Arxiv

Toshkentda 35 tup daraxtni kesib tashlaganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
19 fevral 2023, 11:59

Toshkentda 35 tup daraxtni kesib tashlaganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida firmaga berilgan hududda 35 tup daraxt noqonuniy kesib tashlangani aniqlandi. Buning oqibatida o‘simlik dunyosiga 196 mln so‘m zarar yetgani ma’lum bo‘ldi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qashqadaryoda Gentra haydovchisi piyodani urib qochib ketdi
19 fevral 2023, 11:55

Qashqadaryoda Gentra haydovchisi piyodani urib qochib ketdi

Yakkabog‘ tumanida Gentra avtomobili haydovchisi piyodani urib qochib ketdi. Oqibatda jabrlanuvchi voqea joyida vafot etdi. Tezkor surishtiruv davomida YTHni 27 yoshli yigit sodir etgani aniqlandi.

Toshkent viloyatida bir oilaning to‘rt nafar a’zosi zaharlanish oqibatida halok bo‘ldi
18 fevral 2023, 23:52

Toshkent viloyatida bir oilaning to‘rt nafar a’zosi zaharlanish oqibatida halok bo‘ldi

Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida bir oiladan to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana uch nafari kasalxonaga yotqizildi. O‘lim sababi oziq-ovqat yoki is gazidan zaharlanish bo‘lishi mumkin. Tekshiruv uchun ovqat qoldiqlaridan namunalar olindi.

Jahon yangiliklari dayjesti
18 fevral 2023, 23:22

Jahon yangiliklari dayjesti

Turkiyada qidiruv-qutqaruv ishlarining to‘xtatilayotgani, AQShdagi kompaniyaning 100 nafardan ziyod bolani xavfli ishlarga jalb qilgani, Parijdagi savdo markazida erkak o‘zini yuqori qavatdan tashlab yuborgani ommaviy sarosimaga sabab bo‘lgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

“Mushtum” medallari: Ikkiyuzlamachiga, safsatabozga, sansalorchiga va boshqalarga
18 fevral 2023, 23:20

“Mushtum” medallari: Ikkiyuzlamachiga, safsatabozga, sansalorchiga va boshqalarga

100 yoshga to‘lgan “Mushtum"ning ko‘plab adabiy qahramonlari, doimiy ruknlari bor. ““Mushtum” medallari” — shunday ruknlardan biri. “Gazeta.uz” 1972 yilda jurnalning 15 ta soni davomida e’lon qilingan “medallar"ni bir sahifaga jamladi. Bu “medallar"ga loyiqlar hali ham oramizda bo‘lishi mumkin.

100 yoshga to‘lgan «Mushtum»ning karikaturalari
18 fevral 2023, 22:10

100 yoshga to‘lgan «Mushtum»ning karikaturalari

100 yil avval — 1923 yil 18 fevralida Qodiriy asos solgan «Mushtum»ning ilk soni chiqqan. Tanqidiy hajviyalar istalgan nashrda chiqishi mumkin, ammo bu jurnalni ajratib turuvchi jihat — uning o‘tkir karikaturalari edi. «Gazeta.uz» «Mushtum»da chiqqan hajv-suratlar to‘plamini e’tiboringizga havola qiladi.

Toshkentda 4 ta avtomobil to‘qnashdi, 2 haydovchi jabrlandi
18 fevral 2023, 21:48

Toshkentda 4 ta avtomobil to‘qnashdi, 2 haydovchi jabrlandi

Toshkentning Amir Temur ko‘chasida yana bir yirik YTH sodir bo‘ldi — birdaniga to‘rtta avtomobil to‘qnashdi, ulardan biri yonib ketdi. Ikki haydovchi jarohatlangan.

O‘zbekiston TIV rahbari zilziladan jabr ko‘rgan Xatay viloyatiga tashrif buyurdi
18 fevral 2023, 21:10

O‘zbekiston TIV rahbari zilziladan jabr ko‘rgan Xatay viloyatiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v. b. Baxtiyor Saidov Turkiyaning zilziladan jabr ko‘rgan, etnik o‘zbeklar istiqomat qiladigan Ovakent qishlog‘iga tashrif buyurdi. U Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li bilan ham uchrashdi.

Eski-Juva bozorida sotuvchi ayol hamkasbining qulog‘ini tishlab, uzib oldi
18 fevral 2023, 16:35

Eski-Juva bozorida sotuvchi ayol hamkasbining qulog‘ini tishlab, uzib oldi

Toshkentdagi Eski-Juva bozorida sotuvchi ayollar o‘rtasida yuzaga kelgan o‘zaro janjal vaqtida 29 yoshli ayol hamkasbini do‘pposlab, qulog‘ining bir qismini tishlab, uzib oldi. JIB Shayxontohur tumani sudi tomonidan hamkasbining qulog‘ini tishlagan ayolga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

1 apreldan Toshkent jamoat transportida moslashuvchan tariflar joriy etiladi
18 fevral 2023, 15:26

1 apreldan Toshkent jamoat transportida moslashuvchan tariflar joriy etiladi

Toshkent shahrida 1 apreldan jamoat transportida yo‘l haqi to‘lashning moslashuvchan tizimi (1 soat ichida bir yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan boshqasiga o‘tish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli va bepul tariflar) joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Elektron to‘lovlar uchun chegirmalar qo‘llanadi.

Navruz Group uy-joylarni sotib olish bo‘yicha keng ko‘lamli moliyaviy xizmatlarni taklif qiladi
18 fevral 2023, 15:00

Navruz Group uy-joylarni sotib olish bo‘yicha keng ko‘lamli moliyaviy xizmatlarni taklif qiladi

Hozirda Navruz turar-joy majmuasida joylashgan xonadonlarni qulay shartlarda xarid qilish mumkin.

Po‘lat Bobojonov Voleybol federatsiyasi raisi etib saylandi
18 fevral 2023, 11:57

Po‘lat Bobojonov Voleybol federatsiyasi raisi etib saylandi

Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi.

Jizzaxda begona ayol bilan qo‘lga tushgan profilaktika inspektori ishdan olindi
18 fevral 2023, 11:48

Jizzaxda begona ayol bilan qo‘lga tushgan profilaktika inspektori ishdan olindi

G‘allaorol tumani IIB profilaktika katta inspektori begona ayol bilan qo‘lga tushishi ortidan ishdan olindi. Shuningdek, tuman IIBning 4 nafar rahbari inspektor faoliyati ustidan yetarlicha nazorat o‘rnatmagani uchun jazolandi.

Nima o‘qiymiz? Ta’lim bo‘yicha ekspert Komil Jalilov tavsiya qiladi
18 fevral 2023, 11:29

Nima o‘qiymiz? Ta’lim bo‘yicha ekspert Komil Jalilov tavsiya qiladi

“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.

Toshkentda yugurish musobaqasi sababli bir nechta markaziy ko‘chalar yopiladi
18 fevral 2023, 11:06

Toshkentda yugurish musobaqasi sababli bir nechta markaziy ko‘chalar yopiladi

Poytaxtning qator markaziy ko‘chalari 19 fevral kuni «Men g‘olib» ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan yopiladi.

2023 yilda Buxoroda elektr taqchilligi hajmi 150 mln kVt soat bo‘lishi kutilmoqda
18 fevral 2023, 10:41

2023 yilda Buxoroda elektr taqchilligi hajmi 150 mln kVt soat bo‘lishi kutilmoqda

Buxoroda 2023-yilda yillik elektr iste’moli 4,3 mlrd kVt soatni tashkil etib, taqchillik 150 mln kVt soat bo‘lishi kutilmoqda. Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda bularni qoplash uchun 740 ta korxonada 22 MVtli, ijtimoiy obyekt va ko‘p qavatli uylar ustida 11 MVtli quyosh panellari o‘rnatish mumkinligi aytildi.

Nima tayyorlaymiz: Bananli pishiriqlar
18 fevral 2023, 10:01

Nima tayyorlaymiz: Bananli pishiriqlar

Bananli krambl, shokolad va bananli maffinlar, banan solib pishirilgan qatlama va kekslar, pechene va quymoqlar, fransuzcha grenka va boshqalar — Zira.uz shirin va noodatiy bananli pishiriqlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Toshkentga 200 ta 18 metrli “garmoshkali avtobus” olib kelinadi
18 fevral 2023, 09:53

Toshkentga 200 ta 18 metrli “garmoshkali avtobus” olib kelinadi

Toshkent shahri jamoat transporti uchun 200 ta 18 metrli va 500 ta 12 metrli tabiiy gazda ishlaydigan avtobus olib kelinadi. 18 metrli transportning qayrilish darajasi yo‘l parametrlariga to‘g‘ri kelishi uchun uning o‘rtasi “garmoshkali” tarzda bo‘ladi.

Jahon yangiliklari dayjesti
17 fevral 2023, 22:20

Jahon yangiliklari dayjesti

Istanbulda bo‘lishi kutilayotgan zilzilada Qahramanmarashdagidan ko‘proq qurbon berilishi mumkinligi, Yevropa Rossiya kompaniya va fuqarolarining 21,5 mlrd yevrolik aktivlarini muzlatgani, AQShda yoshlar o‘rtasidagi mushtlashuvning otishmaga aylanib ketgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

17 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
17 fevral 2023, 22:00

17 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

$4 ming olganlikda gumonlanayotgan Yashnobod tumani sudi sudyasi, quyosh panellarini o‘rnatgan aholi uchun rag‘batlar, yangi ko‘p qavatli uy tomlarining yarmiga quyosh panellarini o‘rnatish talabi, 2022 yilda daraxtlarni noqonuniy kesishdan ko‘rilgan 10 mlrd so‘m zarar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting