Arxiv

Markaziy bank rahbariga kadrlar siyosati va rejim bo‘yicha o‘rinbosar tayinlandi
9 avgust 2023, 20:41

Markaziy bank rahbariga kadrlar siyosati va rejim bo‘yicha o‘rinbosar tayinlandi

Ulug‘bek Nosirov O‘zbekiston Markaziy banki raisining yangi o‘rinbosari bo‘ldi, deya xabar berdi “Gazeta.uz” manbasi. U “kadrlar siyosati va rejim nazorati” uchun mas’ul bo‘ladi.

Qibrayda 13 yoshli qizning zo‘rlanishi to‘g‘risidagi ish sudga topshirildi
9 avgust 2023, 20:16

Qibrayda 13 yoshli qizning zo‘rlanishi to‘g‘risidagi ish sudga topshirildi

2019-yilda Qibray tumanida 13 yoshli qizning zo‘rlanishi bo‘yicha ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘stonliq sudiga topshirildi. Qizning oilasi 2022-yilning bahoridan buyon gumonlanuvchini jinoiy javobgarlikka tortishga harakat qilmoqda. U iyul oyining oxirida hibsga olingan.

Eng daromadli va eng ko‘p zarar ko‘rgan davlat kompaniyalari nomi e’lon qilindi
9 avgust 2023, 19:02

Eng daromadli va eng ko‘p zarar ko‘rgan davlat kompaniyalari nomi e’lon qilindi

Davaktiv 2022-yilda eng ko‘p foyda ko‘rgan top-30 va eng ko‘p zarar ko‘rgan top-20 ta davlat ulushi bo‘lgan kompaniyalar ro‘yxatini e’lon qildi. “Milliy elektr tarmoqlari” eng ko‘p zarar ko‘rgan kompaniya bo‘ldi. 2021-yilda foyda bilan chiqqan “Temir yo‘llar” va HET ham katta zarar ko‘rdi.

Buxoroda 5 kunlik chaqaloq ko‘chaga tashlab ketilgani aniqlandi
9 avgust 2023, 17:56

Buxoroda 5 kunlik chaqaloq ko‘chaga tashlab ketilgani aniqlandi

Qorako‘l tumanida 28 yoshli ayol 5 kunlik chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab ketgani aniqlandi. IIB xodimlari tomonidan topilgan chaqaloq shifoxonaga yotqizilib, mutaxassislar nazoratiga olindi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida 60 ta masjid va madrasa yopildi
9 avgust 2023, 17:46

Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida 60 ta masjid va madrasa yopildi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi O‘sh viloyatidagi 39 ta masjid va 21 ta diniy maktab qurilish qoidalarini buzgani va ta’limning yagona standartlari yo‘qligi sababli yopilganini ma’lum qildi. Mamlakatdagi diniy obyektlarda keng ko‘lamli tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Toshkent viloyatida 56 yoshli erkak pichoqlab o‘ldirildi
9 avgust 2023, 17:17

Toshkent viloyatida 56 yoshli erkak pichoqlab o‘ldirildi

Olmaliq shahrida 48 yoshli erkak 56 yoshli erkakni o‘zaro kelishmovchilik oqibatida pichoqlab o‘ldirdi. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Surxondaryoda “Farg‘ona azot”ga qarashli omborxonada yong‘in chiqdi
9 avgust 2023, 16:41

Surxondaryoda “Farg‘ona azot”ga qarashli omborxonada yong‘in chiqdi

Termiz tumanida “Farg‘ona azot”ga qarashli ko‘mir saqlanadigan omborxona yonib ketdi. 5 ta qutqaruv ekipaji yong‘inni 1 soat davomida o‘chirdi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘qligi aytilmoqda.

Toshkentda fuqaroni 51 ming dollar evaziga AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
9 avgust 2023, 16:40

Toshkentda fuqaroni 51 ming dollar evaziga AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Ikki shaxs AQShga ishga yuborish evaziga fuqarodan 51 ming dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Firibgarlikda gumonlangan ushbu shaxslarga nisbatan jinoiy ish ochildi.

O‘zbekiston va YI Afg‘oniston bo‘yicha maslahatlashuvlarni davom ettirish niyatida
9 avgust 2023, 14:32

O‘zbekiston va YI Afg‘oniston bo‘yicha maslahatlashuvlarni davom ettirish niyatida

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi Afg‘oniston masalasi bo‘yicha maslahatlashuvlarni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanini bildirdi.

JSST xavfli ekani bo‘yicha ogohlantirish bergan Cold Out siropi O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tmagan — SSV
9 avgust 2023, 13:00

JSST xavfli ekani bo‘yicha ogohlantirish bergan Cold Out siropi O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tmagan — SSV

JSST shamollashga qarshi Cold Out siropi namunasi Iroqdagi tahlilda sifat talablariga javob bermagani uchun uning xavfidan ogohlantirdi. Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi esa xavotirga o‘rin yo‘qligi va bu dori O‘zbekistonda davlat ro‘yxatidan o‘tmaganini bildirdi.

Fuqarolar normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasida ishtirok etishi mumkin bo‘ldi
9 avgust 2023, 12:58

Fuqarolar normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasida ishtirok etishi mumkin bo‘ldi

O‘zbekiston fuqarolari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari davlat organlari hamda tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish jarayonida ishtirok etishi mumkin bo‘ldi.

Qashqadaryoda Qizil kitobga kiritilgan 27 dona gulbaliq noqonuniy ovlangani aniqlandi
9 avgust 2023, 12:35

Qashqadaryoda Qizil kitobga kiritilgan 27 dona gulbaliq noqonuniy ovlangani aniqlandi

Shahrisabz tumanidagi Tanxozdaryo irmog‘ida Qizil kitobga kiritilgan 27 dona Amudaryo gulbaliqlari noqonuniy ovlangani aniqlandi.

Bosh prokurorga ikki oʻrinbosar tayinlandi
9 avgust 2023, 11:38

Bosh prokurorga ikki oʻrinbosar tayinlandi

Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan bosh prokurorga ikki o‘rinbosar, Namangan, Andijon va Samarqand viloyatlariga yangi prokurorlar tayinlandi.

Ikrom Narimov O‘zbekiston transport prokurori lavozimiga tayinlandi
9 avgust 2023, 11:02

Ikrom Narimov O‘zbekiston transport prokurori lavozimiga tayinlandi

Toshkent shahri prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Ikrom Narimov O‘zbekiston transport prokurori lavozimiga tayinlandi.

Andijon tibbiyot institutining qator rahbarlari lavozimidan ozod etildi
9 avgust 2023, 10:49

Andijon tibbiyot institutining qator rahbarlari lavozimidan ozod etildi

Andijon tibbiyot institutining 5 nafar mas’ul xodimi “faoliyatida jiddiy kamchilik va qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygani sababli” ishdan bo‘shatildi. Oliygoh rektori ham lavozimini tark etishi mumkin. Iyul oyida institutning ikki xodimi 16 ming dollar olayotgan vaqtda qo‘lga tushgandi.

O‘zbekiston aholisi 36,4 mln kishini tashkil etmoqda, ularning eng ko‘pi Samarqandda yashaydi
9 avgust 2023, 10:22

O‘zbekiston aholisi 36,4 mln kishini tashkil etmoqda, ularning eng ko‘pi Samarqandda yashaydi

Statistika agentligi 1-iyul holatiga O‘zbekiston doimiy aholisi 36,4 mln kishini tashkil etishini bildirdi. Eng ko‘p aholi Samarqandda (4 mln 159 ming), eng kami esa Sirdaryoda (904,9 ming) yashaydi. Demografik ma’lumotlar.

Banklarda dollar kursi 11 690−11 735 so‘m etib belgilandi
9 avgust 2023, 10:02

Banklarda dollar kursi 11 690−11 735 so‘m etib belgilandi

Tijorat banklari 9-avgust kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 610−11 665 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 690−11 735 so‘m.

Britaniya hukumati Gulnora Karimovaning 20 mln funt sterlingdan ortiq qiymatdagi mulkini musodara qildi
9 avgust 2023, 09:30

Britaniya hukumati Gulnora Karimovaning 20 mln funt sterlingdan ortiq qiymatdagi mulkini musodara qildi

Britaniya hukumati Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan ikkita kvartira va uyni musodara qildi. Ta’kidlanishicha, ular O‘zbekistondagi korrupsion faoliyatdan olingan daromadlar evaziga sotib olingan. Mulklarning umumiy qiymati 20 mln funt sterlingdan ortiqqa baholanmoqda.

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
9 avgust 2023, 09:22

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Prezident farmoni bilan Anvar Karimov qishloq xo‘jaligi vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi. U bunga qadar iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Buxoroda 4 dona sof quyma oltin bo‘lagini sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
9 avgust 2023, 09:06

Buxoroda 4 dona sof quyma oltin bo‘lagini sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Shofirkon tumanida 4 dona sof quyma oltin bo‘lagini 7 ming dollar va 300 mln so‘mga sotgan fuqarolar qo‘lga olindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting