Shavkat Mirziyoyev Chilonzor sanoat zonasiga tashrif buyurar ekan, hududni “industriya xabi”ga aylantirish vazifasini qo‘ydi. Yangi avtobuslardan biriga chiqdi, shuningdek, “3-Katta Chilonzor” mahallasida bo‘lib, rekonstruksiya qilingan G‘afur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘ida sayr qildi.
Futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi JCHning 3-o‘yinida birinchi bo‘limda 2 ta gol urgan O‘zbekiston jamoasi guruhda 4 ochko to‘plab, pley-offga yo‘l oldi. Mezbon Argentina Yangi Zelandiyani ham yutib, peshqadam bo‘ldi. 1/8 finalda O‘zbekiston 30-may kuni Yaponiya yoki Isroil bilan bellashishi kutilmoqda.
O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan Singapur prezidenti Halima Yaqub Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi muntazam reysi bilan ortga qaytdi. U tashrifni samarali deb atadi.
Fuqaroni hokim qilib qo‘yish uchun $80 ming so‘ragan soxta Prezident administratsiyasi xodimi, Yangihayotda 12 yoshli qizni o‘ldirgan shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilingani, Nukus ishi bo‘yicha sud tafsilotlari, massshtabi kengaygan Xalq nazorati platformasi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Ekologik toza texnologiyalarga kiritiladigan investitsiyalar 2023-yilda 1,7 trln dollargacha oshadi va birinchi marta an’anaviy energiyaga yo‘naltiriladigan investitsiyalarni ortda qoldiradi. Jumladan, quyosh generatsiyasiga 380 mlrd dollar yo‘naltirilishi kutilmoqda.
Frankfurt-Mayn (Germaniya) sudi Alisher Usmonovga tegishli obyektlarda o‘tkazilgan tintuvlarni noqonuniy deb topdi.
Rossiya qamoqxonasidan Ukrainadagi urushga “safarbar qilingan” 23 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Onasining aytishicha, u qo‘liga hech qachon qurol olmagan. “„Men xizmat qilmayman, odam o‘ldirmayman, onajonim, men bormayman, desam ham majburlashdi“, — dedi”, — deya o‘g‘li bilan so‘nggi suhbatni yodga oldi u.
Zomin qo‘riqxonasi xodimlari yovvoyi hayvonlarni bahorgi sanoqdan o‘tkazish jarayonida yangi tug‘ilgan uchta bo‘ri bolasini topishdi. Avvalroq Tabiat resurslari vazirligi Zarafshon qo‘riqxonasida ikkita bug‘u bolasi dunyoga kelganini xabar qilgan edi.
Ukrainaning Dnepr shahridagi tibbiyot muassasasiga Rossiya raketasi kelib tushishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 21 kishi yaralandi.
Toshkentda yanvar oyida 12 yoshli qizni zo‘rlab, o‘ldirgan shaxs maxsus tartibdagi koloniyada umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Shuningdek, unga alkogolizm hamda murakkab politoksikomaniyaga qarshi majburiy davolanish tayinlandi.
Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha apellyatsiyada ayblanuvchilar, asosiy sudlanuvchi Dauletmurat Tajimuratov ko‘rsatma berdi, ekspertlar so‘roqlari davom etdi. Sud, shuningdek, Tajimuratovning qiynoqlar haqidagi iddaolarini tekshirish natijalarini ham e’lon qildi.
Bloger Doniyor Qayumov Instagram sahifasiga ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi videotasvirni joylashtirgan deb topilib, sud unga 6 mln so‘m jarima belgiladi.
Buxoro viloyatidagi “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasida olefin ishlab chiqarish gaz-kimyo majmuasi tarkibida metanol ishlab chiqaruvchi zavod bunyod etiladi.
Armaniston va Ozarbayjon Moskvadagi uchrashuvda bir-birining hududiy yaxlitligini tan olishga kelishib oldi. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatlar munosabatlarni tartibga solish yo‘lida “ildam qadamlar tashlayotganini” bildirdi.
O‘zbekistonning yettita shahrida Xalq nazorati platformasi ishga tushiriladi, xalqaro IT sertifikatlarini olish xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi hamda 47 turdagi ma’lumotning talab etilishi bekor qilindi.
Yangi HONOR X9a o‘zining ko‘rkam dizayni, yetarlicha kuchli “temiri”, tez quvvatlanishi, uchta kamerasi va yuqori darajada ishlaydigan yorqin ekrani bilan ajralib turadi.
O‘zbekistonda fuqarolar 1-sentabrdan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalari buzilgan holatlarni foto va videotasvirga olib, Energetika vazirligining maxsus axborot tizimiga yuborishi mumkin. Agar qoidabuzarlik tasdiqlansa, bu haqda xabar berganlarga pul mukofoti beriladi.
Toshkentdagi universitetning 20 yoshli talabasiga voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqada bo‘lgani uchun 3 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Unga ko‘ngilochar joylarga bormaslik, spirtli ichimliklar ichmaslik, internetdan foydalanmaslik va boshqa taqiqlar yuklandi.
Singapurning STIE kompaniyasi Toshkent metrosida yangi liniya va stansiyalar qurish, infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha maslahatlar beradi. O‘zbekistonda Wilmar International distribyutorlik xabini ochishi, PSB Academy ta’lim muassasasi qurishi, Enercon Asia esa quyosh panellarini o‘rnatishi mumkin.
Toshkentda o‘zini Prezident administratsiyasi xodimi deb tanishtirgan shaxs va uning sherigi 25 ming dollar pora olishda gumonlanib ushlandi. Ular Farg‘onadagi tumanga hokim qilib qo‘yishi evaziga fuqarodan jami 80 ming dollar talab qilgani aytilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting