Arxiv

AQSh Kongressi davlat xarajatlari to‘g‘risidagi qonun loyihasini rad etdi, hukumat faoliyati to‘xtab qolishi mumkin
20 dekabr 2024, 20:21

AQSh Kongressi davlat xarajatlari to‘g‘risidagi qonun loyihasini rad etdi, hukumat faoliyati to‘xtab qolishi mumkin

AQSh Kongressining Vakillar palatasi respublikachilar taklif etgan hamda Donald Tramp va milliarder Ilon Mask qo‘llab-quvvatlagan hukumatni vaqtinchalik moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini rad etdi. Hujjat yaqin vaqtda kelishilmasa, hukumat ishni to‘xtatishiga to‘g‘ri kelishi mumkin.

“Aminmanki, kelgusi yillarda kambag‘allik darajasini 6 foizga tushiramiz” — prezident
20 dekabr 2024, 20:00

“Aminmanki, kelgusi yillarda kambag‘allik darajasini 6 foizga tushiramiz” — prezident

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi yil oxirigacha 9% ga tushadi, dedi prezident. Unga ko‘ra, agar tadbirkorlar bilan hamkorlik davom etsa, “kelgusi yillarda bu ko‘rsatkichni bemalol 6 foizga tushiramiz”. U, shuningdek, turizm, soliq, eksport va infratuzilma sohalaridagi rejalar haqida ham gapirdi.

AQSh Ukrainaga 1,2 mlrd dollarlik harbiy yordamning yakuniy paketini e’lon qilmoqchi — Reuters
20 dekabr 2024, 18:58

AQSh Ukrainaga 1,2 mlrd dollarlik harbiy yordamning yakuniy paketini e’lon qilmoqchi — Reuters

Bayden ma’muriyati Ukrainaga 1,2 mlrd dollarlik harbiy yordamning yakuniy paketini e’lon qilishga tayyorlanmoqda. Paketga havo hujumidan mudofaa tizimlari va artilleriya snaryadlari kiradi.

Toshkent viloyatida er-xotin va ularning o‘g‘li is gazidan vafot etdi
20 dekabr 2024, 18:08

Toshkent viloyatida er-xotin va ularning o‘g‘li is gazidan vafot etdi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida bir oilaning uch a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Malayziya 10 yil oldin yo‘qolgan MH370 reysini qidirishni davom ettirishga qaror qildi
20 dekabr 2024, 17:52

Malayziya 10 yil oldin yo‘qolgan MH370 reysini qidirishni davom ettirishga qaror qildi

Malayziya hukumati 10 yil oldin sirli tarzda yo‘qolgan MH370 Malaysia Airlines reysini qidirish ishlarini qayta tiklashga rozi bo‘ldi. Uning bortida 239 kishi bo‘lgan. Qidiruv ishlarini Amerikaning dengiz tubi tadqiqotlari bilan shug‘ullanuvchi Ocean Infinity kompaniyasi olib boradi.

Zardushtiylik yodgorligi, karma taomi va Xorazmshohlar shahri. Mang‘it tarixi
20 dekabr 2024, 17:00

Zardushtiylik yodgorligi, karma taomi va Xorazmshohlar shahri. Mang‘it tarixi

"Uzum Market" bilan maxsus loyiha doirasida Qoraqalpog‘istonning Mang‘it shahri haqida.

Toshkentdan viloyatlarga qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etiladi
20 dekabr 2024, 16:27

Toshkentdan viloyatlarga qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etiladi

20-dekabrdan 31-dekabrga qadar Toshkent avtovokzalidan viloyatlarga yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqib, kun davomida qo‘shimcha avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonlari yakuniy bosqichga o‘tmoqda — prezident
20 dekabr 2024, 16:13

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonlari yakuniy bosqichga o‘tmoqda — prezident

Prezident O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha “yakuniy bosqich”ga o‘tayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, JST qoidalariga zid bo‘lgan imtiyozlar bekor qilinayotganiga qaramay, davlat tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi va adolatli raqobat muhitida ishlash uchun barcha sharoitlarni yaratadi.

Chorvoq bo‘yidagi Sea Breeze Uzbekistan turizm markazi 10 mlrd dollarga baholanmoqda
20 dekabr 2024, 15:31

Chorvoq bo‘yidagi Sea Breeze Uzbekistan turizm markazi 10 mlrd dollarga baholanmoqda

O‘zbekiston Chorvoq suv ombori qirg‘og‘ida 10 mlrd dollarga Sea Breeze Uzbekistan turizm markazini qurishga rozi bo‘ldi. Avvalroq ozarbayjonlik tadbirkor Emin Agalarov ushbu loyihani davlat rahbariga taqdim etgandi. Loyiha xorijiy investorlar tomonidan moliyalashtiriladi.

O‘zbekiston banklari tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat kafolatisiz 6 mlrd dollar jalb qilmoqchi
20 dekabr 2024, 15:25

O‘zbekiston banklari tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat kafolatisiz 6 mlrd dollar jalb qilmoqchi

2025-yilda O‘zbekiston banklari tadbirkorlar ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun davlat kafolatisiz 6 mlrd dollar jalb qilishni rejalashtirmoqda, dedi prezident. Davlat rahbari kichik biznes uchun kreditlar ulushi 28 foizdan 40 foizga oshishini ta’kidladi.

Farg‘onadagi portlashdan so‘ng viloyatdagi barcha zapravkalar o‘rganib chiqiladi
20 dekabr 2024, 15:20

Farg‘onadagi portlashdan so‘ng viloyatdagi barcha zapravkalar o‘rganib chiqiladi

Farg‘onadagi portlashdan so‘ng viloyatda joylashgan barcha yoqilg‘i quyish shoxobchalarini o‘rganib chiqish uchun ishchi guruh tuzildi. Ular stansiyalarning sanoat, yong‘in, ekologik xavfsizligi talablariga muvofiqligi va qonunchilikdagi boshqa me’yorlarni o‘rganadi. Zapravkalar xodimlari FVB o‘quv markazida o‘qitiladi.

Yigirmaga yaqin bola uchta Damas`da Andijondan Qoraqalpog‘istonga olib ketilayotgani aniqlandi
20 dekabr 2024, 15:02

Yigirmaga yaqin bola uchta Damas`da Andijondan Qoraqalpog‘istonga olib ketilayotgani aniqlandi

Andijon viloyati Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi tarbiyalanuvchilari Damas mashinalarida Qoraqalpog‘istonga olib ketilayotgani aniqlandi. Avtomobillar Buxoro hududida to‘xtatib qolingan.

O‘zbekistonda 2025-yilda 43 mlrd dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish rejalashtirilmoqda
20 dekabr 2024, 14:22

O‘zbekistonda 2025-yilda 43 mlrd dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish rejalashtirilmoqda

2025-yilda O‘zbekiston 43 mlrd dollarlik investitsiya o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda. Investitsiyalar vaziri asosiy e’tibor importni qisqartirish va mahalliylashtirish darajasini oshirishga qaratilishini ta’kidladi.

“Kiyev osmonida duel, 3 yillik urushdan keyingi o‘zgarishlar”. Putinning jonli efir muloqoti tafsilotlari
20 dekabr 2024, 13:14

“Kiyev osmonida duel, 3 yillik urushdan keyingi o‘zgarishlar”. Putinning jonli efir muloqoti tafsilotlari

Rossiya prezidenti yil yakunlarini jonli efirdagi matbuot anjumanida sarhisob qildi. Putin mamlakat iqtisodiyoti, “Oreshnik” quroli, Tramp bilan muloqotga tayyorligi, Suriyadagi vaziyat, Kiyev bilan muzokaralar va boshqalarga to‘xtaldi. Asosiy ma’lumotlar.

“O‘zbekneftgaz” 2025-yilda gaz qazib olish hajmi 26,5 mlrd kub metrgacha qisqarishini prognoz qilmoqda
20 dekabr 2024, 12:58

“O‘zbekneftgaz” 2025-yilda gaz qazib olish hajmi 26,5 mlrd kub metrgacha qisqarishini prognoz qilmoqda

O‘zbekistondagi eng yirik gaz qazib oluvchi “O‘zbekneftgaz” 2025-yilda qazib olish hajmi 26,5 mlrd kub metrgacha qisqarib borishini prognoz qilmoqda. Bu 2024-yil uchun prognozdan 2,8 mlrd, 2022-yilgi qazib olingandan 5,7 mlrd kub metrga kam. Avvalgi prognozlardan esa 7,6 mlrd kub metrga kamroq.

Dam olish kunlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi
20 dekabr 2024, 12:28

Dam olish kunlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi

O‘zbekistonda dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kechalari −5…−10, kunduz kunlari −2…+3 daraja atrofida bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
20 dekabr 2024, 11:28

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamshidjon Abduzuxurov qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U bunga qadar Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish departamenti boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

IIV Buxoroda kriptovalyuta aylanmasida ayblangan yigitni “oddiy virtual valyutchik” deb atadi
20 dekabr 2024, 10:45

IIV Buxoroda kriptovalyuta aylanmasida ayblangan yigitni “oddiy virtual valyutchik” deb atadi

Ichki ishlar vazirligi buxorolik 17 yoshli yigit kriptovalyutada 2,64 mln dollar ishlab topgani haqidagi ma’lumotni rad etdi. Vazirlik u birja operatsiyalarida noqonuniy vositachilik bilan shug‘ullangani va buning uchun haq olganini aytdi.

Namanganda xizmat xonasida qimor o‘yini tashkil qilgan maktab direktori ishdan olindi
20 dekabr 2024, 10:08

Namanganda xizmat xonasida qimor o‘yini tashkil qilgan maktab direktori ishdan olindi

Chortoq tumanidagi 8-maktab direktori xizmat xonasida sheriklari bilan qimor o‘ynagani aniqlandi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganini bildirdi.

“Kengashlardan o‘zlariga berilgan vakolatlardan haqiqatan foydalanishini iltimos qilamiz” — bosh vazir o‘rinbosari
20 dekabr 2024, 09:51

“Kengashlardan o‘zlariga berilgan vakolatlardan haqiqatan foydalanishini iltimos qilamiz” — bosh vazir o‘rinbosari

O‘zbekistonda “juda kam” kengashlar ayrim soliqlar bo‘yicha oshiruvchi va pasaytiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llash vakolatlaridan amalda foydalanmoqda, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov. U kengashlarni Toshkentdan ko‘rsatma kutmasdan, faol bo‘lishga chaqirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting