O‘zbekistonda shtatlarni qisqartirishni ko‘zda tutgan ma’muriy islohotlar doirasida davlat organlarida ishdan bo‘shatish vaqtincha to‘xtatildi.
Qo‘llar insonning mavqei va mashaqqatlaridan hikoya qiladi. Kaftlardagi chizig‘u yoriqlar, dog‘u chandiqlar kishilarning turmushi, kasb-koridan darak beradi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Madina A’zam mana shunday qo‘llarning “gapiruvchi suratlari"ni bir sahifaga jamladi.
Mirzacho‘l tuman XTB mansabdor shaxslari ortiqcha sinflar shakllantirish, ta’til, ish haqi va ustama pullarni ortiqcha to‘lash, qo‘shib yozish, kamomad kabi jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda. Ular davlatga qariyb 1,6 mlrd so‘m zarar yetkazgan. DXX ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Yuqori texnologiyalar sohasidagi olimlar va ishbilarmonlar, jumladan, Ilon Mask va Stiv Voznyak sun’iy intellektni rivojlantirishni 6 oyga to‘xtatib turishga chaqirdi. Shu vaqt ichida ular AI sohasida xavfsizlik va tartibga solish bo‘yicha protokollarni ishlab chiqishni taklif qilmoqda.
O‘zbekistonda aprel oyi quruq va iliq havo bilan boshlanadi. Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida harorat kechalari +7…+17 daraja, kunduzi +20…+32 daraja atrofida bo‘ladi. Biroq bu oyda kuchli yomg‘irlar va momaqaldiroq ham kuzatilishi mumkin.
AgroInsurance 2023 II xalqaro konferensiyasida xalqaro ekspertlar tomonidan global bozor sharoitida O‘zbekistonda agrosug‘urta rivojlanishining istiqbollari muhokama qilindi.
“Hududgazta’minot“ kompaniyasi Italiyaning Pietro Fiorentini kompaniyasi bilan O‘zbekiston gaz taqsimlash tizimini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshiradi. Loyiha Italiyaning eksport-kredit agentligi tomonidan 200 mln yevro miqdorida moliyalashtiriladi.
FIFA Indoneziyani U-20 jahon chempionati mezbonligidan chetlatishga qaror qildi. Mamlakat aholisi Isroil terma jamoasining turnirda qatnashishiga ruxsat bermaslikni talab qilgan. 31-martga belgilangan qur’a tashlash marosimi ham surilgan. Turnirga qaysi davlat mezbonlik qilishi hozircha noma’lum.
Shayxontoxur tumanidagi plastmassa maxsulotlarini saqlash omborida yong‘in sodir bo‘ldi. Uni o‘chirishga 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi. FVV voqea oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmaganini bildirdi.
Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga mo‘ljallangan “Mehrli maktab“ davlat ta’lim muassasasi filiallari republika bo‘ylab tashkil etiladi.
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda aholi farovonligini oshirish bo‘yicha 3 ta tashabbusni ilgari surdi. Unga ko‘ra, 452 ta mahallaning har biriga 500 mln so‘mdan qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi, 38 ming odamning kadastri to‘liq qilib beriladi. Shuningdek, yil oxirigacha 4 mingta uy-joy quriladi.
Rishton tumanidagi “Ar-Roshidoniy“ bog‘idagi 17 yoshli qiz tushib ketgan attraksion qo‘lbola usulda yasalgani, texnik pasporti yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Qolaversa, statik va dinamik sinovlardan o‘tkazilmagan. Jabrlanuvchi esa voqea vaqtida himoya zanjirini o‘z qo‘li bilan bo‘shatib yuborgani aytilmoqda.
Nukus voqealari bo‘yicha sudlangan 22 nafar sudlanuvchidan 16 nafari sud qarori ustidan apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qildi. Ular orasida fevral oyi boshida tergov izolyatorida vafot etgan Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv boshqarmasi sobiq boshlig‘i Polat Shamshetov ham bor.
Kattaqo‘rg‘on tumanida parranda fabrikasida portlash sodir bo‘ldi. Uning oqibatida ikki kishi jarohat oldi.
Braziliya va Xitoy yuanda savdo qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi va qo‘shma hisob-kitob palatasi tashkil etilganini e’lon qildi. Bu ikki davlat o‘rtasida o‘z valyutalarini AQSh dollariga almashtirmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo qilish imkonini beradi.
Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi nazoratidagi korxona va tashkilotlarda 2022 yilda 81 ta baxtsiz hodisa yuz berdi. Shulardan 28 tasida o‘lim holati qayd etildi. Hodisalar 60 foizdan ortiq holatda tashkiliy sabab bilan bog‘liq, deya izoh berildi.
To‘rtko‘l tumanida Cobalt va MAN rusumli avtotransportlar o‘rtasida yo‘l transport hodisasi yuzaga keldi. Oqibatda bir fuqaro vafot etdi. Holat sabab surishtiruv ishlari boshlangan.
O‘zbekiston adliya vaziri Akbar Toshqulovning aytishicha, partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 20 ming imzo unchalik ko‘p emas. «Agar har 5 yoki 10 ming kishi partiya ochaversa, ular soni qancha bo‘ladi?» — dedi u. Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov esa vazirning pozitsiyasini «to‘liq avtoritar» deb atadi.
Urgut tumani hududidan o‘tuvchi o‘zbek-tojik davlat chegarasidan 1997 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro Tojikistondan 19 kg 799 gr opiy moddasini kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tayotganida ushlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
30 mart kuni O‘zbekiston prezidenti hududlar rivoji va aholi hayoti bilan tanishish maqsadida Qoraqalpog‘istonga bordi. Tashrif davomida yangi korxonalar ishga tushirilishi, yoshlar bilan muloqot qilish ham rejalashtirilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting