Zangiota tumanida qariyb 1,3 tonna, Jondor tumanida esa 1,1 tonna iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsuloti sotuvga qo‘yilishi oldi olindi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Jizzax shahrida tadbirkor mehmonxona binosini jihozlash uchun ajratilgan 1,5 mlrd so‘mni boshqa maqsadlarda sarflab yuborgani aytilmoqda. Boshqa bir korxona rahbari esa 1,4 mlrd so‘m maqsadli kreditni o‘zlashtirgani ma’lum qilindi. Gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi ko‘zg‘atildi.
Ekologiya qo‘mitasi 9 oyda 648 ta subyektda, poytaxtning o‘zida esa 60 ta korxonada ekologik nazorat tadbirlari o‘tkazdi. Natijada atrof-muhitni ifloslantirgan korxonalardan 49,5 mlrd (Toshkentda — 15,5 mlrd) so‘mdan ortiq kompensatsiya undirildi. Sud qarori bilan 15 ta korxona faoliyati to‘xtatildi.
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qildi.
Rossiyadagi chiqindilarni qayta ishlovchi korxonada mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolariga safarbarlik uchun chaqiruv qog‘ozlarini topshirishdi. «Gazeta.uz» vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida korxona rahbari bilan bog‘landi.
Chilonzor tumanidagi «Toshkent savdo markazi»ning ko‘p qavatli avtoturargohida Orlando mashinasining dvigatelida nosozlik sabab yong‘in kelib chiqdi. Tuman FVB xodimlari kelib, yong‘inni o‘chirdi. Hodisadan bino va atrofdagi boshqa avto ulovlar zarar ko‘rmadi.
Surxondaryo viloyatida 11 kg «gashish» giyohvandlik moddasini mamlakatga olib o‘tishga uringanlikda gumonlangan 11 nafar shaxs qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Davlat tili haqidagi qonun qabul qilinganiga 33 yil bo‘ldi. Avvaliga qadamlar dadil tashlandi, keyinchalik esa qonun qayta-qayta tahrilanadigan, vazifalar ortga suriladigan, sal o‘tib amalga oshmaydigan bo‘lib qoldi. “Gazeta.uz” 21-oktabrdagina eslanadigan o‘zbek tili haqida ziyolilar fikrini so‘radi.
Tesla va SpaceX asoschisi, milliarder Ilon Mask uzoq davom etgan murosasiz fikrlardan so‘ng Twitter`ni sotib oldi. Tadbirkor dastlab aprel oyida kompaniyaga ega chiqish istagini bildirgandi.
«Eshitish akademiyasi» eshitish qobiliyatining yo‘qolishi qanday namoyon bo‘lishi va eshitish uskunasining taqilishi muhimligi haqida gapirib berdi. Hamda kuzning oxirigacha markazda Aurica Pixel 860 eshitish vositalariga «1+1» aksiyasi amal qiladi.
Prezident 2 oyda 300 ta mahallada tibbiyot punkti ochish bo‘yicha topshiriq berdi. Martgacha punktlar oilaviy poliklinikalardan 10 km uzoqlikdagi 272 ta mahallada ham paydo bo‘ladi. Yana 640 ta tez yordam mashinasi xarid qilinadi. Qolaversa, shifokorlarning maoshini oshirish bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlanadi.
Samarqandda IIO xodimlari mahbusga qiynoqlar qo‘llagani oqibatida uning uchta qovurg‘asi singani va tana qismida jarohat izlari borligi aytilmoqda. Ombudsman vakili mahbus bilan uchrashib, vaziyatni o‘rgandi. Holat yuzasidan Bosh prokuraturaga murojaat qilindi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan retseptsiz beriladigan dorilar ro‘yxatini tasdiqlash va dori moddalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bekor qilinadi. Farmatsevtika mahsulotlari hisobi va nazorati axborot tizimi joriy etiladi.
Prezidentning mahalliy aviaqatnovlarni rivojlantirishga doir qarori qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, Shahrisabz va Sariosiyo aeroportlari faoliyati tiklanadi. Zominga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
Markaziy bank 27-oktabr uchun dollar kursini 11 155,12 so‘m etib belgilagandan so‘ng, tijorat banklari ham o‘z takliflarini o‘zgartirdi.
Xalq banki tomonidan turizm sohasini rivojlantirish maqsadida yuridik shaxslarga mehmonxona va xostellar faoliyatini tashkil etish uchun 22 mlrd so‘mdan ziyod imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.
Ijtimoiy tarmoqda Namangan viloyati hokimligi tasarrufidagi Land Cruiser mashinasi 5 yoshli bolani urib yuborgani haqida xabar tarqaldi. Hokimlik bayonotiga ko‘ra, voqea 7 oktabrda sodir bo‘lgan. Shuningdek, hozirda piyodaning ahvoli yaxshi ekani va holat IIB tomonidan rasmiylashtirilgani qayd etildi.
Toshkent metrosidagi stansiyalarda nogironligi bor shaxslarga sharoitlar yaratilishi, Hisob palatasi raisi o‘rinbosariga tanbeh bergan Akmal Saidov, janjal sabab xotinini urib o‘ldirgan sirdaryolik erkak, Toshkent bosh rejasini ishlab chiquvchilar bilan suhbat va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
UzAuto Motors 2023 yildayoq 500 mingta avtomobil ishlab chiqarish, istiqbolda esa bu ko‘rsatkichni 1 milliontaga yetkazishni rejalashtirmoqda. «O‘zavtosanoat», UzAuto Motors va General Motors o‘rtasida ishlab chiqarishni kengaytirish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.
Senat Kengashi majlisida avtovokzallar, metro stansiyalari, bekatlarda panduslar yo‘qligi, nogironlarga sharoitlar yaratilmagani, hojatxonalar, yo‘l infratuzilmalari va ko‘priklar bilan bog‘liq muammolar ko‘rib chiqildi. Transport vazirligi sharoitlar kelgusi ikki yilda yaratilishini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting