Women in Tech global tarmog‘i Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshladi. Loyiha maqsadi — 2030-yilgacha STEAM’da 5 mln ayolni qo‘llab-quvvatlash. “Gazeta.uz” hamjamiyat asoschisi va rahbari Ayumi Mur Aoki bilan loyiha maqsadlari va ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlash haqida suhbatlashdi.
Albaniya hukumati ijtimoiy tarmoqdagi janjaldan so‘ng 14 yoshli o‘smirning o‘ldirilishi ortidan TikTok faoliyatini taqiqladi. Cheklov 2025-yil boshida kuchga kiradi va bir yil amalda bo‘ladi. Platformaning o‘zi qotillik va TikTok`ning bog‘liqligini rad etmoqda.
Fuqarolar shaxsiy ma’lumotlarini “bulut"da saqlash taklifi, Toshkentda mehmonxonalar va yirik klinika quradigan Jahongir Ortiqxo‘jayev, uy sotib olayotganlarni ogohlikka chaqirgan Raqobat qo‘mitasi, AQShdan deport bo‘lgan 572 nafar o‘zbekistonlik va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Qoraqalpog‘istonda 3 ta asosiy yo‘nalish — qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etilib, takliflar tayyorlanadi va hokimlarga yetkaziladi. Prezident ko‘p energiya talab qiluvchi yirik loyihalarni ushbu hududda joylashtirish kerakligini ta’kidladi.
AQSh hukumati joriy yilning 9 oyida 572 nafar O‘zbekiston fuqarosini vataniga deportatsiya qildi. Bu 2023-yilning shu davridagidan 6,5 barobar ko‘p.
Yirik miqdorda to‘lov evaziga O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Ulardan biri tanishidan AQShga ishlashga jo‘natish uchun 9000 dollar, ikkinchisi esa Polshaga yuborish uchun 1000 dollar va 6,3 mln so‘m olgan.
Markaziy bankning bir AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi ilk bor 12 900 so‘mdan oshdi. Yil boshidan buyon milliy valyuta 2023-yilning shu davridagi 10,2% ga nisbatan 4,56% qadrsizlandi.
Jahon banki “Milliy elektr tarmoqlari” Xorazm viloyatidagi yangi quyosh elektr stansiyasidan elektr energiyasi xarid qilishi uchun O‘zbekistonga bank kafolati ko‘rinishida 3,5 mln dollar ajratdi. Uni Fransiyaning Voltalia kompaniyasi quradi.
Tadbirkor, Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev prezident bilan uchrashuvda poytaxtda “yagona ekotizim doirasida” 1200 o‘rinli oltita yangi mehmonxona ochish rejalari haqida ma’lum qildi. Shuningdek, u Klivlenddagi Amerika tibbiyot markazi bilan birgalikda katta klinika qurishni rejalashtirgan.
16-dekabr kuni O‘zbekiston bozorida Chery brendining ikki yilligi munosabati bilan ADM Global kompaniyalar guruhi keng ko‘lamli dilerlik konferensiyasini o‘tkazdi, uning asosiy voqeasi yangi Chery Tiggo 2 Pro krossoveri taqdimoti bo‘ldi.
Gruziyaning TBC Bank Group guruhi vakili Oliver Xyuz banklarga foydalanuvchi ma’lumotlarini “bulut"da saqlashga ruxsat berishni so‘radi. Prezident aqliy hujum o‘tkazish va takliflar kiritishni buyurdi. “Gap fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari haqida ketyapti… Bu yerda xato qilishga haqqimiz yo‘q”, — dedi u.
Toshkent hokimligi har yili shaharda avtobus bekatlarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqish va ularni qayta qurish rejalarini e’lon qiladi. Biroq bekatlar yo‘lovchilar uchun qulaylashayotgani yo‘q. “Gazeta.uz” ana shu turg‘unlik sabablari haqida shaharsozlik va YHX sohasi mutaxassislari bilan suhbatlashdi.
Uch yillik monetizatsiya tarixida ilk marta Telegram daromadga chiqdi, deb xabar berdi uning asoschisi Pavel Durov. 2024-yilda Telegram Premium obunachilari soni 12 milliondan oshdi. Kompaniya “kriptoaktivlarni hisobga olmaganda, 500 mln dollardan ortiq naqd pul zaxiralari bilan yilni yakunlamoqda”.
Mudofaa vaziri, general-mayor Shuxrat Xalmuxamedov O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi raisi etib saylandi.
Janubiy Koreya Rossiyaning Kursk shahrida o‘tgan janglarda kamida 100 nafar Shimoliy Koreya askari halok bo‘lgani, 1000 dan ortiq askar yaralanganini ma’lum qildi. Shuningdek, Pxenyan qo‘shimcha kuchlar yuborishga tayyorlanayotgan bo‘lishi mumkin. KXDR Rossiya-Ukraina urushiga 10−12 ming nafar harbiy yuborgani aytiladi.
Suriya sobiq prezidentining rafiqasi Asma Asad ajrashish uchun ariza berdi, u sog‘lig‘idagi muammolar sababli Moskvadan o‘zi tug‘ilgan Londonga ketmoqchi, deb yozdi Haberturk nashri. Rossiya prezidenti matbuot kotibi esa bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytmoqda.
O‘zbekistonda gibrid avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, mototsikl va tirkamalar uchun raqam belgilarini berish uchun to‘lovlar kamaytiriladi. Moped va skuterlarni ro‘yxatdan o‘tkazish narxi BHMning 1,5 baravarini, raqam berish ham 1,5 baravarni tashkil etadi.
2024-yilning so‘nggi ish haftasi yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi +10, janubda +15 darajagacha isiydi. Kechalari kuzatilayotgan sovuqlar asta-sekin kuchsizlashadi.
Toshkent metrosi ilk marta Yangi yil bayrami munosabati bilan 31-dekabr kuni soat 05:00 dan 1-yanvar soat 02:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Raqobat qo‘mitasiga yil boshidan buyon ko‘p qavatli uylar qurilishi bilan bog‘liq 1700 ga yaqin murojaat kelib tushdi, 129 ta korxonaning shartnomalarida qator qoidabuzarliklar, jumladan, loyihalarni topshirish muddati belgilanmagani aniqlangan. Qo‘mita shartnoma shartlari bilan batafsil tanishib chiqishni so‘radi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting