Arxiv

Savitskiy muzeyining durdonalari Florensiyadagi mashhur Uffitsi galereyasida namoyish etiladi
12 yanvar 2023, 15:36

Savitskiy muzeyining durdonalari Florensiyadagi mashhur Uffitsi galereyasida namoyish etiladi

Uyg‘onish davri jahon san’ati durdonalari jamlangan Florensiyadagi mashhur Uffitsi galereyasida 2024 yilda Nukusdagi Savitskiy muzeyi kolleksiyasidagi asarlar ko‘rgazmasi namoyish etiladi. Bu borada galereya va O‘zbekiston madaniyat va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi o‘rtasidagi memorandum imzolandi.

Sovuq havo Toshkentdagi avtobuslar harakatiga ham ta’sir qildi
12 yanvar 2023, 13:36

Sovuq havo Toshkentdagi avtobuslar harakatiga ham ta’sir qildi

Havo harorati ertalab -24 darajagacha pasaygani sababli Toshkent shahrida MAN rusumli gazda harakatlanuvchi 40 ta avtobus yo‘nalishlarga chiqa olmadi. Ular kamroq sig‘imli harakatlanuvchi tarkiblar bilan almashtirildi. «Toshshahartransxizmat» rahbari «Gazeta.uz» ga bunga nima sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

Qarshidagi qozonxonada gaz portladi
12 yanvar 2023, 13:17

Qarshidagi qozonxonada gaz portladi

Qarshining qozonxonalaridan birida gaz portladi. Portlash oqibatida qozonxonaning yengil konstruksiya usulida qoplangan tom qismi qulab tushdi.

Foto: Toshkentning Eski shahari aholisi qahratonni qanday o‘tkazmoqda?
12 yanvar 2023, 13:00

Foto: Toshkentning Eski shahari aholisi qahratonni qanday o‘tkazmoqda?

Eski shaharning “Xast Imom” mahallasi poytaxtdagi eng ko‘hna uylar joylashgan hududlardan. Bu yerda somon-suvoq uylarni, ba’zi xonadonlarda cho‘yan pechlarni uchratish mumkin. Sovuqlar boshlangach, “Xast Imom"da gaz bosimi pasaydi. Aholi qahratonni qanday o‘tkazyapti — Madina A’zamning fotoreportaji shu haqda.

Toshkentda tez yordam haydovchisi yolg‘on ma’lumot tarqatgani uchun ogohlantirildi
12 yanvar 2023, 12:47

Toshkentda tez yordam haydovchisi yolg‘on ma’lumot tarqatgani uchun ogohlantirildi

Sud tez yordam haydovchisini yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda aybdor deb topdi, biroq u javobgarlikka tortilmadi va ogohlantirish berildi. Avvalroq haydovchilar ularga kelgan jarimalar oyliklaridan ushlab qolinayotganini aytib, videomurojaat yo‘llagandi. IIV esa jarimalar bekor qilinishini bildirgan.

Sergelida Cobalt kanalga tushib ketdi
12 yanvar 2023, 12:36

Sergelida Cobalt kanalga tushib ketdi

Sergeli tumanidan o‘tgan «Qipchoq» kanaliga Cobalt tushib ketdi. Mashina FVV qutqaruvchilari tomonidan olib chiqildi.

PMTI Rossiya-Ukraina mojarosining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sirini o‘rgandi
12 yanvar 2023, 12:10

PMTI Rossiya-Ukraina mojarosining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sirini o‘rgandi

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari tomonidan Rossiya-Ukraina mojarosining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri o‘rganildi.

Metan «zapravka»lar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
12 yanvar 2023, 12:10

Metan «zapravka»lar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Energetika vazirligi anomal sovuq davom etayotgani sababli ayrim yirik ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalariga tabiiy gaz yetkazib berish hajmi keskin kamaytirilib, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati qisqa muddatga vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Foto: Toshkentda yog‘gan qordan zavqlangan bolalar
12 yanvar 2023, 11:43

Foto: Toshkentda yog‘gan qordan zavqlangan bolalar

Qor — mintaqaga muammolar keltirganiga qaramay, bolalar xotirasida quvonchli onlar sifatida qoldi. Tashqari sovuq, lekin ular hovlilarda qordan odam yasab, qorbo‘ronlar o‘ynashdi. Ko‘pdan beri ishlatilmagan chanalarda uchishdi. «Gazeta.uz» sovuqdan qizargan yonoqlar va quvonchli tabassumlarni kameraga muhrladi.

Farg‘onada 10 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan shaxs aniqlandi
12 yanvar 2023, 11:42

Farg‘onada 10 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan shaxs aniqlandi

Yozyovon tumanida 10 nafar bolaga hujrada noqonuniy diniy ta’lim bergan shaxs aniqlandi. 8 dona diniy mazmundagi adabiyotlar tekshirib ko‘rish uchun hujjatlashtirib olindi.

Qozog‘istonda evakuatsiya qilingan 69 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘yicha ma’lumot berildi
12 yanvar 2023, 11:17

Qozog‘istonda evakuatsiya qilingan 69 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘yicha ma’lumot berildi

Aktobe viloyatida noqulay ob-havo sharoiti tufayli yo‘lda qolib ketgan avtobuslardan 69 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilingandi. Transport vazirligi hozirda barcha yo‘lovchilar sog‘-salomat holda yo‘nalishda o‘z safarini davom ettirayotganini ma’lum qildi.

Qashqadaryoda xorijiy kompaniya 560 tup daraxtni qo‘porib tashladi
12 yanvar 2023, 10:28

Qashqadaryoda xorijiy kompaniya 560 tup daraxtni qo‘porib tashladi

Kasbi tumanida “Indorama agro” xorijiy kompaniyasi 560 tup har xil turdagi va diametrdagi daraxtni qo‘porib tashlagani ma’lum bo‘ldi. Oqibatda o‘simlik dunyosiga 2,8 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.

Qashqadaryoda maktab direktoridan $400 so‘ragan soxta prokuratura xodimi ushlandi
12 yanvar 2023, 10:01

Qashqadaryoda maktab direktoridan $400 so‘ragan soxta prokuratura xodimi ushlandi

Chiroqchi tumanida maktab direktoridan tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga 400 dollar talab qilgan soxta prokuratura xodimi ushlandi. Tergovga qadar tekshiruv davomida u aslida hech qayerda ishlamaydigan va sudlangan shaxs ekani ma’lum bo‘ldi.

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kursi yana oshdi
12 yanvar 2023, 09:41

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kursi yana oshdi

Tijorat banklari 12 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 260 — 11 330 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 360 so‘m.

Buxoroda darslar 16-yanvardan boshlanadigan bo‘ldi
12 yanvar 2023, 08:41

Buxoroda darslar 16-yanvardan boshlanadigan bo‘ldi

Buxoro viloyati hokimligi ota-onalar murojaatiga ko‘ra maktab, oliy o‘quv yurtlari va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining ochilishini 16-yanvarga ko‘chirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Avvalroq darslar 11-yanvardan boshlab yuborilgandi.

Prokuror Tajimuratovga 18 yil, Kallixanovaga esa — 11 yil berishni so‘radi
11 yanvar 2023, 23:21

Prokuror Tajimuratovga 18 yil, Kallixanovaga esa — 11 yil berishni so‘radi

Davlat ayblovchisi Nukus voqealari bo‘yicha asosiy ayblanuvchilar bo‘lgan Dauletmurat Tajimuratovga 18 yil, Lolagul Kallixanovaga esa 11 yil qamoq jazosini berishni so‘radi. Ish bo‘yicha boshqa sudlanuvchilarga kamroq muddat, faqat ikki gumondorga — uy qamog‘i jazosi so‘raldi.

NOTAM tizimidagi nosozlik tufayli AQShda minglab reyslar kechiktirildi
11 yanvar 2023, 22:29

NOTAM tizimidagi nosozlik tufayli AQShda minglab reyslar kechiktirildi

AQShda uchuvchilarga ma’lumot tarqatuvchi NOTAM tizimidagi nosozlik tufayli barcha ichki reyslarga taqiq joriy etildi. 6000 dan ortiq reyslar kechiktirildi, 1000 ga yaqin reyslar bekor qilindi. Hozirda taqiq olib tashlangan.

11 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
11 yanvar 2023, 22:24

11 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Qayerda qachon o‘qish boshlanishi ro‘yxati, maktablar ochilishiga munosabatlar va bo‘sh sinfxonalar, ko‘chalarda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirgan FVV, bekor qilingan aviareyslar, noqonuniy faoliyat yuritayotgan 2 ta «zapravka», Jizzaxda elektromobil ishlab chiqarilishi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyotining 2023 yilda o‘sish prognozini o‘zgarishsiz qoldirdi
11 yanvar 2023, 22:16

Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyotining 2023 yilda o‘sish prognozini o‘zgarishsiz qoldirdi

2022 yilda O‘zbekiston YAIM o‘sishi, Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 5,7 foizni tashkil etdi. JBning 2023 yil uchun mamlakat prognozi o‘zgarishsiz qoldi — 4,9 foiz. Markaziy Osiyo uchun savdo yo‘llarining o‘zgarishi Ukrainadagi urushning salbiy oqibatlarini qisman yumshatishi mumkin, deb hisoblaydi bank.

Anomal sovuq tufayli siquv kompressor stansiyalarida avariyali to‘xtalishlar kuzatilmoqda — «O‘zbekneftgaz»
11 yanvar 2023, 21:01

Anomal sovuq tufayli siquv kompressor stansiyalarida avariyali to‘xtalishlar kuzatilmoqda — «O‘zbekneftgaz»

Anomal sovuq tufayli zavod va boshqarmalarning siquv kompressor stansiyalaridagi gaz haydash agregatlarida avariyali holatda to‘xtashlar kuzatildi, deya xabar qildi «O‘zbekneftgaz». Mutaxassislar gaz qazib olishning qisqarishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting