MHTI ekspertlari O‘zbekistonda suv tanqisligini qurg‘oqchil hududlarning qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rgandi. 2030-yilga borib mamlakatda 7 mlrd kub metr suv tanqisligi kuzatilishi mumkin. Natijada O‘zbekiston suv tanqis bo‘lgan 33 ta davlat qatoriga tushib qolish ehtimoli bor.
Diyora Keldiyorova Doha shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritib, mamlakat tarixida sovrindor bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik ayol dzyudochiga aylandi. Terma jamoa jahon chempionatini umumiy hisobda ikkita kumush va ikkita bronza medali bilan yakunladi.
UniSat 2.0 ta’lim dasturi ishtirokchilari Navoiy viloyatida biomateriallar, allergen zarrachalar va havo sifatini o‘rganish bo‘yicha tajribalar o‘tkazgan holda stratosferaga ikkita nanosun’iy yo‘ldoshni uchirishdi. Dastur doirasida birinchi nanosun’iy yo‘ldosh o‘tgan yili uchirilgandi.
O‘zbekistonning aksariyat hududlarida hafta o‘rtasida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi +10 darajagacha, kunduzi +17 darajagacha pasayadi. Toshkentda chorshanba va payshanba kunlari momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘adi.
Shavkat Mirziyoyev Turkiya rahbari Rejep Tayyip Erdog‘anni prezidentlik va parlament saylovlari muvaffaqiyatli o‘tgani bilan telefon orqali tabrikladi. 99,31 foiz ovozni sanab chiqish yakuniga ko‘ra, nomzodlarning hech biri kerakli 50 foizni to‘play olmadi, ovoz berishning ikkinchi turi o‘tkazilishi kutilmoqda.
O‘zbekistondagi ishlab chiqarish korxonalarida ish kuni boshlanishi va tugashi paytida milliy kuy va qo‘shiqlar, shu jumladan, maqomning eshitilib turishini yo‘lga qo‘yish taklif qilinmoqda. Hujjat loyihasida bu tashabbus prezidentning Namanganga tashrifida berilgan topshiriqlar asosida ishlab chiqilgani qayd etilgan.
O‘zbekistonda 2023/2024 o‘quv yili uchun test sinovlari o‘tkaziladigan 92 ta yopiq inshoot tanlab olindi. Pandemiya tufayli jarayon 3 yildan buyon ochiq havoda tashkil etilayotgandi. May oyi boshida JSST koronavirus global favqulodda holat maqomini yo‘qotganini ma’lum qilgan.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 75 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi fondiga ixtiyoriy badal sifatida 100 ming dollar o‘tkazadi.
Turkiyada o‘tgan prezidentlik saylovining ilk natijalari Erdog‘anning 50 foizdan kamroq ovoz olganini ko‘rsatmoqda. Hozircha muxolifatchi raqibidan salkam 5 foiz ko‘proq ovoz to‘plagan Erdog‘an 28-may kuni ikkinchi turda Qilichdaro‘g‘li bilan yana kurashga kirishishi mumkin.
Tijorat banklari 15-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 375 — 11 420 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 440 — 11 490 so‘m.
Muaytay bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
I chorakda O‘zbekiston aholisining ipoteka kreditlariga bo‘lgan talabi yuqoriligicha qoldi, deyiladi Markaziy bank hisobotida. Bu davrda jami 3 trln 260 mlrd so‘mlik kreditlar berilgan. Yangi binolarda uy-joy sotib olish uchun ajratilgan mablag‘lar hajmi esa kamaygan, ikkilamchi bozorda uch baravarga ko‘paygan.
Toshkentda o‘tkazilgan boks bo‘yicha jahon chempionatining oxirgi kunida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa o‘zbekistonlik bokschilar musobaqani 9 ta medal bilan yakunladi.
Toshkentda O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston temir yo‘l liniyasini qurish loyihasini muvofiqlashtirish ofisi ochildi. 20 mln tonnagacha yuk tashish imkonini beruvchi yo‘l Yevropa Ittifoqi, Rossiya, O‘zbekiston, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston va undan keyingi Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarini bog‘lashi kerak.
Prezident Milliy gvardiya xodimlarining vakolatlarini kengaytirish, jumladan, ularga jamoat joyida spirtli ichimlik ichganlik, voyaga yetmaganlarni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilganlik uchun jarima solish imkonini beruvchi qonunni imzoladi.
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov afsonaviy bokschi, “Toshkent yo‘lbarsi” Rufat Risqiyevga chempionlik kamari, “G‘alabaga bo‘lgan iroda” mukofoti hamda 10 ming dollar mablag‘ topshirdi. Shuningdek, unga ming dollar miqdorida oylik moddiy yordam ham tayinlandi.
O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva 81 yoshida vafot etdi. Shoira uzoq yillar “Saodat” jurnalida bo‘lim mudiri va bosh muharrir lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2005-yilning 13-mayga o‘tar kechasi O‘zbekiston tarixiga “Andijon voqealari” nomi bilan kirgan eng qonli hodisalardan biri boshlangan edi. “Gazeta.uz” ushbu hodisa oqibatlari aks etgan 13 manzarani tanlab olib, ularni 2023-yil may oyida yana o‘sha nuqtalarda olingan suratlar bilan taqqosladi.
Tarmoqlarda erkak o‘z farzandlarini qiynoqqa solayotgani aks etgan video tarqaldi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, yangiyo‘llik 30 yashar erkak oilaviy kelishmovchilik sababli turmush o‘rtog‘idan o‘ch olish maqsadida 2 yoshli farzandini qiynoqqa solib, jarayonni videoga olgan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
9-iyulda o‘tkaziladigan muddatidan avvalgi prezidentlik saylovi uchun siyosiy partiyalar o‘z nomzodlarini ilgari surdi. “Milliy tiklanish” O‘zLiDeP izidan borib, amaldagi davlat rahbari nomzodini qo‘llab-quvvatladi. “Gazeta.uz” ularning hayoti va faoliyatiga oid ma’lumotlarni bir materialga jamladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting