Toshkent shahridagi “Yo‘lovchi poyezdlarini ta’mirlash” hududida 1 dona cho‘l burgutini tutqunlikda saqlagan shaxslar aniqlandi. Ularga nisbatan 4 950 000 so‘m jarima qo‘llanildi.
Humo terminallar orqali to‘lovlarni amalga oshirishda qiyinchiliklar kuzatilayotganini tasdiqladi. Humo mobil ilovasi va bankomatlari odatdagi rejimda ishlamoqda.
2024-yilda O‘zbekistonga 10 mln sayyoh kelishi kutilmoqda, dedi ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov Samarqand Global investitsiya forumida. Tadbir doirasidagi ko‘rgazmada O‘zbekistonning 14 ta hududi va Markaziy Osiyo davlatlarining turistik-investitsion stendlari namoyish etildi. “Gazeta.uz” fotoreportaji.
Shamsiddin Soxibnazarov Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari bo‘ldi.
Xitoyning Amer International industrial-sanoat xoldingi O‘zbekistonda mintaqaviy ofisini ochishi mumkin. Shavkat Mirziyoyev kompaniya raisi bilan uchrashuvda misni qayta ishlash, elektrotexnika, elektromobillar uchun akkumulyator batareyalari va yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi.
Yaponiya elchixonasi tomonidan Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi 35-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalar va oshxona mebellari hamda darslar uchun audiovizual jihozlar sovg‘a qilindi.
Toshkent shahrida 17-oktabr kuni Milliy gvardiya xodimi o‘zini o‘zi otib qo‘ydi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi.
HAMAS ilk marta garovga olinganlardan birining videosini e’lon qildi, Eron diplomati Isroil bombardimon qilishni to‘xtatsa, HAMAS G‘azoda garovga olinganlarni ozod qilishga tayyorligini aytdi. AQSh va Isroil G‘azoga gumanitar yordam yetkazish rejasini tayyorlashga kelishib oldi.
O‘zbekiston futbolchilari o‘rtoqlik uchrashuvida Xitoy terma jamoasini mag‘lub etdi. Bu terma jamoaning 3 yil ichida ilk safardagi g‘alabasi (video, foto, statistika).
Samarqandda 17 yoshli haydovchi Nexia avtomobilida YTH sodir etdi, oqibatda o‘zi va ikki do‘sti halok bo‘ldi. Mashina beton to‘siqqa urilgach, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan va yong‘in yuz bergan.
Uzbekistan Airways turizm oyligi munosabati bilan 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan katta ayollarga ichki aviaqatnovlar uchun 25 foizli chegirma e’lon qildi. Chegirma 1-noyabrdan 30-noyabrga qadar amal qiladi.
Andijon viloyati hokimligi va xitoylik investorlar o‘rtasida Xonobodda 12 mln dollarlik yil davomida ishlaydigan yopiq muz kurortini qurish loyihasi muhokama qilindi.
Toshkent viloyatida Soliq inspeksiyasi, Qoraqalpog‘istonda esa Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi xodimlarini pora olayotganda qo‘lga olingani aytilmoqda.
AQSh hukumati Xitoyning ilg‘or, ayniqsa sun’iy intellekt texnologiyalarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan chiplarni sotib olishiga bo‘lgan cheklovlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Uchinchi davlatlar yordamida cheklovlarni chetlab o‘tishga urinayotgan Xitoy kompaniyalari uchun qo‘shimcha tekshiruvlar joriy etiladi.
Davaktiv agentligi “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJning davlat ulushini xususiylashtirish jarayonini to‘xtatdi. Chunki korxona “O‘zbekiston temir yo‘llari”ni isloh qilish doirasida “Temiryo‘lkargo”ga aylantirilmoqda.
HAMASning Isroildagi hujumlari natijasida 1990-yillarda u yerga ko‘chib ketgan besh nafar asli o‘zbekistonlik halok bo‘lgan. Ularda amaldagi O‘zbekiston pasportlari bo‘lmagan. O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroil TIVning halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari haqidagi xabariga shunday izoh berdi.
Gruziya Konstitutsiyaviy sudi prezident Salome Zurabishvili hukumat roziligisiz xorijga chiqib, mamlakat konstitutsiyasini buzganini tan oldi va unga impichment jarayonini boshlashga ruxsat berdi. Sud qarori parlament tomonidan tasdiqlanishi kerak, biroq hukmron partiya yetarli ovozga ega bo‘lmasligi mumkin.
AQSh prezidenti Jo Bayden Falastinning HAMAS guruhini butunlay yo‘q qilish kerakligini, ammo G‘azo sektorining Isroil tomonidan bosib olinishi, uning fikricha, “katta xato” bo‘lishini hamda Falastin davlatini yaratish yo‘llarini izlash lozimligini ma’lum qildi.
Farg‘ona tumanida bir guruh mahalliy aholi kontrabanda olib ketayotgani aytilayotgan avtomobilni to‘xtatgan chegarachilarga faol qarshilik ko‘rsatib, ularga jarohat yetkazdi. Kuchlar teng bo‘lmagani sababli harbiylar qurol ishlatgan. Natijada ikki kishi halok bo‘ldi.
Poyezd chiptalari arzonligi sabab chayqovchilar biletni sotib olib, ustiga yana qo‘yib sotmoqda, dedi “O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbarining birinchi o‘rinbosari Hikmatulla Rahmetov. Chiptalar arzonligi uchun qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketmoqda. “Arzon tarif qilamiz deb, korrupsion tizimni o‘zimiz yaratdik”, — dedi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting