Toshkent viloyatida uzoq vaqt davomida pul evaziga Chirchiq daryosi o‘zaniga chiqindi tashlab yurgan shaxs u yerda chiqindi to‘g‘oni hosil qilgani aniqlandi. U 3 yil 9 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi va 3 mlrd so‘m zararni qoplashi belgilandi.
Ichki bozorda qurilish materiallarining taklifi oshib bormoqda, bu narxlar barqarorlashuviga va yangi uy-joylar narxi pasayishiga ta’sir ko‘rsatmoqda, deb ta’kidladi Markaziy bank. Regulyator import qurilish materiallarida narx xavfini ko‘rmayapti.
Markaziy bank Qulay Pul to‘lov tizimi operatori va o‘z to‘lov tizimini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan UzPost shu’ba korxonasining litsenziyalarini chaqirib oldi.
MB aprel-iyun oylarida uy-joy sotuvi bo‘yicha shartnomalar sonining qisqarishini “bozordagi vaziyatning barqarorlashuvi” bilan bog‘ladi. Regulyatorning fikricha, uy-joy savdosi va ijarasi narxlarining o‘sish sur’ati o‘rtasidagi tafovutning oshishi sotib olish va sotish narxlarining pasayishiga olib kelishi mumkin.
Uzum ekotizimi va BMT Taraqqiyot dasturi o‘zbekistonliklarga raqamli savodxonlik va tadbirkorlik asoslarini o‘rgatish niyatida hamkorlik memorandumini imzoladi.
Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahri, Qashqadaryo, Xorazm va Toshkent viloyatlarida fuqarolarni pora evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishga uringan shaxslarni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
O‘zbekiston fuqarosi fevralda Rossiya armiyasida xizmat qilish uchun shartnoma imzolagan, biroq jangovar tayyorgarlikni tamomlab, harbiy lagerdan qochib, uyiga qaytgan. Sud jazoni yengillashtiruvchi holatlarni inobatga olib, unga “Yollanish” moddasi bo‘yicha uch yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.
Korzinka supermarketlar tarmog‘i “eng arzon narx” iborasidan foydalanishni qoidabuzarlik deb hisoblamasligini ta’kidladi. Kompaniyaga ko‘ra, dastur “vaqtinchalik reklama emas, balki yangi narx strategiyasi” bo‘lib, unda eng past narxlar “uzoq muddatli va har kuni” taklif etiladi.
Prezident Farg‘onaga tashrifi chog‘ida mahalliy aholi bilan uchrashdi va o‘sha chog‘da unga bir qiz O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘qish istagi borligi haqida gapirdi. Ertasi kuni u universitetga grant asosida o‘qishga kirgani to‘g‘risida sertifikatni qabul qildi.
17-iyul kuni soat 10:00 da UzAuto Motors avvalgi kontraktatsiyadan chiqarilgan Cobalt avtomobillari uchun onlayn shartnoma tuzishni qayta ochadi.
“Chimyon” yong‘in-qutqaruv otryadi Bo‘stonliq tumanidagi tog‘da adashib qolgan 2 nafar fuqaroga yordam ko‘rsatdi. Ular soat tungi soat 02:53 da xavfsiz hududga olib tushilgan.
Andijon viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya seldan jabr ko‘rgan Qirg‘izistonning O‘sh shahriga 200 tonna insonparvarlik yordamini yetkazib berdi. Yordam tarkibidan xo‘jalik, qurilish mollari, kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar o‘rin olgan.
17−22-iyul kunlari yettita viloyatning tog‘li hududlarida kutilayotgan yomg‘irlar sababli sel-suv toshqinlari yuz berishi mumkin.
Jinoyat kodeksining oiladagi (maishiy) zo‘ravonlik to‘g‘risidagi 126−1-moddasi bolaga nisbatan oiladagi (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik bilan to‘ldirilmoqda.
Tailand hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun 60 kungacha vizasiz kirish rejimini rasman joriy qildi. Bunday reja may oyi oxirida e’lon qilingandi.
O‘zbekistonda kichik hajmli elektr dvigatelli transport vositalarini va individual harakatlanish vositalarini (skuter, moped, velosiped) boshqarish vaqtida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
Birinchi yarim yillikda O‘zbekistonda ipoteka kreditlari hajmi qariyb 2 foizga — 6,88 trln so‘mga, oluvchilar soni esa 17,3 foizga qisqardi. Shu bilan birga, ajratilgan ipoteka kreditlarining o‘rtacha miqdori va bank foiz stavkalari ham oshdi.
Poytaxtning Temur Malik ko‘chasi bo‘ylab o‘tadigan yangi yo‘l o‘tkazgichda burilish joylari, ko‘cha chetida velosiped yo‘laklari bo‘ladi. Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bilan kesishgan joyda piyodalar yer osti yo‘lagi quriladi. Masjid oldida esa yana bitta yer osti yo‘lagi qurib bitkazilmoqda.
Tarmoqlarda OTM imtihonlarida huquqshunoslik fanlarida darslikda yo‘q, shuningdek, kodeks va qonunlardan tuzilgan savollar borligidan shikoyatlar paydo bo‘ldi. Bilimni baholash agentligi testlar DTS va o‘quv dasturlariga asoslangani, abituriyentning bilim va ko‘nikmasini aniqlashga qaratilganini ta’kidladi.
Tarmoqlarda qishloqliklarni “jirkanch maxluqot” deya haqorat qilgan qiz ma’muriy jazoga tortildi. Sud unga 6,8 mln so‘m jarima tayinladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting