Arxiv

Toshkent aeroportida ikki qizni Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan ayol ushlandi (video)
21 yanvar 2025, 11:37

Toshkent aeroportida ikki qizni Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan ayol ushlandi (video)

Toshkent xalqaro aeroportida ikki qizni Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan ayol ushlandi. U 21 yoshli qizlarni aldab, katta pul topishga ishontirgan.

“Biz dunyoning eng yaxshi murabbiyini tanladik”. Abduqodir Husanovning agenti “Manchester Siti”ga o‘tish haqida
21 yanvar 2025, 11:34

“Biz dunyoning eng yaxshi murabbiyini tanladik”. Abduqodir Husanovning agenti “Manchester Siti"ga o‘tish haqida

Futbol agenti G‘ayrat Xasbiullin “Gazeta.uz"ga bergan intervyusida Abduqodir Husanovga “Manchester Siti"ga o‘tishdan oldin ko‘plab klublar, jumladan, Angliyaning 12 jamoasi qiziqish bildirganini aytdi. U futbolchi nima uchun “Siti"ni tanlagani va uning rivojlanishiga kim hissa qo‘shgani haqida gapirib berdi.

Farg‘onada mast haydovchi boshqaruvidagi Damas urib yuborgan ikki kishi vafot etdi
21 yanvar 2025, 11:20

Farg‘onada mast haydovchi boshqaruvidagi Damas urib yuborgan ikki kishi vafot etdi

Toshloq tumanida yuqori tezlikda harakatlangan mast Damas haydovchisi velosipedda ketayotgan fuqaro va 5 yoshli piyodani urib yubordi. Oqibatda 71 yoshli erkak voqea joyida, bola esa shifoxonada vafot etdi.

Artel Technical School o‘quvchisi Ostonada o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi
21 yanvar 2025, 11:00

Artel Technical School o‘quvchisi Ostonada o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi

13−17-yanvar kunlari Ostona shahrida ta’lim sohasidagi muhim tadbirlardan biri — XXI Xalqaro Jautikov olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Xitoy, Turkiya kabi 20 ta davlatdan 700 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

Namangan va Samarqandda 2,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
21 yanvar 2025, 10:35

Namangan va Samarqandda 2,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

Toyloq tumanida fuqaro o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanish orqali 1,3 mlrd so‘mlik gazni talon-toroj qildi. Namangan shahrida esa fuqaro novvoyxonasini gaz tarmog‘iga noqonuniy ulab, 362 mln so‘mlik zarar yetkazdi.

Aydar-Arnasoy ko‘llarida noqonuniy ravishda baliq ovlaganlar tabiatga 487 mln so‘m zarar yetkazdi
21 yanvar 2025, 10:27

Aydar-Arnasoy ko‘llarida noqonuniy ravishda baliq ovlaganlar tabiatga 487 mln so‘m zarar yetkazdi

Jizzax viloyatidagi Aydar-Arnasoy ko‘llarida noqonuniy ravishda 145 kilogramm baliq ovlagan ikki shaxs tabiatga 487 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi.

“Amerikaning oltin asri hozirning o‘zidayoq boshlanadi”. Tramp inauguratsiyada nimalar dedi?
21 yanvar 2025, 03:07

“Amerikaning oltin asri hozirning o‘zidayoq boshlanadi”. Tramp inauguratsiyada nimalar dedi?

Prezidentlikka kirishgan Donald Tramp “Amerikaning oltin asri” boshlanganini ta’kidladi, avvalgi hukumatni tanqid qildi, inflyatsiyani yengishga, “so‘z erkinligi va qonunni qaytarishga”, “tinchlikparvar va birlashtiruvchi meros” qoldirishga, faqat ikki: erkak va ayol jinsini mustahkamlashga va’da berdi.

Nafaqat men uchun, balki O‘zbekiston uchun — Abduqodir Husanovning “Manchester Siti” futbolchisi sifatidagi ilk intervyusi
21 yanvar 2025, 00:31

Nafaqat men uchun, balki O‘zbekiston uchun — Abduqodir Husanovning “Manchester Siti” futbolchisi sifatidagi ilk intervyusi

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” futbolchisi sifatida o‘zining ilk intervyusini berdi. “Bu nafaqat men uchun, balki O‘zbekiston uchun. Angliyada birinchi o‘zbek, bu hali boshlanishi, o‘zbeklar ko‘p kelishadi”, — deya ta’kidladi himoyachi klub rasmiy sahifasi uchun tanishtiruv suhbatida.

20-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
20 yanvar 2025, 23:45

20-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

O‘zbekistonda zapravka qurmoqchi bo‘layotgan Five Petroleum, o‘zbekistonlik haydovchilarni ishga taklif qilayotgan Germaniya, reklama qonunchiligini buzgani uchun jazolangan Ucell, AQSh prezidentiligiga kirishgan Tramp va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Rasman: Abduqodir Husanov — “Manchester Siti” futbolchisi
20 yanvar 2025, 23:04

Rasman: Abduqodir Husanov — “Manchester Siti” futbolchisi

“Manchester Siti” klubi o‘zining rasmiy sahifalarida Abduqodir Husanovni jamoaga qo‘shib olganini e’lon qildi. O‘zbekistonlik futbolchi “shaharliklar” bilan 2029-yil iyunigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Abduqodir APLdagi birinchi o‘zbek futbolchisi bo‘ldi.

2025-yilda O‘zbekistondagi 230 ta tug‘uruqxona 100 mln dollarlik tibbiy uskuna bilan ta’minlanadi
20 yanvar 2025, 22:43

2025-yilda O‘zbekistondagi 230 ta tug‘uruqxona 100 mln dollarlik tibbiy uskuna bilan ta’minlanadi

2025-yilda OTBning $100 mln kreditiga O‘zbekistondagi 230 ta tug‘uruqxona uchun 45 turdagi 21 mingta tibbiy uskuna va 6 ta reanimobil xarid qilinadi. KfW bankining 30 mln yevrosi evaziga Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi 19 ta tibbiyot muassasasiga yurak-qon tomir kasalliklarini davolovchi uskuna o‘rnatiladi.

Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimiga kirishdi
20 yanvar 2025, 22:33

Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimiga kirishdi

Donald Tramp AQShning 47-prezidenti lavozimiga kirishdi. Avval vitse-prezident Jey Di Vens, keyin Trampning o‘zi qasamyod qildi. Qasamyoddan oldin esa Oq uyni tark etayotgan Jo Baydenning oilasi bilan choyxo‘rlik tashkil etildi.

“Kichik hajmdagi gazni xavfsiz yoqish”. Energovazirlik — “M-25” konidagi olovli maydonlar haqida
20 yanvar 2025, 22:12

“Kichik hajmdagi gazni xavfsiz yoqish”. Energovazirlik — “M-25” konidagi olovli maydonlar haqida

Energetika vazirligi Boysundagi “Mustaqillikning 25 yilligi” koni hududida obyektni konservatsiyalash doirasida “gazni zararsizlantirish maqsadida xavfsiz yoqish” ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta olovli maydonlar aks etgan video paydo bo‘ldi.

XMI kreditlari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar xalqaro standartlar asosida auditdan o‘tkazila boshlaydi
20 yanvar 2025, 21:41

XMI kreditlari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar xalqaro standartlar asosida auditdan o‘tkazila boshlaydi

Prezidentga Hisob palatasining o‘tgan yilgi faoliyati yakunlari va joriy yildagi asosiy vazifalari taqdim etildi. 2025-yilda xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar xalqaro standartlar bo‘yicha auditdan o‘tkazila boshlaydi.

Skuter va mopedlar 1-martgacha YHXXda ro‘yxatdan o‘tishi, egalari esa litsenziya olishi shart
20 yanvar 2025, 20:45 1

Skuter va mopedlar 1-martgacha YHXXda ro‘yxatdan o‘tishi, egalari esa litsenziya olishi shart

O‘zbekistonda 1-martdan boshlab moped va skuterlarga yangi talablar joriy etilmoqda: majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tish, davlat raqami belgilarini olish va ularni boshqarish uchun “A” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lish.

“Davlat o‘z qonunlariga rioya qilmasligi mumkinligini ko‘rsatmoqda”. Komil Jalilov — xususiy oliygohlarga 4 foizli “soliq” solinishi haqida
20 yanvar 2025, 19:17

“Davlat o‘z qonunlariga rioya qilmasligi mumkinligini ko‘rsatmoqda”. Komil Jalilov — xususiy oliygohlarga 4 foizli “soliq” solinishi haqida

Ko‘plab tanqidlarga qaramay, Oliy ta’lim kengashi xususiy oliygohlarning kontraktdan tushadigan pullariga 4 foizli “soliq solish” fikridan qaytmadi. “Gazeta.uz” kolumnisti Komil Jalilov bitta keys orqali davlat o‘zi chiqargan qonunlariga rioya qilmasligi mumkinligini ko‘rsatmoqda, deya qayd etdi.

Bandlik vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
20 yanvar 2025, 19:14

Bandlik vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Bungacha Prezident administratsiyasida ishlab kelgan Marat Jurayev kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Ekologiya vazirligi va BMTTD O‘zbekistonda ikkita ekologik loyihani ishga tushirdi
20 yanvar 2025, 18:24

Ekologiya vazirligi va BMTTD O‘zbekistonda ikkita ekologik loyihani ishga tushirdi

Ekologiya vazirligi va BMTTD O‘zbekistonning biologik xilma-xillik bo‘yicha milliy strategiyasini ishlab chiqish va G‘arbiy Tyan-Shan ekotizimlarini tiklashni qo‘llab-quvvatlash loyihalarini ishga tushirdi. Ularni 2030-yilga qadar amalga oshirish rejalashtirilgan. GEF loyihalarga 6,5 mln dollar ajratdi.

Toshkentdagi shifoxonada chaqaloqning qo‘li kesildi. SSV holatga izoh berdi
20 yanvar 2025, 17:18

Toshkentdagi shifoxonada chaqaloqning qo‘li kesildi. SSV holatga izoh berdi

Toshkent shahar 1-son bolalar klinik shifoxonasida chaqaloqqa “chap tomonlama yelka arteriyasi tromboemboliyasi, chap qo‘l va panjasida qon aylanishining 3-a darajali o‘tkir buzilishi, poliorgan yetishmovchiligi” tashxisi qo‘yilib, uning qo‘li kesildi. SSV xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.

Hokim yordamchilari 2024-yilda 309 ta korrupsiyaga oid jinoyatlar qildi
20 yanvar 2025, 16:22

Hokim yordamchilari 2024-yilda 309 ta korrupsiyaga oid jinoyatlar qildi

O‘zbekistonda 2024-yilda hokim yordamchilari 309 ta korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etgan. Umuman olganda, 2024-yilda jami 6898 nafar shaxs tomonidan 5716 ta korrupsiyaga oid jinoyat sodir etilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting