Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolning mamlakatdan chiqishi taqiqlandi. Bundan tashqari, u davlatga xiyonatda va hokimiyatni suiiste’mol qilishda gumonlanmoqda. Politsiya uni so‘roq qilishi mumkinligini istisno etmadi.
Toshkentning Yunusobod tumanida avtobus, Matiz va Tracker-2 ishtirokida “avariya” sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida ikki kishi jarohat olgan.
AQSh Bashar Asad rejimi qulagach, “terrorchilar yana paydo bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun” IShIDning Suriyadagi 75 dan ortiq nishoniga zarbalar berdi. Bayden hokimiyatni o‘tkazish jarayonida Oq uyning Suriyadagi barcha guruhlar bilan hamkorlik qilishini ta’kidladi.
Hukumat qarori bilan uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llangan va ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxslarni elektron braslet orqali masofadan turib nazorat qilish tartibi tasdiqlandi. Elektron brasletlar 2025-yil 1-yanvardan boshlab bosqichma-bosqich qo‘llanadi.
Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad oilasi bilan Rossiyaga uchib keldi, deb yozmoqda TASS Kremldagi manbasiga tayanib. Ta’kidlanishicha, Rossiya insonparvarlik nuqtai nazaridan ularga boshpana bergan.
Suriyada isyonchilar Damashqni egallab, prezident Bashar Asad rejimini ag‘dardi. Mamlakatdan qochib ketgan prezidentning qayerdaligi noma’lum. Dunyo mamlakatlari yetakchilari uning hokimiyati qulagani haqida nima demoqda? Tafsilotlar.
Prezident TIVga o‘qish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun Buyuk Britaniya, Germaniya va boshqa davlatlar bilan viza tartibini soddalashtirishga erishish bo‘yicha topshiriq berdi. Yoshlar agentligi rahbari Work and Travel dasturi ishtirokchilariga yo‘lkira xarajatlari uchun ssuda ajratilishini ma’lum qildi.
Janubiy Koreya sobiq mudofaa vaziri Kim Yong Xyon tergov doirasida hibsga olindi. Prokuratura qo‘zg‘olon va hokimiyatni suiiste’mol qilish bilan bog‘liq ikkita jinoyat ishini tergov qilmoqda.
Yakshanba tongida poytaxt bu yilgi qish mavsumida ilk bor oq choyshab bilan qoplandi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Murod Yusuf Toshkent ko‘chalaridagi qorni suratlarga muhrladi.
Isyonchilar hujumlari oqibatida Suriyada prezident Bashar Asadning 24 yillik avtoritar boshqaruvi tugadi, u Damashqni noma’lum yo‘nalishda tark etdi, deb yozmoqda OAV o‘z manbalariga tayanib. Mamlakat bosh vaziri hokimiyatni topshirishga tayyor ekanini bildirdi.
O‘zbekiston 8−11-dekabrda joriy qish mavsumida birinchi marta anomal sovuqlik muhitiga yaqin bo‘lgan ob-havo o‘zgarishlari bilan to‘qnashadi. Iqlimshunos Erkin Abdulahatov bunda energetika, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar haqida “Gazeta.uz” uchun material tayyorladi.
Dekabr boshida Koreya Respublikasi prezidenti harbiy holat e’lon qildi, keyin esa jamoatchilik bosimi ostida uni bekor qildi. “Gazeta.uz” ushbu mamlakatda yashovchi o‘zbekistonliklar bilan siyosiy voqealar ularning hayotiga qanday ta’sir qilgani haqida suhbatlashdi.
Janubiy Koreya parlamenti prezidentga impichment e’lon qilish uchun ovoz berishda yetarlicha ovozni to‘play olmadi: hukmron partiyaning 108 deputatidan 105 nafari majlislar zalidan chiqib ketib, ovoz berishdan bosh tortdi. Muxolifat prezidentni javobgarlikka tortishga urinishlarini to‘xtatmasligini bildirdi.
O‘zbekistonda isitish va issiq suv ta’minoti tariflari 2025-yil davomida 15 foizdan ikki marta oshirilishi mumkin. Toshkentda bahorda narxlar oshishi rejalashtirilgan. Shuningdek, to‘lov tizimini qayta ko‘rib chiqish ham muhokama qilinmoqda.
Noyabr oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 1,67 milliard dollarga qisqarib, 43,1 milliard dollarga tushdi. Ko‘rsatkich oltin narxining pasayishi fonida iyun oyidan beri birinchi marta kamaydi. Markaziy bank 9 tonna qimmatbaho metall xarid qildi.
Siberian Wellness kompaniyasi “100 Ga” xalqaro ekologik loyihasi doirasida Orol dengizi tubiga 5000 dan ortiq ko‘chat ekdi.
1-yanvardan Toshkent shahrida avtobus salonlarida yo‘l haqini naqd pulda to‘lash taqiqlanadi. Yo‘l kirani naqd pulda to‘lovchilar bir martalik chiptani Paynet, MultiPay va Oson infokiosklari orqali sotib olishi mumkin bo‘ladi.
Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi og‘ir surunkali kasallikka chalingan shaxslar subsidiya olishda muammolarga duch kelayotganini ma’lum qildi. Bu yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligiga senator so‘rovi yuborildi.
“Mirzo” teatri aktrisasi Halima Ibragimova 45 yoshida vafot etdi. Avvalroq uning sog‘lig‘ida muammolar bo‘layotgandi.
Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlari hamda veterinariya va chorvachilik sohasida pedagog hamda mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlari tashkil etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting