Arxiv

Toshkent aeroportida yangi taksi xizmatlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
3 avgust 2023, 20:06

Toshkent aeroportida yangi taksi xizmatlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Uzbekistan Airports Toshkent aeroporti uchun yana uchta taksi operatorini jalb qilmoqchi — xalqaro terminalning umumiy zali va CIP-zal hamda mahalliy terminal uchun. Hozirda xalqaro terminalning uchib kelish zaliga birgina aeroport taksi operatori xizmat ko‘rsatmoqda.

Toshkent jamoat transportida yo‘lkira narxlari oshishi kutilmoqda
3 avgust 2023, 19:37

Toshkent jamoat transportida yo‘lkira narxlari oshishi kutilmoqda

Yaqin kunlarda poytaxt jamoat transportidan foydalanish uchun yo‘lkira narxlari oshishi kutilmoqda. Transport kartasidan to‘lov 1600 so‘m, naqd pul va bank kartasidan to‘lov esa 2000 so‘mgacha oshadi. Shuningdek, yo‘lovchilarga kunlik, oylik va yillik moslashuvchan tarif rejalari taklif etiladi.

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatining ikki tumani hokimlarini ishdan bo‘shatdi
3 avgust 2023, 18:32

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatining ikki tumani hokimlarini ishdan bo‘shatdi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Zangiota va Bekobod tumanlari hokimlarini o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etdi. Bir kun avval prezident o‘sha hududlarda sanoat ishlab chiqarishi pasayganini tanqid qilgan edi.

Toshkent viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
3 avgust 2023, 17:31

Toshkent viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Adliya katta maslahatchisi Sirojiddin Eshquvvatov Toshkent viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Andijon viloyati prokurori bo‘lgan.

Markaziy bank raisi — aholini kreditlash hajmining o‘sishi va iqtisodiyotdagi qarz yuki haqida
3 avgust 2023, 17:22

Markaziy bank raisi — aholini kreditlash hajmining o‘sishi va iqtisodiyotdagi qarz yuki haqida

Aholiga kredit berish hajmi ularning daromadlaridan tezroq o‘sib bormoqda, bu esa iqtisodiyotdagi qarz yuki ortayotganidan dalolat beradi, dedi Markaziy bank raisi. Uning aytishicha, chakana kreditlashda “qizib ketish”ning oldini olish uchun tartibga soluvchi chora-tadbirlarni ko‘rish boshlangan.

Oy materiali — “Qishloqdagi abituriyent do‘stimga” fotohikoyasi qanday tayyorlangan?
3 avgust 2023, 17:21

Oy materiali — “Qishloqdagi abituriyent do‘stimga” fotohikoyasi qanday tayyorlangan?

“Gazeta.uz” o‘zbek tahririyati e’lon qilinayotgan maqolalar orasidan har oy eng yaxshisini tanlab, uning mualliflari bilan alohida videosuhbat uyushtirishga qaror qildi. Iyul yakuniga ko‘ra, jurnalist Xolida Musulmonning “Qishloqdagi abituriyent do‘stimga” fotohikoyasi oy materiali deb topildi.

Toshkentda Malibu avtobus bilan to‘qnashib ketdi
3 avgust 2023, 16:49

Toshkentda Malibu avtobus bilan to‘qnashib ketdi

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasida Malibu yengil avtomobili qayrilib olmoqchi bo‘lgan Yutong avtobusi bilan to‘qnashib ketdi.

Iyulda O‘zbekistonda harorat +40 darajadan yuqori kunlar soni ko‘p bo‘ldi
3 avgust 2023, 15:21

Iyulda O‘zbekistonda harorat +40 darajadan yuqori kunlar soni ko‘p bo‘ldi

Iyul oyida O‘zbekistonda harorat ko‘p yillik o‘rtacha qiymatlarga nisbatan +40 daraja va undan yuqori kunlar ko‘p bo‘ldi: Toshkentda 8 kun (me’yor 2 kun), Termizda 24 kun (me’yor 16 kun), Nukusda 8 kun (me’yor 4 kun). Eng issiq iyul oyi reytingida esa 2019 va 2021-yillarning iyul oylaridan so‘ng uchinchi bo‘ldi.

2030-yilga kelib avtobuslarning barchasi elektrobus bo‘ladimi?
3 avgust 2023, 15:03

2030-yilga kelib avtobuslarning barchasi elektrobus bo‘ladimi?

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi loyihasida mamlakat jamoat transportini “elektrobus va elektromobillar” bilan yangilash taklif etilgan. Shuningdek, jamoat transportini ekologik toza yoqilg‘iga o‘tkazish nazarda tutilgan. Hujjatda elektrda harakatlanuvchi transportlarning boshqa turlari keltirilmagan.

Sayrga chiqqan Sibir tog‘ echkisi, yovvoyi cho‘chqa va bo‘rilar — Chotqol qo‘riqxonasidan yangi kadrlar
3 avgust 2023, 14:38

Sayrga chiqqan Sibir tog‘ echkisi, yovvoyi cho‘chqa va bo‘rilar — Chotqol qo‘riqxonasidan yangi kadrlar

Toshkent viloyati Ekoboshqarmasi Maydontol hududida Sibir tog‘ echkisi, yovvoyi cho‘chqa va bo‘rilarning fotoqopqonga muhrlangan tasvirlarini e’lon qildi. Video.

Oliy sudda ko‘riladigan ishga da’vogar sifatida borgan erkak yurak xurujidan vafot etdi
3 avgust 2023, 14:26

Oliy sudda ko‘riladigan ishga da’vogar sifatida borgan erkak yurak xurujidan vafot etdi

Oliy sudning Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida shikoyati ko‘rilishi uchun da’vogar sifatida borgan 66 yoshli erkak kutish xonasida yurak xurujidan vafot etdi. Oliy sud majlis o‘z vaqtida boshlanganini ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev 4-avgustda Turkmanistonga boradi
3 avgust 2023, 13:57

Shavkat Mirziyoyev 4-avgustda Turkmanistonga boradi

O‘zbekiston prezidenti 4-avgust kuni amaliy tashrif bilan Ashxobod shahrida bo‘ladi. U yerda oliy darajada uchrashuvlar o‘tkazish hamda O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlarining uch tomonlama sammitida ishtirok etish rejalashtirilgan.

Sherzod Kudbiyev yana Soliq qo‘mitasiga rais etib tayinlandi
3 avgust 2023, 12:32

Sherzod Kudbiyev yana Soliq qo‘mitasiga rais etib tayinlandi

Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev ma’muriy islohotdan 7 oy o‘tib yana Soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga qaytdi. Bir kun avval prezident davlat budjeti daromadlari yetarli emasligini aytib, soliq idoralari xodimlari ishini tanqid qilgandi.

Jamshid Qo‘chqorov Iqtisodiyot va moliya vazirligini boshqaradi
3 avgust 2023, 12:32 1

Jamshid Qo‘chqorov Iqtisodiyot va moliya vazirligini boshqaradi

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov iqtisodiyot va moliya vaziri etib tasdiqlandi.

Farg‘onada taksi haydovchisi va fuqaroning janjaliga tomoshabin bo‘lib turgan IIB xodimlari ishdan bo‘shatildi
3 avgust 2023, 12:21

Farg‘onada taksi haydovchisi va fuqaroning janjaliga tomoshabin bo‘lib turgan IIB xodimlari ishdan bo‘shatildi

Farg‘onada haydovchisi va fuqaro janjali vaqtida bezoriga nisbatan chora ko‘rmagan IIB xodimlari ishdan olindi. Patrul-post xizmati bataloni komandiriga nisbatan hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanildi.

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar OCHda yana 13 ta medalni qo‘lga kiritdi
3 avgust 2023, 11:40

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar OCHda yana 13 ta medalni qo‘lga kiritdi

Nyu-Dehli shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi yana 13 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Donald Tramp Kapitoliyga qilingan hujum ishi bo‘yicha ayblanmoqda. Asosiy ma’lumotlar
3 avgust 2023, 11:11

Donald Tramp Kapitoliyga qilingan hujum ishi bo‘yicha ayblanmoqda. Asosiy ma’lumotlar

Donald Tramp AQSh Kongressi binosiga hujum qilish bilan bog‘liq ish bo‘yicha ayblanmoqda. Ayblovga ko‘ra, AQShning sobiq prezidenti “hokimiyatda qolishga qat’iy qaror qilgan” va 2020-yilgi prezidentlik saylovi natijalarini aldov yo‘li bilan bekor qilishga uringan.

Namanganda soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari pora bilan ushlangani aytilmoqda
3 avgust 2023, 10:54

Namanganda soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari pora bilan ushlangani aytilmoqda

Namangan shahri soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari tadbirkorning yopib qo‘yilgan hisobraqamini ochib berish evaziga 2000 dollar pora talab qilgani, pulni olishda yurist (sobiq DSI xodimi) yordamlashgani aytilmoqda. Hozirda 2 shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.

Yil oxirigacha 200 mingga yaqin oilani kambag‘allikdan chiqarish mumkin — prezident
3 avgust 2023, 10:24

Yil oxirigacha 200 mingga yaqin oilani kambag‘allikdan chiqarish mumkin — prezident

Shavkat Mirziyoyev 2023-yil yakuniga qadar kambag‘allik darajasini 14 foizdan 12 foizga tushirib, 200 mingga yaqin oilani kambag‘allikdan chiqarish mumkinligini ta’kidladi. Davlat rahbari aholi bandligini ta’minlash va imtiyozli resurslarning yetib borishini osonlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni e’lon qildi.

O‘zbekistonda 5,5 yil ichida ko‘pxotinlilik uchun 38 kishi sudlandi
3 avgust 2023, 09:59

O‘zbekistonda 5,5 yil ichida ko‘pxotinlilik uchun 38 kishi sudlandi

O‘zbekistonda so‘nggi 5,5 yil ichida 38 nafar erkak ko‘p xotinli bo‘lishda ayblanib sudlandi, ularning 4 nafari 2023-yilning birinchi yarmiga to‘g‘ri keldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting