Ridetech International (Yandex Go xizmati) vakillari Toshkentda Soliq qo‘mitasi va Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasida uchrashuvlar o‘tkazdi. Yandex Go foydalanuvchilariga fiskal cheklar berish bo‘yicha ishlar rejasi belgilab olinib, 1-apreldan haydovchi va yo‘lovchilar sug‘urtalanishi e’lon qilindi.
Yaxshi kino — yaxshi kitobdek. Ayni damda, biri ikkinchisiga xalal bermaydi. “Gazeta.uz” vaqtni mazmunli o‘tkazishga ko‘maklashmoq niyatida “Nima ko‘ramiz?” loyihasini boshladi. Ko‘rilishi maqsadga muvofiq hisoblangan filmlar haqida kinoijodkorlar, jurnalistlar, jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.
Turkiya parlamenti Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishini bir ovozdan ma’qulladi. Shunday qilib, mamlakatning ittifoqqa qo‘shilishi tashkilotning barcha a’zolari tomonidan ma’qullandi.
Ukrainaning “Yuriya-farm” farmkompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med” korxonasini YeTTB krediti hisobiga sotib oldi. “Yuriya-farm” o‘z mahsulotlarining 30 foizini eksport qilgan bo‘lsa, uning 15 foizi O‘zbekistonga yo‘naltirilgan. Kompaniya shunday yo‘l bilan eksport xarajatlarini kamaytiradi.
Adliya vaziri Akbar Toshqulov O‘zbekiston firibgarlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun elektron ovoz berishga o‘tishni rejalashtiryaptimi, degan savolga onlayn ovoz berish tizimi ideal emas, deb javob berdi. “Ba’zi odamlar elektron tizimda qanday ovozini berganini kimdir bilishini xohlamaydi”, dedi u.
Toshkent shahri hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov yangi Konstitutsiya loyihasi targ‘iboti uchun guruhlar tuzilishini ma’qulladi. Uning tarkibida 1000 dan ortiq kishi, jumladan, oqsoqollar, o‘qituvchi, shifokor, yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari va boshqalar bor. Ularga 11 mingdan ziyod mahalla faollari yordam beradi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Ukrainada qo‘shinlarni ko‘chirish, qurol va o‘q-dorilarni ikki tomondan olib o‘tish huquqisiz sulh tuzishga chaqirdi.
O‘zbek bolalar adabiyoti ochiq yaraga o‘xshaydi — davosini ko‘pchilik biladiyu, amalda harakat sezilmaydi. “Muammo faqat yozuvchi, noshir, tarjimon yo o‘quvchiga bog‘liq bo‘lsa qaniydi”, — deydi soha mutaxassislari. “Gazeta.uz” jurnalisti Charos Nizomiddinova masalaning boshqalarga bog‘liq jihatlarini o‘rgandi.
“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishi sabab 1-aprel kuni Yangi O‘zbekiston va unga tutash Jasorat ko‘chasida avtomobil harakati cheklanadi.
Toshkentda 2-aprel kuni Amir Temur tavalludi munosabati bilan yugurish musobaqasi o‘tkaziladi. Shu kuni ayrim ko‘chalarda 3 soat davomida avtotransport vositalari harakati cheklanadi.
Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi sessiyada Xorazm viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Jo‘rabek Rahimov nomzodi tasdiqlandi.
1-apreldan Toshkent hayvonot bog‘iga kirish chiptalarining narxlari oshadi. Endi kirish narxi 16 yoshdan kattalar uchun 35 000 so‘m, xizmatni o‘tayotgan harbiylar, nafaqaxo‘rlar hamda 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 20 000 so‘m bo‘ladi. Imkoniyati cheklanganlar va 7 yoshdan kichik bolalar uchun esa bepul.
Shanba O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchiliksiz o‘tadi. Yakshanba kuni esa Kaspiy dengizidan nam havo massalari kirib kelishi hisobiga tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuchli momaqaldiroqli yomg‘ir kuzatiladi. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi ham mumkin.
O‘zgidromet 2−4-aprel kunlari O‘zbekistonning 9 ta viloyatida hamda tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli haqida ogohlantirdi. Joylarda shamol kuchayib, shimolda va cho‘l hududlarda chang to‘zon kuzatilishi ham mumkin.
Donald Tramp AQShning sudda rasman ayblanayotgan birinchi sobiq prezidentiga aylandi. Bu Stormi Denielsga jim yurishi uchun pul to‘lash bilan bog‘liq.
DXX Namanganda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda umumiy bahosi 1 mlrd 124 mln so‘mlik, jami 1,5 kg oltin quymalarining noqonuniy sotuviga chek qo‘ydi.
31-mart, juma kuni 2010-yilgacha bo‘lgan davrda olingan haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirishning oxirgi kuni. 2023-yil 1-apreldan ushbu davrgacha olingan eski namunadagi “prava”lar o‘tmaydi va u bilan transport boshqargan haydovchilar 300 ming so‘m jarimaga tortilishi mumkin.
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida yangi korxonalarning ishga tushirilishida ishtirok etdi, respublikani rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni e’lon qildi, millatlararo totuvlikka bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi, mahallada bo‘lib, iftorlik qildi va sumalak pishirish jarayonida qatnashdi.
Toshkentda 248 nafar fuqaroga avtomashina olib berishni va’da qilib, 12 mlrd so‘m olgan Uz Avto Premium va Avto Alo Group MT kompaniyalari rahbarlariga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Sud jarayoni salkam bir yil davom etdi.
Tijorat banklari 31-mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 280 — 11 415 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 415 — 11 490 so‘m.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting