Arxiv

Qashqadaryoning ikki tumaniga yangi hokimlar tasdiqlandi
26 oktabr 2023, 22:42

Qashqadaryoning ikki tumaniga yangi hokimlar tasdiqlandi

O‘zbekiston prezidenti tashrifidan so‘ng Qashqadaryo viloyatining Qarshi va Dehqonobod tumanlarida hokimlar almashtirildi.

26-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
26 oktabr 2023, 22:00

26-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Qidiruvga berilgan “biznes-trener” Islom Ibrohimov, jarimaga tortilgan 16 ta bank, Samarqandda ochilgan UNWTO tematik ofisi va Xalqaro turizm akademiyasi, O‘zbekistonga keladigan Fransiya prezidenti, 6 ta mashina ishtirokidagi ayanchli YTH va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Armaniston yaqin oylarda Ozarbayjon bilan sulh imzolashga umid qilmoqda
26 oktabr 2023, 21:06

Armaniston yaqin oylarda Ozarbayjon bilan sulh imzolashga umid qilmoqda

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bir necha oy ichida Ozarbayjon bilan tinchlik shartnomasi imzolanishiga umid bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda hujjat loyihasi ustida ish olib borilmoqda.

O‘zbekiston SHHTning yangi iqtisodiy muloqot dasturini qabul qilishni taklif etmoqda
26 oktabr 2023, 20:51

O‘zbekiston SHHTning yangi iqtisodiy muloqot dasturini qabul qilishni taklif etmoqda

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov SHHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida yuqori texnologiyalarni rivojlantirish va tashkilot hududida soddalashtirilgan oziq-ovqat harakatini ta’minlash bo‘yicha yangi iqtisodiy muloqot dasturini qabul qilishni taklif etdi.

Emmanuel Makron O‘zbekistonga keladi
26 oktabr 2023, 18:27

Emmanuel Makron O‘zbekistonga keladi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 1 va 2-noyabr kunlari Qozog‘iston va O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Tashrif dasturidan iqtisodiy hamkorlik, energetika, transport infratuzilmasi, shuningdek, suv resurslarini boshqarish va oziq-ovqat xavfsizligi masalalarini muhokama qilish o‘rin olgan.

Imtiyozli kreditlash amaliyotini qisqartirish bo‘yicha choralar davom ettiriladi — MB
26 oktabr 2023, 17:46

Imtiyozli kreditlash amaliyotini qisqartirish bo‘yicha choralar davom ettiriladi — MB

Markaziy bank kelgusi yillarda pul-kredit siyosati ta’sirchanligini oshirishda imtiyozli kreditlash amaliyotini qisqartirish va bozor tamoyillari asosida shakllanuvchi foiz stavkalariga o‘tish borasida choralarni davom ettirishini bildirdi.

Kreditlar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilmagan 16 ta bank jarimaga tortildi
26 oktabr 2023, 17:28

Kreditlar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilmagan 16 ta bank jarimaga tortildi

O‘zbekiston Markaziy banki 16 ta bankni mijozlarga kredit va omonatlar haqidagi ma’lumotlarni to‘liq oshkor etmagani uchun jarimaga tortdi.

Senat qo‘shimchalar kiritilgan “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonunni ko‘rib chiqadi
26 oktabr 2023, 17:26

Senat qo‘shimchalar kiritilgan “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonunni ko‘rib chiqadi

Senatning 46-yalpi majlisi 27-oktabr kuni o‘tkaziladi. Unda “Probatsiya to‘g‘risida”gi, “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonunlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bolalar ombudsmanini saylash to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

MB: 5 foizlik inflyatsion targetga erishish davri 2025 yoki 2026-yil yakuniga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda
26 oktabr 2023, 17:10

MB: 5 foizlik inflyatsion targetga erishish davri 2025 yoki 2026-yil yakuniga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda

Markaziy bank bir nechta omilni inobatga olib, 2 ta ssenariy asosida keyingi yillarda makroiqtisodiy rivojlanish yo‘nalishlarini ishlab chiqdi. 5 foizlik inflyatsion targetga erishish davri asosiy ssenariyda 2025-yilning ikkinchi yarmiga, muqobil ssenariyda 2026-yil yakuniga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.

BMT: Dunyodagi qochqinlar soni 114 milliongacha oshdi
26 oktabr 2023, 16:36

BMT: Dunyodagi qochqinlar soni 114 milliongacha oshdi

Dunyo miqyosida mojarolar, ta’qiblar va inson huquqlari buzilishi tufayli uyini tashlab ketishga majbur bo‘lganlar soni 114 millionga yetdi. BMT asosiy sabablar sifatida Ukrainadagi urush, bir qator Afrika mamlakatlaridagi mojarolar va Afg‘onistondagi gumanitar inqirozni ko‘rsatdi.

O‘zbekistonda kiberjinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
26 oktabr 2023, 15:33

O‘zbekistonda kiberjinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Senat qo‘mitasida kiberjinoyatlar, xususan, dipfeykka qarshi javobgarlikni kuchaytirish maqsadida Jinoyat kodeksiga o‘zgartirishlar kiritilishi muhokama qilindi. Noqonuniy mayning faoliyati uchun ham jazo kuchaytiriladi.

Samarqandda UNWTO tematik ofisi va Xalqaro turizm akademiyasi ochildi
26 oktabr 2023, 15:15

Samarqandda UNWTO tematik ofisi va Xalqaro turizm akademiyasi ochildi

Samarqand shahrida turizm tashkilotlari va ekspertlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi UNWTO tematik ofisi hamda Xalqaro turizm akademiyasi ochildi. Muassasa Shveysariya mehmondo‘stlik maktablari tajribasi asosida ishlab chiqilgan.

Sarguzashtlar sari: Dubay sayyohlarni yana nimalar bilan hayratda qoldira oladi
26 oktabr 2023, 15:00

Sarguzashtlar sari: Dubay sayyohlarni yana nimalar bilan hayratda qoldira oladi

Doim o‘zgarib turuvchi go‘zal Dubay tilga olgandan ko‘ra ko‘proq faol ko‘ngilochar hordiqlarni taklif etadi. Visit Dubai ushbu ajoyib kurortda nimalar bilan shug‘ullanish mumkinligini ko‘rsatuvchi ro‘yxatni tuzdi. U sayyohlarga shaharga takror borganinlarida ham asqotishi mumkin.

Abat Fayzullayev O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi bo‘ldi
26 oktabr 2023, 14:47

Abat Fayzullayev O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi bo‘ldi

Abat Fayzullayev O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi etib tayinlandi. U bunga qadar Avstriyadagi va o‘rindoshlik asosida Vengriyadagi elchi sifatida ishlagan.

Humo Air O‘zbekistonning 6 ta shahriga kunlik parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqchi
26 oktabr 2023, 14:44

Humo Air O‘zbekistonning 6 ta shahriga kunlik parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqchi

Humo Air loukosteri 2024-yil boshiga qadar to‘rtta Airbus 320/321 layneriga ega bo‘ladi. Aviakompaniya Samarqand, Buxoro, Qarshi, Nukus, Urganch va Termizga kunlik muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqchi. Kelgusi yilda xalqaro yo‘nalishlarda muntazam reyslarni amalga oshirish rejasi ham bor.

DXX uchta hududda 9 kilogrammdan ortiq giyohvand modda savdosiga chek qo‘ydi
26 oktabr 2023, 14:06

DXX uchta hududda 9 kilogrammdan ortiq giyohvand modda savdosiga chek qo‘ydi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Xorazm, Buxoro va Toshkent viloyatlarida 9 kilogrammdan ortiq giyohvand modda savdosiga chek qo‘ydi. Xususan, ikkita holatda Tojikistondan gashish va opiy olib kelingani aniqlandi.

G‘arb “yangicha” diktatorlar bilan qanday muomala qilishi kerak? Iqtisodchi Sergey Guriyev javob berdi
26 oktabr 2023, 13:56

G‘arb “yangicha” diktatorlar bilan qanday muomala qilishi kerak? Iqtisodchi Sergey Guriyev javob berdi

Sergey Guriyev iqtisodchi Behzod Hoshimovga bergan intervyusida diktatorlarning zamonaviy turi — manipulyativ diktatorlar bilan G‘arb qanday muomala qilishi kerakligini tushuntirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, “ko‘plab yetakchilar demokratiyani manipulyativ diktaturaga aylantirishni istaydi”.

Men shtatidagi ommaviy otishmada kamida 22 kishi halok bo‘ldi
26 oktabr 2023, 13:48

Men shtatidagi ommaviy otishmada kamida 22 kishi halok bo‘ldi

AQShning Men shtatidagi Lyuiston shahrida bir erkak bar va bouling zalidagi odamlarga qarata o‘t ochdi, oqibatda kamida 22 kishi halok bo‘ldi, 50 dan ortiq kishi jarohatlandi. Erkak hozircha qo‘lga olinmagan.

Shahram Ahadov dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” tasnifiga kiruvchi turnirda oltin medal oldi
26 oktabr 2023, 13:28

Shahram Ahadov dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” tasnifiga kiruvchi turnirda oltin medal oldi

O‘zbekistonlik dzyudochi Shahram Ahadov Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan “Katta dubulg‘a” turnirida ilk oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
26 oktabr 2023, 12:11

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Asosiy stavkaning joriy darajasi yil oxiriga qadar inflyatsiyaning prognoz ko‘rsatkichlari doirasida shakllanishi uchun zaruriy pul-kredit sharoitlarini ta’minlashga xizmat qiladi, deyiladi regulyator bayonotida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting