzilishlar sabablari haqida

Humo to‘lov tizimi faoliyatidagi muammolar dasturiy ta’minot to‘liq yangilangani bilan bog‘liq, deya ma’lum qildi O‘zbekiston Markaziy banki rahbari Mamarizo Nurmuratov.

Prezident bosh vazir o‘rinbosarlariga maktablar qurilishiga ajratilayotgan pullarning maqsadli sarflanishini nazorat qilishni topshirdi
30 oktabr 2023, 22:31

Prezident bosh vazir o‘rinbosarlariga maktablar qurilishiga ajratilayotgan pullarning maqsadli sarflanishini nazorat qilishni topshirdi

Prezident Qarshi tumanidagi ta’mirdan chiqqan 12-maktabga tashrifidan so‘ng amalga oshirilgan ishlardan norozi bo‘lib, bosh vazir o‘rinbosalari Achilbay Ramatov va Jamshid Qo‘chqorovga maktablarni qurish va ta’mirlash jarayonlari hamda mablag‘larning maqsadli sarflanishi ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha topshirib berdi.

Markaziy bank yana qariyb 2 mlrd dollarlik valyuta intervensiyalarini amalga oshirdi
30 oktabr 2023, 19:44

Markaziy bank yana qariyb 2 mlrd dollarlik valyuta intervensiyalarini amalga oshirdi

Uchinchi chorakda O‘zbekiston Markaziy banki 19,5 trln so‘mga oltin sotib oldi, biroq 22,8 trln so‘mlik (1,9 mlrd dollar) valyuta intervensiyalarini amalga oshirdi.

Vaksina instituti hududida qurilish ishlari davom etmoqda, faollar javobgarlikka tortilmoqda
30 oktabr 2023, 19:03

Vaksina instituti hududida qurilish ishlari davom etmoqda, faollar javobgarlikka tortilmoqda

Toshkentda Vaksina va zardoblar instituti hududida ko‘p qavatli uy va tadbirkorlik majmuasini qurishga tayyorlanayotgan kompaniya va aholi o‘rtasidagi qarama-qarshilik davom etmoqda. Faollardan biri mitingga chaqiriq aybi bilan javobgarlik haqida ogohlantirilgan bo‘lsa, 3 nafar fuqaro jarimaga tortilgan.

Prezident administratsiyasining Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi
30 oktabr 2023, 18:10

Prezident administratsiyasining Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident administratsiyasining Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbariga Asilbek Xudayarov birinchi o‘rinbosar bo‘ldi. Shuningdek, Gayane Umerova departament rahbari o‘rinbosari lavozimiga kirishdi. Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i bo‘lgan Jobir Azimov esa prezident maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Avto 60 oy`ning 8 yilga qamalgan asoschisi Jamshid Bahodirov muddatidan avval ozodlikka chiqdi
30 oktabr 2023, 17:38

Avto 60 oy`ning 8 yilga qamalgan asoschisi Jamshid Bahodirov muddatidan avval ozodlikka chiqdi

2021-yil mart oyida firibgarlikda ayblanib 8 yilga qamalgan Avto 60 oy asoschisi Jamshid Bahodirov ozodlikka chiqdi, deb yozdi Kun.uz. Oliy sudning “Gazeta.uz”ga tushuntirishicha, belgilangan muddatning uchdan bir qismini o‘tab bo‘lganidan keyin uning jazosi yengillashtirilgan.

Transport nazorati inspeksiyasiga Jamshid Karimov rahbar bo‘ldi
30 oktabr 2023, 17:37

Transport nazorati inspeksiyasiga Jamshid Karimov rahbar bo‘ldi

YHXBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Jamshid Karimov Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasiga rahbar etib tayinlandi.

Samarqandni tunnellar shahriga aylantirishdan kim manfaatdor?
30 oktabr 2023, 16:11

Samarqandni tunnellar shahriga aylantirishdan kim manfaatdor?

Samarqand transport bosh rejasiga ega bo‘lgan birinchi shaharga aylandi. Unda ustuvorlik piyodalarning qulay va xavfsiz harakatlanishiga hamda jamoat transportini rivojlantirishga berilgan. Shunga qaramay, mahalliy hokimiyat aholi va mutaxassislar fikriga zid ravishda shahar markazida uchinchi tunnelni qurmoqchi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting