Arxiv

Chirchiq daryosi o‘zanida chiqindixona tashkil qilgan erkak qariyb 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi
16 iyul 2024, 21:58

Chirchiq daryosi o‘zanida chiqindixona tashkil qilgan erkak qariyb 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Toshkent viloyatida uzoq vaqt davomida pul evaziga Chirchiq daryosi o‘zaniga chiqindi tashlab yurgan shaxs u yerda chiqindi to‘g‘oni hosil qilgani aniqlandi. U 3 yil 9 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi va 3 mlrd so‘m zararni qoplashi belgilandi.

Qurilish materiallarida taklifning oshishi yangi binolar narxini pasaytiradi — MB
16 iyul 2024, 21:35

Qurilish materiallarida taklifning oshishi yangi binolar narxini pasaytiradi — MB

Ichki bozorda qurilish materiallarining taklifi oshib bormoqda, bu narxlar barqarorlashuviga va yangi uy-joylar narxi pasayishiga ta’sir ko‘rsatmoqda, deb ta’kidladi Markaziy bank. Regulyator import qurilish materiallarida narx xavfini ko‘rmayapti.

MB Qulay Pul to‘lov tizimi operatorining litsenziyasini qaytarib oldi
16 iyul 2024, 20:43

MB Qulay Pul to‘lov tizimi operatorining litsenziyasini qaytarib oldi

Markaziy bank Qulay Pul to‘lov tizimi operatori va o‘z to‘lov tizimini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan UzPost shu’ba korxonasining litsenziyalarini chaqirib oldi.

Ko‘chmas mulk bozoridagi faollikning pasayishi “vaziyatning barqarorlashuvi” bilan bog‘liq — MB
16 iyul 2024, 20:26

Ko‘chmas mulk bozoridagi faollikning pasayishi “vaziyatning barqarorlashuvi” bilan bog‘liq — MB

MB aprel-iyun oylarida uy-joy sotuvi bo‘yicha shartnomalar sonining qisqarishini “bozordagi vaziyatning barqarorlashuvi” bilan bog‘ladi. Regulyatorning fikricha, uy-joy savdosi va ijarasi narxlarining o‘sish sur’ati o‘rtasidagi tafovutning oshishi sotib olish va sotish narxlarining pasayishiga olib kelishi mumkin.

BMTTD va Uzum hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
16 iyul 2024, 19:00

BMTTD va Uzum hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Uzum ekotizimi va BMT Taraqqiyot dasturi o‘zbekistonliklarga raqamli savodxonlik va tadbirkorlik asoslarini o‘rgatish niyatida hamkorlik memorandumini imzoladi.

DXX fuqarolarni pora evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishga uringanlarni qo‘lga oldi
16 iyul 2024, 18:09

DXX fuqarolarni pora evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishga uringanlarni qo‘lga oldi

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahri, Qashqadaryo, Xorazm va Toshkent viloyatlarida fuqarolarni pora evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishga uringan shaxslarni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Rossiya safida Ukrainaga qarshi jang qilishni rejalashtirgan O‘zbekiston fuqarosining ozodligi 3 yilga cheklandi
16 iyul 2024, 18:03

Rossiya safida Ukrainaga qarshi jang qilishni rejalashtirgan O‘zbekiston fuqarosining ozodligi 3 yilga cheklandi

O‘zbekiston fuqarosi fevralda Rossiya armiyasida xizmat qilish uchun shartnoma imzolagan, biroq jangovar tayyorgarlikni tamomlab, harbiy lagerdan qochib, uyiga qaytgan. Sud jazoni yengillashtiruvchi holatlarni inobatga olib, unga “Yollanish” moddasi bo‘yicha uch yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.

Korzinka “eng arzon narx” haqidagi reklamani qoidabuzarlik deb hisoblamasligini bildirdi
16 iyul 2024, 17:45

Korzinka “eng arzon narx” haqidagi reklamani qoidabuzarlik deb hisoblamasligini bildirdi

Korzinka supermarketlar tarmog‘i “eng arzon narx” iborasidan foydalanishni qoidabuzarlik deb hisoblamasligini ta’kidladi. Kompaniyaga ko‘ra, dastur “vaqtinchalik reklama emas, balki yangi narx strategiyasi” bo‘lib, unda eng past narxlar “uzoq muddatli va har kuni” taklif etiladi.

Farg‘onada prezident bilan uchrashgan qiz universitetga grantga qabul qilindi
16 iyul 2024, 16:06

Farg‘onada prezident bilan uchrashgan qiz universitetga grantga qabul qilindi

Prezident Farg‘onaga tashrifi chog‘ida mahalliy aholi bilan uchrashdi va o‘sha chog‘da unga bir qiz O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘qish istagi borligi haqida gapirdi. Ertasi kuni u universitetga grant asosida o‘qishga kirgani to‘g‘risida sertifikatni qabul qildi.

UzAuto Motors 17-iyul kuni yana Cobalt uchun kontraktatsiya ochadi
16 iyul 2024, 15:22 1

UzAuto Motors 17-iyul kuni yana Cobalt uchun kontraktatsiya ochadi

17-iyul kuni soat 10:00 da UzAuto Motors avvalgi kontraktatsiyadan chiqarilgan Cobalt avtomobillari uchun onlayn shartnoma tuzishni qayta ochadi.

Toshkent viloyatidagi Katta Chimyon tog‘ida adashib qolgan 2 fuqaro qutqarildi
16 iyul 2024, 15:01

Toshkent viloyatidagi Katta Chimyon tog‘ida adashib qolgan 2 fuqaro qutqarildi

“Chimyon” yong‘in-qutqaruv otryadi Bo‘stonliq tumanidagi tog‘da adashib qolgan 2 nafar fuqaroga yordam ko‘rsatdi. Ular soat tungi soat 02:53 da xavfsiz hududga olib tushilgan.

O‘zbekiston Qirg‘izistonga 200 tonna insonparvarlik yordamini yubordi (foto, video)
16 iyul 2024, 14:11

O‘zbekiston Qirg‘izistonga 200 tonna insonparvarlik yordamini yubordi (foto, video)

Andijon viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya seldan jabr ko‘rgan Qirg‘izistonning O‘sh shahriga 200 tonna insonparvarlik yordamini yetkazib berdi. Yordam tarkibidan xo‘jalik, qurilish mollari, kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar o‘rin olgan.

O‘zbekistonning yettita viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi
16 iyul 2024, 13:16

O‘zbekistonning yettita viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

17−22-iyul kunlari yettita viloyatning tog‘li hududlarida kutilayotgan yomg‘irlar sababli sel-suv toshqinlari yuz berishi mumkin.

Bolaga nisbatan maishiy zo‘ravonlik qilganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda
16 iyul 2024, 12:56

Bolaga nisbatan maishiy zo‘ravonlik qilganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda

Jinoyat kodeksining oiladagi (maishiy) zo‘ravonlik to‘g‘risidagi 126−1-moddasi bolaga nisbatan oiladagi (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik bilan to‘ldirilmoqda.

Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni rasman joriy qildi
16 iyul 2024, 12:55

Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni rasman joriy qildi

Tailand hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun 60 kungacha vizasiz kirish rejimini rasman joriy qildi. Bunday reja may oyi oxirida e’lon qilingandi.

Skuter, moped va velosipedda sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda
16 iyul 2024, 11:48

Skuter, moped va velosipedda sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda

O‘zbekistonda kichik hajmli elektr dvigatelli transport vositalarini va individual harakatlanish vositalarini (skuter, moped, velosiped) boshqarish vaqtida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.

Ipoteka bozori qisqarmoqda, bank ipoteka stavkalari esa ko‘tarilmoqda — Markaziy bank
16 iyul 2024, 11:40

Ipoteka bozori qisqarmoqda, bank ipoteka stavkalari esa ko‘tarilmoqda — Markaziy bank

Birinchi yarim yillikda O‘zbekistonda ipoteka kreditlari hajmi qariyb 2 foizga — 6,88 trln so‘mga, oluvchilar soni esa 17,3 foizga qisqardi. Shu bilan birga, ajratilgan ipoteka kreditlarining o‘rtacha miqdori va bank foiz stavkalari ham oshdi.

Toshkentning Temur Malik ko‘chasida qurilayotgan yangi yo‘l o‘tkazgich qanday bo‘ladi?
16 iyul 2024, 10:58

Toshkentning Temur Malik ko‘chasida qurilayotgan yangi yo‘l o‘tkazgich qanday bo‘ladi?

Poytaxtning Temur Malik ko‘chasi bo‘ylab o‘tadigan yangi yo‘l o‘tkazgichda burilish joylari, ko‘cha chetida velosiped yo‘laklari bo‘ladi. Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bilan kesishgan joyda piyodalar yer osti yo‘lagi quriladi. Masjid oldida esa yana bitta yer osti yo‘lagi qurib bitkazilmoqda.

Bilimni baholash agentligi — huquqshunoslik fanlaridagi savollarga oid e’tirozlar haqida
16 iyul 2024, 10:00

Bilimni baholash agentligi — huquqshunoslik fanlaridagi savollarga oid e’tirozlar haqida

Tarmoqlarda OTM imtihonlarida huquqshunoslik fanlarida darslikda yo‘q, shuningdek, kodeks va qonunlardan tuzilgan savollar borligidan shikoyatlar paydo bo‘ldi. Bilimni baholash agentligi testlar DTS va o‘quv dasturlariga asoslangani, abituriyentning bilim va ko‘nikmasini aniqlashga qaratilganini ta’kidladi.

Toshkentda qishloqliklarni haqoratlagan qiz jarimaga tortildi
16 iyul 2024, 09:33

Toshkentda qishloqliklarni haqoratlagan qiz jarimaga tortildi

Tarmoqlarda qishloqliklarni “jirkanch maxluqot” deya haqorat qilgan qiz ma’muriy jazoga tortildi. Sud unga 6,8 mln so‘m jarima tayinladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting