2022-yil fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan buyon har ikki tomondan 500 mingga yaqin askar frontda halok bo‘ldi yoki yaralandi, deb yozmoqda The New York Times.
O‘zbekiston tumanida turmush qurganiga hali bir oy ham bo‘lmagan 20 yoshli kelinchak o‘zini osib o‘ldirgani aytilmoqda. Marhumaning yaqinlariga ko‘ra, kelinchak turmush o‘rtog‘i kaltaklayotganini aytib, oila a’zolaridan uni olib ketishlarini so‘ragan. Kelinning qarindoshlari o‘lim sababiga shubha bildirmoqda.
O‘zbekistondagi eng yirik gaz ishlab chiqaruvchi “O‘zbekneftgaz” 2023-yil uchun gaz qazib olish prognozini pasaytirish bo‘yicha o‘z prognozlarini qayta ko‘rib chiqdi. Zaxiralarning qisqarishi hisobiga ishlab chiqario‘ hajmi 32,3 mlrd kub metrga yetishi kutilmoqda.
20-avgustdan O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida haftada bir marotaba amalga oshiriladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Toshkent — Budapesht yo‘nalishidagi reyslar Airbus A-320 havo kemasida bajariladi.
21−25-avgust kunlari O‘zbekistonda havo harorati kechalari +18…+23 daraja, kunduzi +34…+39 daraja bo‘ladi. Juma kuni Volgabo‘yi hududlaridan salqin havo massasi kirib kela boshlaydi.
O‘zbekiston qonunchiligi JST kelishuvlariga muvofiqlashtirilmoqda. Prezident 2025-yildan import dorilar va tibbiy buyumlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishda yig‘imlarni bekor qilish, tovarlarni davlat tilida markirovkalash tartibiga o‘zgartirish kiritish va boshqalarni nazarda tutuvchi farmonni imzoladi.
O‘zbekiston prezidenti 22−23-avgust kunlari davlat tashrifi bilan Ozarbayjonda bo‘ladi. Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Janubiy Koreyada 29 yoshli o‘zbekistonlik erkak “Imom al-Buxoriy katibasi” terrorchilik tashkiloti bilan aloqa o‘rnatib, uni moliyalashtirib kelganlikda gumon qilinmoqda. IIV tergov harakatlarini olib bormoqda.
“O‘zneftgazinspeksiya” rahbari o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Askar Isakov “O‘ztransgaz” boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. “Gazeta.uz”ning aniqlashicha, kompaniyaning avvalgi rahbari Behzot Normatov 6 oycha oldin lavozimini tark etgan, biroq bu haqda rasman xabar berilmagan.
Shavkat Mirziyoyev Budapeshtda bir qator davlat rahbarlari bilan uchrashdi, yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatiga tashrif buyurdi, avliyo Ishtvan kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etdi.
Alisher Sattarov Uzbekistan Airways boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari, Shaxzod Ikramov va Shuxratillo Yadgarovlar rais o‘rinbosarlari lavozimlariga tayinlandi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari tahliliga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 18-avgust kuni tadbirkorlar bilan uchrashuvda eng ko‘p “tadbirkor”, “biznes”, “soliq” so‘zlarini ishlatdi. Tahlil tadbirkorlarning eng dolzarb muammolari soliqlar va kreditlar ekanligini ko‘rsatmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Prezident administratsiyasining yangi tuzilmasini tasdiqladi. Unga ko‘ra, PA rahbari lavozimi tugatildi, yana ikkita prezident yordamchisi lavozimi joriy etildi, maslahatchilar soni 9 nafardan 11 nafarga oshirildi.
Budapeshtga amaliy tashrif bilan borgan prezident Shavkat Mirziyoyev Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashdi.
16-avgustdan 5-oktabrgacha Click asosiy sovg‘asi BYD Song Plus avtomobili bo‘lgan yutuqli o‘yin o‘tkazmoqda. Aksiya davomida yana ko‘plab boshqa qimmatli sovg‘alar ham o‘ynaladi.
Internetda elektrobus haydovchilarining mashinalarni quvvatlashdagi muammolardan shikoyat qilgan videomurojaati tarqaldi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, kechikishlar tufayli rejani bajarib bo‘lmayapti, shuningdek, harakat muntazamligi buzilgan.
O‘zbekiston Havo floti kuni munosabati bilan “Chirchiq” poligonida aviashou bo‘lib o‘tdi. Jangovar va harbiy samolyotlar hamda vertolyotlar uchuvchilari o‘z mahoratlarini namoyish etdi. Shou doirasida ilk bor samolyotlar O‘zbekiston bayrog‘ini “osmonga chizishdi”. “Gazeta.uz” fotoreportaji.
Prezident Yoshlar ishlari agentligini volontyorlik sohasidagi maxsus vakolatli organ etib belgilashni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Tashkilot sohada normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi, shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Toshkent metropolitenining “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari 26-avgustdan boshlab 4 oyga profilaktik ishlar sababli yopiladi. Bekatlar o‘rtasida bepul harakatlanadigan avtobuslar qatnovi amalga oshiriladi.
O‘zbekistondagi jamoat tashkilotlari va o‘zbek ishbilarmonlari tomonidan yig‘ilgan 10,5 tonna gumanitar yuk Ukrainaga yetkazildi. Ulardan kiyim-kechak hamda tibbiy buyumlar o‘rin olgan. Avvalroq Ukrainadan dam olish va reabilitatsiya uchun 45 nafar boladan iborat guruh Toshkentga yetib kelgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting