Arxiv

Toshkent shahri va viloyatidagi 5 ta “zapravka”da 11 mlrd so‘mdan ortiq tabiiy gaz o‘g‘irlangani aniqlandi
8 avgust 2023, 10:43

Toshkent shahri va viloyatidagi 5 ta “zapravka”da 11 mlrd so‘mdan ortiq tabiiy gaz o‘g‘irlangani aniqlandi

Poytaxtning Sergeli va Toshkent viloyatining Piskent hamda Chinoz tumanlarida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida 11 mlrd 54 mln so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlangani aniqlandi.

Aksar banklarda dollar kursi 11 735 so‘m etib belgilandi
8 avgust 2023, 10:00

Aksar banklarda dollar kursi 11 735 so‘m etib belgilandi

Tijorat banklari 8-avgust kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 615−11 675 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 700−11 735 so‘m.

Andijon viloyatida 20 yoshli yigit kanalda cho‘kib ketib vafot etdi
8 avgust 2023, 09:17

Andijon viloyatida 20 yoshli yigit kanalda cho‘kib ketib vafot etdi

Oltinko‘l tumanidan o‘tgan Katta Farg‘ona kanaliga cho‘milish maqsadida borgani aytilayotgan 20 yoshli yigit cho‘kib ketib vafot etdi. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborilgan.

7-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
7 avgust 2023, 23:43

7-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Salqin ob-havo prognozi, budjet defitsitini chegarada ushlab turolmayotgan hukumat, “avariya"ga uchrab vafot etgan Urganch shahri IIO FMB boshlig‘i, piyodalarni urib yuborgan haydovchilar qanday jazolanayotgani, bir qator tayinlov va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.

Qo‘rg‘ontepa tumaniga yangi hokim tayinlandi
7 avgust 2023, 21:47

Qo‘rg‘ontepa tumaniga yangi hokim tayinlandi

Andijon viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimida ishlab kelgan Alisher Halilov Qo‘rg‘ontepa tumaniga hokim bo‘ldi. Tumanning avvalgi hokimi prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bo‘yicha ishdan bo‘shatilgan edi.

Vazir o‘rinbosari Dilshod Sultonov Yangiyo‘l hokimi v. b. bo‘ldi
7 avgust 2023, 21:44

Vazir o‘rinbosari Dilshod Sultonov Yangiyo‘l hokimi v. b. bo‘ldi

Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov Yangiyo‘l shahar hokimi v. b. bo‘ldi. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev energiya ta’minoti va chiqindilarni olib chiqib ketish shaharning asosiy muammolari ekanini aytib, shaharni tozalash bo‘yicha keng ko‘lamli aksiya tashkil etishga va’da berdi.

Davronjon Odilov “Yangi Toshkent” qurilishiga mas’ul etib belgilandi
7 avgust 2023, 20:46

Davronjon Odilov “Yangi Toshkent” qurilishiga mas’ul etib belgilandi

Prezident qarori bilan qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Davronjon Odilov “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” direktori etib tayinlandi.

Bekobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
7 avgust 2023, 18:58

Bekobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

“Qishloq qurilish bank"da departament boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Shuhrat Mirzayev Toshkent viloyati Bekobod tumaniga hokim bo‘ldi. Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev avvalgi tuman hokimini nima sababdan ishdan bo‘shatganiga izoh berdi.

Ra’no Jo‘rayeva Uzbekistan Airports raisi lavozimini tark etdi
7 avgust 2023, 17:57

Ra’no Jo‘rayeva Uzbekistan Airports raisi lavozimini tark etdi

Uzbekistan Airports kompaniyasi raisi Ra’no Jo‘rayevaning 2022-yil noyabrida 3 yilga uzaytirilgan shartnomasi bekor qilindi. “Gazeta.uz” bir kun avval uning lavozimidan bo‘shatilishi mumkinligi haqida xabar bergandi. Kompaniya raisi v.b. etib Javlonbek Umarxo‘jayev tayinlandi.

Xovos tumaniga hokim tayinlandi
7 avgust 2023, 17:39

Xovos tumaniga hokim tayinlandi

Sirdaryo viloyati Xovos tumaniga Ulug‘bek Yo‘ldoshev hokim etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Sardoba tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Iroqda Telegram fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish uchun bloklandi
7 avgust 2023, 17:32

Iroqda Telegram fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish uchun bloklandi

Iroq rasmiylari Telegram`ni milliy xavfsizlik va “fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini saqlash” maqsadida blokladi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, messenjer ma’lumotlar sizib chiqayotgan kanallarni yopish haqidagi so‘rovlarni e’tiborsiz qoldirgan.

O‘zbekistonda piyodalarni urib yuborgan haydovchilar qanday jazolanmoqda? Sud qarorlari sharhi
7 avgust 2023, 17:05

O‘zbekistonda piyodalarni urib yuborgan haydovchilar qanday jazolanmoqda? Sud qarorlari sharhi

O‘zbekistondagi YTHlarning qariyb yarmi piyodalarni urib yuborish bilan bog‘liq. Shunday qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan haydovchilar qanday jazolanmoqda? Shu savolga javob topish maqsadida “Gazeta.uz” sudlarning tasodifiy 50 ta qarorini o‘rgandi. Spoyler: piyoda o‘limi uchun biror bir haydovchi qamalmagan.

Qeshm Air Tehron va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi
7 avgust 2023, 16:33

Qeshm Air Tehron va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi

Qeshm Air aviakompaniyasi 9-avgustdan Tehron−Toshkent−Tehron yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarini yo‘lga qo‘yadi. Reyslar haftasiga bir marta-chorshanba kunlari amalga oshiriladi.

Iqtisodiyot va moliya vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
7 avgust 2023, 15:58

Iqtisodiyot va moliya vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident farmoni bilan Ilhom Norqulov iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari, Ahadbek Haydarov, Abdulaziz Haydarov, Otabek Fozilkarimov, Bobur Xodjayev va Jasur Qarshiboyevlar esa vazir o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

Qozog‘istonda kelin o‘g‘irlaganlik uchun jinoiy jazo joriy etish taklif qilinmoqda
7 avgust 2023, 15:57

Qozog‘istonda kelin o‘g‘irlaganlik uchun jinoiy jazo joriy etish taklif qilinmoqda

Qozog‘iston Jinoyat kodeksiga nikoh uchun odam o‘g‘irlaganlik bo‘yicha alohida modda kiritish taklif qilinmoqda. Ombudsman idorasi ushbu qaror ayollarga nisbatan jinoyatlar sonini kamaytirishga yordam beradi, deya umid qilmoqda.

O‘zbekistonga 6 oy davomida 3,1 mln sayyoh keldi
7 avgust 2023, 15:24

O‘zbekistonga 6 oy davomida 3,1 mln sayyoh keldi

2023-yilning dastlabki 6 oyida O‘zbekistonga 3,1 mln nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda tashrif buyurdi. O‘tgan yilning ushbu davrida ko‘rsatkich salkam 1,9 mln nafarni tashkil etgandi.

Urganch shahri IIO FMB boshligʻi YTH oqibatida vafot etdi
7 avgust 2023, 15:08

Urganch shahri IIO FMB boshligʻi YTH oqibatida vafot etdi

Urganch shahri IIO FMB boshligʻi YTH oqibatida vafot etdi. Mashina yoʻlning qatnov qismidan chiqib ketib, beton ustunga urilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Saudiya Arabistoni o‘zbekistonliklar uchun elektron viza berishni boshladi
7 avgust 2023, 14:33 2

Saudiya Arabistoni o‘zbekistonliklar uchun elektron viza berishni boshladi

O‘zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga borish uchun elektron viza olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ushbu viza bilan yil davomida Umra hamda mamlakat bo‘ylab sayohat qilish mumkin.

Afg‘oniston 67 ta vagondagi neftni sifatsiz deb O‘zbekistonga qaytarmagan, xaridor pulini 100% to‘lagan — “O‘zbekneftgaz”
7 avgust 2023, 12:41

Afg‘oniston 67 ta vagondagi neftni sifatsiz deb O‘zbekistonga qaytarmagan, xaridor pulini 100% to‘lagan — “O‘zbekneftgaz”

Afg‘oniston standart agentligi O‘zbekistondan import qilingan 67 ta vagon neftni sifatsiz deb qaytarilganini ma’lum qildi. “O‘zbekneftgaz” esa neftni O‘zbekiston emas, xaridor o‘zi Afg‘onistonga olib kirgani, neft uchun pul 100% to‘langanini qayd etdi.

Hafta salqin bo‘ladi
7 avgust 2023, 12:28

Hafta salqin bo‘ladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari kuzatilgan salqin ob-havo juma kungacha davom etadi. Harorat +30…+35 daraja atrofida bo‘ladi. Hafta o‘rtasiga borib kunlar biroz isishi mumkin. Ayrim joylarda qisqa yomg‘irlar bo‘lishi kutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting