Ekologiya vazirligi “Surxon” qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqonga tushgan morxo‘rlar, jayra va tog‘ suvsari tasvirlarini e’lon qildi. Ushbu hayvonlar Qizil kitobga kiritilgan.
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi yakunlari bo‘yicha e’lon qilgan bayonotida mamlakatni demokratik islohotlarni amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlashda davom etishini hamda YeXHT DIIHB kuzatuvchilar missiyasi xulosalarini “e’tiborga olishi”ni ta’kidladi.
Toshkent viloyatidagi Chotqol davlat biosfera rezervati hududida Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa va Ekologiya vazirliklari tomonidan yong‘in o‘chirilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in maydoni 10 gektardan 20 gektargacha o‘rmonni tashkil etadi.
O‘zbekiston Investitsiya vazirligida har bir yangi investorga hamrohlik qilish uchun “investitsiya menejeri” lavozimi joriy etiladi. Ular bevosita vazirga bo‘ysunadi va xorijiy investorlar bilan doimiy aloqada bo‘lib, yuzaga kelgan masalalarni hal qilib boradi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti etib qayta saylanganidan keyingi ilk nutqida xalqning yuksak ishonchini oqlash uchun bor bilim, tajriba va kuchini sarflashini, kerak bo‘lsa, buning uchun jonini ham berishga tayyorligini ta’kidladi.
Prezident videoselektor yig‘ilishida sustkashlikka yo‘l qo‘yganliklari uchun suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, transport vaziri o‘rinbosari, “Suvta’minot” rahbari Sohib Saifnazarov, “Temir yo‘l” rahbari Husnutdin Xosilov va “Avtoyo‘l” rahbari Abdurahmon Abduvaliyevni lavozimidan ozod etdi.
Shavkat Mirziyoyev 10 ta tuman va 2 ta shahar hokimini investitsiya ko‘rsatkichi qoniqarsizligi uchun ishdan bo‘shatish bo‘yicha topshiriq berdi. Bosh prokuratura va Hisob palatasiga ularning faoliyatini o‘rganib, qonun ustuvorligini ta’minlash vazifasi yuklatildi.
O‘zbekiston prezidentining muddatidan oldin o‘tkazilgan saylovida ovoz berishning yakuniy natijalariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 87,05% ovoz bilan g‘alaba qozondi. Robaxon Mahmudova 4,43%, Ulug‘bek Inoyatov 4,02%, Abdushukur Hamzayev 3,74% ovoz to‘pladi. Buni Markaziy saylov komissiyasi tasdiqladi.
“Gazeta.uz” Toshkent shahridagi 47 ta (ular jami 822 ta) saylov uchastkasi ma’lumotlarini tahlil qildi. G‘olib Shavkat Mirziyoyev ularda 48,7 foizdan 96,5 foizgacha ovoz to‘pladi. Ayrim uchastkalarda haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar ulushi qolgan uchta nomzodning umumiy foizlaridan ham yuqori bo‘lgan.
Raqobat qo‘mitasi raisi Shohruh Shorahmedov Uzum va Click kompaniyalari qo‘mita ruxsatisiz birlashsa, jazoga tortilishini ma’lum qildi. Avvalroq kompaniyalar o‘zaro birlashgani to‘g‘risida qo‘shma bayonot bergan, keyinroq esa qo‘mita hali birlashuv bo‘yicha rasmiy bitim tuzilmaganini bildirgandi.
Surxondaryodagi banklardan birida amaliyot o‘tayotgan ikki nafar talaba o‘zganing kartasidan 75,7 million so‘m o‘zlashtirib, so‘ng shahardagi bir nechta bankomatlarda yuzlarini yashirgan holda pul yechib olgan. Ularning ikkisi ham ozodlikdan mahrum etildi.
Samarqand shahrida itlar yo‘lda ketayotgan bolakayga tashlandi. Voqeaga guvoh bo‘lgan taksi haydovchisi itlarni haydab, bolakayga yordam berdi. Holat yuzasidan o‘rganish ishlari boshlangan, itlarning egasi aniqlangan taqdirda unga nisbatan chora ko‘rilishi ma’lum qilindi.
Prezident qarori va farmoni bilan poytaxtdagi Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti Andijonga ko‘chirilmoqda. Institutga yaqin joyda yashovchi aholi esa 18 mingga yaqin daraxtlar taqdiridan xavotirda. Ular “Gazeta.uz” bilan suhbatda hukumatga murojaat qilib, hududni milliy bog‘ga aylantirib berishni so‘radi.
Navoiy viloyati Navbahor tumanida urg‘ochi jayron va uning bolasini otib o‘ldirgan brakonerlar qo‘lga olindi. Jonivor Qizil kitobga kiritilgan bo‘lib, yetkazilgan zarar 33 mln so‘mga baholanmoqda.
Qozog‘iston bilan chegaradagi “G‘ishtko‘prik” bojxona posti oldida 58 yoshli erkak yo‘lda ketayotgan notanish shaxsga pichoq bilan jarohat yetkazdi. PPX xodimlariga ham qarshilik qilgan shaxs rezina tayoq yordamida zararsizlantirildi. Jarohatlangan erkak kasalxonaga yotqizilgan.
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashga rozi bo‘ldi. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Turkiya rahbari, Shvetsiya bosh vaziri va Yevropa kengashi rahbari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng buni tasdiqladi.
BAAda o‘tgan Xalqaro biologiya olimpiadasida O‘zbekistondan 2 nafar maktab va 1 nafar litsey o‘quvchisi bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Ularga 66 mln so‘mdan pul mukofoti beriladi.
Toshkent viloyati Chirchiq shahrida 27 yoshli yigit ko‘p qavatli uyning balkon qismidan tushib, vafot etdi. Mart oyidan beri unda ruhiy buzilish kuzatilgani aytilmoqda. Prokuratura tergovga qadar tekshiruv harakatlarini boshladi.
Ruminiyada badiiy gimnastika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida Anastasiya Saranseva va Mishel Nesterova bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Bu natija orqali tarixda ilk bor o‘zbekistonlik gimnastikachilar JCHda medalli bo‘ldi.
Tijorat banklari 11-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 500−11 555 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 610−11 615 so‘m.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting