Arxiv

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?
27 oktabr 2023, 20:00

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?

Oltita kinopremera, spektakllar, itlar ko‘rgazmasi, “Humo” xokkey klubi o‘yinlari, Ayol Yo‘li festivali, Ozod Shukrulloyev hamda DJ King Macarella konsertlari, bolalar uchun mahorat darslari va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Qozog‘iston Milliy banki chet elliklarga bank kartalarini berish talablarini kuchaytirishni taklif qildi
27 oktabr 2023, 19:17

Qozog‘iston Milliy banki chet elliklarga bank kartalarini berish talablarini kuchaytirishni taklif qildi

Qozog‘iston Milliy banki mamlakat norezidentlariga vaqtincha yoki doimiy yashash uchun ruxsatnomasiz bank kartalari berishni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Regulyator bunday choralarni giyohvand moddalar yoki qimor o‘yinlari bilan bog‘liq noqonuniy operatsiyalar xavfini kamaytirish zarurati bilan izohladi.

Nukus va Bobur ko‘chalaridagi ta’mirlash ishlari 2−3-noyabr kunlari yakunlanishi ma’lum qilindi
27 oktabr 2023, 17:30

Nukus va Bobur ko‘chalaridagi ta’mirlash ishlari 2−3-noyabr kunlari yakunlanishi ma’lum qilindi

Toshkent hokimligi tirbandliklarga sabab bo‘layotgan Nukus va Bobur ko‘chalaridagi ta’mirlash ishlari 2−3-noyabr kunlari yakuniga yetkazilishini ma’lum qildi.

Yana bir bor tomonlarni qurolli mojaroni to‘xtatishga chaqiramiz — O‘zbekiston TIV Isroil-Falastin urushi bo‘yicha
27 oktabr 2023, 17:25

Yana bir bor tomonlarni qurolli mojaroni to‘xtatishga chaqiramiz — O‘zbekiston TIV Isroil-Falastin urushi bo‘yicha

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Falastin, Isroil va yana 7 ta mamlakatning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari qabul qilinib, G‘azo sektoridagi vaziyat haqida gaplashildi. Bolalar qurbon bo‘layotgan mojaroni to‘xtatishga yana bir bor chaqiramiz, deydi O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov.

Sud qarorlarini kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish vakolati viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarga o‘tkaziladi
27 oktabr 2023, 16:25

Sud qarorlarini kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish vakolati viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarga o‘tkaziladi

Senat ma’qullagan qonunlarga ko‘ra, sud qarorlarini kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish vakolati viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarga o‘tkaziladi. Shuningdek, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror ustidan apellyatsiya shikoyatini berish muddati 20 kundan 10 kunga qisqartirilmoqda.

O‘zbekiston MDH mamlakatlari energiya tizimi yaxlit ishlashi uchun sharoitlar yaratishni taklif qildi
27 oktabr 2023, 15:55

O‘zbekiston MDH mamlakatlari energiya tizimi yaxlit ishlashi uchun sharoitlar yaratishni taklif qildi

Bosh vazir Abdulla Aripov MDH davlatlari hukumat rahbarlari kengashi majlisida hamdo‘stlik mamlakatlari energetika tizimlarining yaxlit ishlashi uchun shart-sharoit yaratish, shuningdek, MDHning yagona elektron tijorat platformasini yaratishni taklif etdi.

Perfectum raqamli evolyutsiyani boshlamoqda
27 oktabr 2023, 15:00

Perfectum raqamli evolyutsiyani boshlamoqda

Perfectum aloqani yanada yaxshilash maqsadida 5G New Radio texnologiyasini joriy etishga qaror qildi. Loyihani amalga oshirish uchun Respublika radiochastotalar kengashi tomonidan chastota resursi ajratildi.

O‘zbekistonning Avstriyadagi yangi elchisi ish boshladi
27 oktabr 2023, 14:53

O‘zbekistonning Avstriyadagi yangi elchisi ish boshladi

O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi etib tayinlangan Baxtiyor Ibragimov Vena shahriga yetib bordi. Bu lavozimga tayinlangunga qadar u Nyu-Yorkda O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili lavozimida ishlagan.

Senat qo‘shimchalar kiritilgan “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi
27 oktabr 2023, 14:51

Senat qo‘shimchalar kiritilgan “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi

Senatorlar o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonuni ma’qulladi. Qonunga yo‘lning ta’mirlash ishlari vaqtida qatnov qismining ko‘pi bilan 50 foizi cheklanishi, pulli to‘xtab turish joylariga doir talablar kabi qo‘shimchalar kiritilgan.

Xitoy Davlat kengashining sobiq bosh vaziri Li Ketsyan vafot etdi
27 oktabr 2023, 14:43

Xitoy Davlat kengashining sobiq bosh vaziri Li Ketsyan vafot etdi

Xitoy Davlat kengashining sobiq bosh vaziri Li Ketsyan 68 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Qo‘llanma: Raqamni saqlagan holda mobil kompaniyani qanday o‘zgartirish mumkin?
27 oktabr 2023, 13:19 1

Qo‘llanma: Raqamni saqlagan holda mobil kompaniyani qanday o‘zgartirish mumkin?

O‘zbekistonliklar endi telefon raqamini saqlab qolgan holda mobil operatorni o‘zgartira oladi. Xo‘sh, ushbu xizmatga qancha vaqt va pul ketadi? Raqam hisobidagi ortiqcha pul ham o‘tadimi? Raqamga ulangan plastik karta va ilovalar nima bo‘ladi? Mazkur savollarga javoblar — “Gazeta.uz” qo‘llanmasida.

O‘zbekistonga olib kirilayotgan telefonlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi soddalashtirildi
27 oktabr 2023, 12:30 1

O‘zbekistonga olib kirilayotgan telefonlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi soddalashtirildi

Raqamli rivojlanish vazirligi O‘zbekistonga olib kirilayotgan mobil telefonlarning IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish soddalashtirilganini e’lon qildi. Endi ro‘yxatdan o‘tkazish Face-ID orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, xorijliklar uchun IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilmoqda.

O‘zbekistonda 2026-yilgacha elektr energiyasining erkin ulgurji bozori tashkil etiladi
27 oktabr 2023, 11:55

O‘zbekistonda 2026-yilgacha elektr energiyasining erkin ulgurji bozori tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev energetika sohasini isloh qilish chora-tadbirlari bilan tanishdi. 2024-yil oxirigacha elektr energiyasining yagona savdo maydonchasini yaratish, 2026-yilgacha esa erkin ulgurji bozorni joriy etish rejalashtirilgan.

Senatorlar “Probatsiya to‘g‘risida”gi qonuni ma’qulladi
27 oktabr 2023, 11:32

Senatorlar “Probatsiya to‘g‘risida”gi qonuni ma’qulladi

Senatning navbatdagi yalpi majlisida “Probatsiya to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi. Qonun bilan probatsiya nazoratidagi shaxslarning huquqiy holati, ularga nisbatan elektron kuzatuv vositasini qo‘llash masalalari tartibga solinmoqda.

Para Osiyo o‘yinlarining 4-kuni: O‘zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 6-o‘ringa tushdi
27 oktabr 2023, 11:17

Para Osiyo o‘yinlarining 4-kuni: O‘zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 6-o‘ringa tushdi

Para Osiyo o‘yinlarining 4-kunida O‘zbekiston terma jamoasi avvalgi kunlarga qaraganda kamroq — 7 ta medal qo‘lga kiritdi. Para yengil atletikachilar Bobur Omonov va Nurxon Qurbonova musobaqa rekordini o‘rnatdi. Avvalgi Para Osiyo o‘yinlari chempioni Asila Mirzayorova yana shohsupaga ko‘tarildi.

Abdulla Azizov Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori bo‘ldi
27 oktabr 2023, 10:58

Abdulla Azizov Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori bo‘ldi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori etib Abdulla Azizov tayinlandi. U bunga qadar “OKMK” boshqaruvi raisining Raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz o‘tadi
27 oktabr 2023, 10:47

Dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz o‘tadi

O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tarilib, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Yakshanba kuni kunduzgi harorat +26…+29 darajagacha isishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda “mobil qullik” bekor qilindi
27 oktabr 2023, 10:27

O‘zbekistonda “mobil qullik” bekor qilindi

O‘zbekistonda raqamni saqlagan holda uyali aloqa operatorini o‘zgartirish xizmati ishga tushirildi. Dastlabki bosqichda jismoniy shaxslar o‘zi o‘tishni xohlagan mobil aloqa operatori ofisiga tashrif buyurgan holda murojaat qiladi va mobil raqami ko‘chirilgan yangi sim kartani olib ketadi.

“Tolariq” metro bekatidan “Quruvchilar” dahasigacha bo‘lgan bekatlar 3 kunga yopiladi
27 oktabr 2023, 10:23

“Tolariq” metro bekatidan “Quruvchilar” dahasigacha bo‘lgan bekatlar 3 kunga yopiladi

Metropolitenning Quruvchilar dahasidan Sergeli mavzesigacha bo‘lgan 2 ta bekatida qurilish ishlari tugatiladi. Yangi bekatlarni eskisiga bog‘lash ishlari sabab 3−5-noyabr kunlari “Tolariq”, “Xonobod” va “Quruvchilar” bekatlari yopiladi. Uning o‘rniga bepul avtobuslar harakatlanadi.

O‘zbekistonning Shvetsiyadagi birinchi elchisi o‘z vazifasini bajarishga kirishdi
26 oktabr 2023, 22:59

O‘zbekistonning Shvetsiyadagi birinchi elchisi o‘z vazifasini bajarishga kirishdi

O‘zbekistonning Shvetsiyadagi birinchi elchisi Nodir G‘aniyev o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. Elchixona 2022-yilda ochilgan edi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting