Arxiv

Shavkat Mirziyoyev YUNVTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashdi
16 oktabr 2023, 16:47

Shavkat Mirziyoyev YUNVTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashdi

Samarqandda Shavkat Mirziyoyev YUNVTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashib, ko‘p qirrali hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Tashkilot sammiti doirasida shaharda Xalqaro turizm akademiyasi va “Ipak yo‘li” tematik ofisi ochiladi.

Hokimlik: Toshkentdagi noqonuniy bino va inshootlarni buzish ishlari boshlandi
16 oktabr 2023, 16:43

Hokimlik: Toshkentdagi noqonuniy bino va inshootlarni buzish ishlari boshlandi

Toshkent shahar hokimligi poytaxtdagi noqonuniy bino va inshootlarni demontaj qilish ishlari boshlanganini ma’lum qildi. Hokimlik shahar hududida maishiy va tijorat binolariga ega bo‘lgan aholini hujjatlarning shaharsozlik me’yorlariga muvofiqligini yana bir bor sinchiklab tekshirishga chaqirdi.

Binolarning tashqi qiyofasini yangilash aholi bilan muhokama qilinadi — Toshkent hokimligi
16 oktabr 2023, 15:14

Binolarning tashqi qiyofasini yangilash aholi bilan muhokama qilinadi — Toshkent hokimligi

Poytaxt markazidagi “Moskva” ko‘p qavatli uylari aholisiga binolarning tashqi qiyofasini yangilash rejalari haqida ma’lumot berilgani ularda xavotir va savollar tug‘dirdi. Shahar hokimligining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, ko‘rsatilgan eskizlar hali tasdiqlanmagan va loyiha aholi bilan muhokama qilinadi.

Eronda 5 nafar olim Mustafo mukofoti bilan taqdirlandi
16 oktabr 2023, 15:13

Eronda 5 nafar olim Mustafo mukofoti bilan taqdirlandi

Eronning Isfahon shahrida Musulmon Nobeli — Mustafo (s.a.v.) mukofotini topshirish marosimi bo‘ldi. Laureatlarning har biriga 500 ming dollardan beriladigan ushbu mukofotga Islom olamidagi eng yaxshi tadqiqotchi va olimlar loyiq ko‘riladi. “Gazeta.uz” muxbiri taqdirlash marosimidan reportaj tayyorladi.

Farg‘ona shahri hayvonot bog‘idagi zebra nobud bo‘ldi
16 oktabr 2023, 15:10

Farg‘ona shahri hayvonot bog‘idagi zebra nobud bo‘ldi

Farg‘ona shahri hayvonot bog‘idagi zebra nobud bo‘ldi. 12 yil yashagan jonzot qarib o‘lgani aytilmoqda. Mazkur bog‘da yil boshida jirafa ham nobud bo‘lgandi.

Foto: Toshkent aeroportida beshinchi rasmiy aviaspotting
16 oktabr 2023, 14:49

Foto: Toshkent aeroportida beshinchi rasmiy aviaspotting

Toshkent xalqaro aeroportida beshinchi rasmiy spotting-tur bo‘ldi. Unda O‘zbekistonning turli shaharlaridan, shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston va Belarusdan 50 ga yaqin spotter qatnashdi. Foto.

Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi
16 oktabr 2023, 14:47

Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi

O‘zbekiston maktablarida kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi. II chorak o‘qishning birinchi kuni 10-noyabrga to‘g‘ri keladi.

HAMAS hujumlari oqibatida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan — Isroil TIV
16 oktabr 2023, 13:36

HAMAS hujumlari oqibatida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan — Isroil TIV

Isroil Tashqi ishlar vazirligi HAMAS hujumlari oqibatida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani, 4 kishi bedarak yo‘qolganini ma’lum qildi. Urush tufayli Isroilda jami 148 nafar chet el fuqarosi halok bo‘lgan, 143 kishi bedarak yo‘qolgan.

Isroil — Falastin urushining o‘ninchi kuni. Asosiy yangiliklar
16 oktabr 2023, 13:09

Isroil — Falastin urushining o‘ninchi kuni. Asosiy yangiliklar

BMT tinchlikparvar kuchlarining Livandagi shtab-kvartirasi o‘qqa tutildi, Isroil hukumati G‘azo sektori bilan chegaradosh shaharlardan tinch aholini evakuatsiya qilish ishlarini deyarli yakunladi, G‘azo sektorida quruqlikdagi operatsiya boshlansa, Eron vaziyatga aralashishi mumkin.

Qashqadaryodagi avtobusda gaz balloni portlashi oqibatida 8 kishi kasalxonaga yotqizildi
16 oktabr 2023, 12:53

Qashqadaryodagi avtobusda gaz balloni portlashi oqibatida 8 kishi kasalxonaga yotqizildi

Qashqadaryo viloyatining Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabariga ko‘ra, avtobusdagi portlash oqibatida 8 kishi kasalxonaga yotqizilgan, ulardan 4 nafari reanimatsiyada. 16 nafar jabrlanganlarga ambulator yordam ko‘rsatildi.

Shavkat Mirziyoyev YUNVTO sammiti ochilishida nutq so‘zlaydi
16 oktabr 2023, 12:43

Shavkat Mirziyoyev YUNVTO sammiti ochilishida nutq so‘zlaydi

Shavkat Mirziyoyev Butunjahon turizm tashkiloti (YUNVTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etish uchun Samarqandga tashrif buyuradi.

“Daraxtlarni nomiga emas, hayotimiz, ertangi kunimiz uchun ekish kerak” — Shavkat Mirziyoyev
16 oktabr 2023, 12:41

“Daraxtlarni nomiga emas, hayotimiz, ertangi kunimiz uchun ekish kerak” — Shavkat Mirziyoyev

“Yashil makon” loyihasi doirasidagi daraxtlarni nomiga emas, “hayotimiz uchun, o‘pkamizning tozaligi uchun ekish zarur, chunki bu o‘zimizga, jamiyatimizga, salomatligimizga kerak”, — dedi O‘zbekiston prezidenti.

O‘zbekistonda yo‘l qurilishiga xususiy sektor jalb qilinadi
16 oktabr 2023, 11:54

O‘zbekistonda yo‘l qurilishiga xususiy sektor jalb qilinadi

Prezident qarori bilan 1-yanvardan yo‘l qurilishiga sinov tariqasida xususiy sektor jalb qilinadi. Bundan tashqari, issiq kunlarda yuk mashina va avtopoyezdlarga yo‘llarda harakatlanishiga cheklovlar kiritiladi.

Hafta iliq bo‘ladi
16 oktabr 2023, 11:23

Hafta iliq bo‘ladi

O‘zbekistonda hafta oxirigacha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat ko‘tarilib, haftaning ikkinchi yarmida +22…+25 darajagacha iliq bo‘ladi. Kechasi va ertalab ham havo ancha iliq, +7…+12 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Qashqadaryoda yo‘lovchi avtobusidagi portlash oqibatida 4 kishi jarohatlandi
16 oktabr 2023, 10:44

Qashqadaryoda yo‘lovchi avtobusidagi portlash oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Muborak tumanida Isuzu avtobusining gaz balloni portlab, 4 kishi o‘rta og‘ir darajada jarohat oldi. Hodisa sababli hech kim halok bo‘lmagan, deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.

Namangan va Andijon FVBlariga boshliqlar tayinlandi
16 oktabr 2023, 09:48

Namangan va Andijon FVBlariga boshliqlar tayinlandi

Bunyod Egamnazarov Namangan viloyati, Botir Ashurov esa Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmalariga boshliq etib tayinlandi.

O‘zbekistonlik o‘quvchilar robototexnika bo‘yicha JCHda bronza medalini oldi
16 oktabr 2023, 09:31

O‘zbekistonlik o‘quvchilar robototexnika bo‘yicha JCHda bronza medalini oldi

Singapurda o‘tgan First Global Challenge robototexnika chempionatida o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga boradi
16 oktabr 2023, 08:11

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga boradi

Prezident 17−18-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan Xitoyda bo‘ladi. Davlat rahbari “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumi tadbirlarida ishtirok etishi, XXR raisi, shuningdek, Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi bilan uchrashishi kutilmoqda.

Prezident Tashkent City hududidagi opera teatri qurilishini ko‘zdan kechirdi
15 oktabr 2023, 21:39

Prezident Tashkent City hududidagi opera teatri qurilishini ko‘zdan kechirdi

O‘zbekiston prezidenti Tashkent City hududida qurilishi 15 kun ichida yakunlanishi rejalashtirilgan opera teatri loyihasi bilan tanishdi. Dastlab opera teatri biznes markazi loyihalariga kiritilmagan, obyekt Milliy bog‘dagi quritilgan ko‘l o‘rnida qurilishi rejalashtirilgan edi.

Isroildagi OTMda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar vatanga qaytarildi
15 oktabr 2023, 20:33

Isroildagi OTMda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar vatanga qaytarildi

Isroilning Xolon texnologiya institutida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar vatanga qaytarildi. Ular o‘qishni onlayn davom ettirishadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting