Bayden HAMASning Isroilga hujumini 11-sentabr voqealariga qiyosladi. AQSh va Isroil razvedkasi “Al-Ahli” kasalxonasidagi portlashda “ko‘pi bilan bir necha o‘n nafar” odam o‘lgan deb hisoblamoqda. Misr va AQSh rahbarlari gumanitar yordam koridorini ochish bo‘yicha kelishib oldi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 15-oktabrdan parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bir yilda kamida bir marotaba chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Shuningdek, muhtoj aholi murojaatlarini ko‘rib chiqadigan “ishonch telefoni” ishga tushiriladi.
O‘zbekistonning Polshadagi elchisi Bahrom Babayev sakkiz yillik missiyasini yakunlamoqda. U Eurogospodarka nashriga intervyu berib, Polshaning qaysi investorlari O‘zbekistonga kelishga tayyorligini, shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviatashuvni boshlash rejalari haqida gapirdi.
O‘zbekiston velosport bo‘yicha 2024-yilgi Olimpiadada ishtirok etish uchun to‘rtta — ayollar terma jamoasi uchta, erkaklar jamoasi esa bitta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Asialuxe Travel milliy turoperatori maktab ta’tili payitida Dubayda unutilmas tarzda sayoxat qilish va yangi ufqlarni kashf etishga yordam beradi. Bundan tashqari u yerga Toshkent va Farg‘onadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar orqali borish mumkin.
Suriyadagi jangarilar safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan Oltinko‘l tumanida yashovchi 3 nafar fuqaro qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekistonda Sog‘lom turmush tarzi va fitnes milliy assotsiatsiyasi tashkil etildi. Assotsiatsiyaga Prezident administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov rais etib saylandi. Alisher Sa’dullayev unga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi.
Prezident Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkil etilgan Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasining ustav kapitalidagi 100 foiz ulushini Uzbekistan Airways tarkibiga kiruvchi Uzbekistan Helicopters ustav kapitaliga o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
2021-yilda O‘zbekistonga olib kelingan asal ta’mli “Dok-1 Maks” siropi tarkibida ham zaharli etilenglikol moddasi bo‘lgan. Bu Marion Biotech dorilarini qabul qilgan kamida 65 bolaning o‘limi bo‘yicha sud majlisida ma’lum qilindi.
Qozog‘iston politsiyasi Chimkentdagi g‘isht zavodlarida noqonuniy ravishda ushlab turilgan 60 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosini mehnat qulligidan ozod qildi. Zavodlar egalari qo‘lga olindi.
O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Muxtar Muxitdinov Toshkent Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi.
Ekologik huquqbuzarlarni jarimaga tortish vakolatiga ega bo‘lgan Milliy gvardiya va IIO, xususan, chiqindilarni noto‘g‘ri joyga tashlashning oldini olish maqsadida reydlar o‘tkazishni boshladi. Bunday huquqbuzarliklar haqida 1354 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib yoki Tozalik loyihasi boti orqali ham xabar berish mumkin.
Niderlandiyalik sayyoh Tom Grond pora evaziga chipta sinfini “ko‘tarib bergan” poyezd boshlig‘i ishdan bo‘shatilganidan afsusdaligini aytdi. “Kompaniya oynadagi aksiga qarashi kerak”, deb yozgan sayyoh chipta toifasini oshirish uchun barcha rasmiy urinishlari zoye ketgani uchun pora berishga majbur bo‘lganini bildirdi.
Maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari uchun 4 ta yo‘nalishda tanlov fanlari belgilandi. Ular qaysi yo‘nalishni tanlasa, o‘sha fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladi. Keyingi o‘quv yilidan tanlov fanlari ko‘payadi.
Surxondaryo viloyatida yo‘lovchi poyezdi Spark bilan to‘qnashdi. YTHga yengil avtomobil haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini buzgani sabab bo‘ldi. Avtomobil haydovchisi vafot etgan. Poyezd yo‘lovchilari jabrlanmagan.
O‘zbekiston prezidenti “Bir makon, bir yo‘l” forumida so‘zlagan nutqida Markaziy Osiyo va Ipak yo‘li mamlakatlari iqtisodiyot tarmoqlarini “yashil” taraqqiyot talablari asosida transformatsiya qilish, shuningdek, “Yashil moliyalashtirish” jamg‘armasini tashkil etishni taklif qildi.
Akfa Group FeedUp fastfud tarmog‘ining 50 foiz ulushini sotib oldi. Akfa Group`ning, shuningdek, KFC Uzbekistan`da ham ulushi bor.
Qibrayda 2019-yilda 13 yoshli qiz 27 yoshli qo‘shnisi tomonidan zo‘rlangani haqida xabar berilgan edi. Sud jinoyatchiga nisbatan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.
Xitoyning CAMCE kompaniyasi O‘zbekistondagi loyihalar portfelini gidrotexnik inshootlar qurish bilan kengaytirmoqchi. China Energy infratuzilmani modernizatsiya qilishda qatnashishi, State Grid esa yuqori voltli elektr uzatish liniyalarini qurishi mumkin. Mirziyoyev ushbu kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi.
Samarqandda o‘tkazilayotgan UNWTO tadbirlari doirasida O‘zbekiston viloyatlari xorijiy kompaniyalar bilan qator kelishuvlarga erishdi. Xivada Khiva city turizm markazi, Qashqadaryoda 3 metrlik dor yo‘li, Namanganda sun’iy ko‘l va Samarqandda 3ta akvanarium va boshqalar qurilishi rejalashtirilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting