O‘zbekistonda yaqin kunlarda yana zilzila kuzatilishi haqida tarqalgan xabarlar asossiz. Seysmologiya instituti xodimi Qaharbay Abdullabekov bir hududda bo‘lgan zilzila ikkinchisini keltirib chiqarmasligi, faqat uning ortidan ayrim aftershoklar kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.
Qurilish vazirligi va First Developing Group kompaniyasi Toshkentdagi Parkent Plaza turar joy majmuasi fasadining yorilishiga zilzila sabab bo‘lganini rad etdi. Yoriqlar 2020−2021 yillarda yomg‘ir va sifatsiz g‘isht mahsulotlari tufayli yuzaga kelgani va kompaniya yetkazib beruvchini sudga bergani ma’lum bo‘ldi.
2016−2019 yillarda Qarshi shahriga hokimlik qilgan Jamshid Fozilov 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. U Jinoyat kodeksining 4 ta moddasi bilan aybli deb topildi. Shuningdek, 2 yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilindi.
Vazirlar mahkamasi qarori bilan nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nafaqa hamda parvarishlash nafaqasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan «proaktiv shakl»da tayinlanadi.
Jamiyat va davlat taraqqiyoti, ertasining qanday bo‘lishi sifatli ta’limga bog‘liq. O‘ttiz yildan oshdi — nega hamon o‘zimiz istagan ta’lim tizimini yarata olmaymiz? Qachon va qay tariqa maqsadga erishish mumkin? «Gazeta.uz» javobni ta’lim eksperti, mas’ul xodim va o‘qituvchidan eshitishga qaror qildi.
UzAuto tomonidan Nurafshonda bayram sayli tashkil qilinib unda mehmonlar ko‘ngillarini shod etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.
O‘zbekistonda 1 maydan ijtimoiy reyestrga kirgan aholiga mol, qo‘y va parranda go‘shti, tuxum va o‘simlik yog‘i xarid qilsa, qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytariladi. Shuningdek, aholiga berilgan yerlarda ko‘chat, urug‘, o‘g‘it va texnika yetkazib berish uchun jami 500 milliard so‘m beriladi.
1 maydan huquqbuzarlik uchun belgilangan jarimalarga 15 kun ichida to‘lansa, 50 foiz, 30 kun ichida to‘lansa, 30 foiz chegirma beriladi. Tartib sud qarorlariga asosan qo‘llanadigan jarimalar uchun ham amal qiladi.
O‘zbekiston va Malayziya islom moliyasi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash doirasida hamkorlik qiladi. 2023 yil Malayziya Yutara universiteti huzuridagi islom biznes maktabi delegatsiyasi O‘zbekistonga amaliy safar uyushtiradi va respublika mutaxassislari uchun seminar hamda treninglar o‘tkazadi.
23 martdan O‘zbekiston bo‘ylab taroveh namozlarini ado etish boshlandi. «Gazeta.uz» Toshkent, Andijon, Namangan va Termizdagi masjidlardan fotoreportaj tayyorladi.
Jahon banki, Yevropa komissiyasi va BMT hamkorligida o‘tkazilgan yangi hisob-kitoblarga ko‘ra, Ukrainani urushdan keyin tiklash uchun kamida 411 mlrd dollar kerak bo‘ladi. Xarajatlarning eng katta qismi energetika sektoriga to‘g‘ri kelmoqda.
Fevralda O‘zbekistonga Shveysariyadan 86,5 mln dollarlik samolyot olib kelindi. 2023 yilning dastlabki ikki oyida esa qiymati 700 mln dollardan ortiq bo‘lgan 14 ta samolyot import qilindi.
Toshkentning Olmazor tumanida «Islomobod» jome masjidi ochildi. 2019 yilning oktabrida qurilishi boshlangan masjid xonaqohda 8 ming, hovli va yon-atrofidagi joylar bilan birga 13 ming kishini sig‘dira oladi.
Prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘oniston rasmiylari bilan uchrashdi. Unda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, tranzit yuklarni tashish hajmini oshirish va ayollar huquqlarini himoya qilish kabi masalalar muhokama qilindi.
U-20 Osiyo kubogida g‘olib chiqqan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi, chempionatning «Eng yaxshi futbolchisi» deb topilgan sirdaryolik Abbos Fayzullayevning ota-onasiga viloyat ahli nomidan Umra safariga yo‘llanma sovg‘a qilindi.
Tijorat banklari 23-mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 320 — 11 380 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 390 — 11 430 so‘m.
Kuchsiz zilzila (2−3 balli) Toshkent va O‘zbekistonning yana 4 ta hududida sezildi. Tojikistondagi tungi zilziladan keyin yana beshta aftershok qayd etildi.
Payshanba kuni Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi O‘zbekistonning 11 ta hududida sezilib, 4−5 ballni tashkil etdi. Oradan yarim soat o‘tib, aftershok qayd etildi, ammo ikkinchi to‘lqin O‘zbekiston bo‘ylab sezilmadi.
Ramazon oyi davomida Toshkentdagi taroveh namozi o‘qiladigan masjidlarga yondosh bo‘lgan ko‘chalarda avtomobillar harakati soat 19:00 dan 24:00 ga qadar cheklanadi.
O‘zbekiston prezidenti 1−2 may kunlari Germaniyaga tashrif buyurishini ma’lum qildi. U Germaniyada «O‘zbekistonni to‘g‘ri tushunishlarini» ta’kidladi, buni u «juda qadrlaydi». Bu haqda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston nemislari madaniyat markazi rahbari bilan suhbatda aytib o‘tdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting