U-20 Osiyo kubogida g‘olib chiqqan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchi va murabbiylariga «Prezident sovg‘asi» yozuvi tushirilgan Gentra avtomobillari topshirildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin Moskvadagi muzokarada Markaziy Osiyoni alohida muhokama qildi. Tomonlar «rangli inqiloblar importi va mintaqa ishlariga tashqi aralashuvni qabul qilmasliklarini» ma’lum qilishdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari Parkent tumani Qiziltog‘ shaharchasi atrofidagi adirliklarda kuchli yomg‘ir sabab qolib ketgan fuqarolarni xavfsiz joyga olib tushdi.
O‘zbekiston prezidenti mahalla hayotida faol bo‘lgan tizimning bir guruh vakillarini turli unvon, orden va medallar bilan mukofotladi.
Seshanba kuni sezilgan zilzilaga qadar O‘zbekistondagi Android-qurilmalarning ko‘plab egalariga yerosti silkinishlari ehtimoli borligi haqida ogohlantirish keldi. Google ushbu tizimni 2020 yil yozida ishga tushirgan bo‘lib, oradan bir yil o‘tib O‘zbekiston uchun ham ishlay boshlagan. U qanday ishlaydi?
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ramazon oyi 23 martdan boshlanishini ma’lum qildi. O‘zbekiston prezidenti «Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarorini imzoladi.
Seshanba kuni kechqurun Toshkent va O‘zbekistonning boshqa hududlarida kuchli zilzila sezildi. Yer silkinishlari gorizontal xarakterga ega bo‘lib, birmuncha davom etdi. Zilzila epitsentri Afg‘onistonda bo‘lgan. Zilzila epitsentrida 6,6 ballni tashkil qilgan.
Navro‘z — O‘zbekistonning umumxalq bayramlaridan. Ammo har doim ham bunday bo‘lmagan, bir davrda uni taqiqlamoqchi ham bo‘lishgan. «Gazeta.uz» asosiy Navro‘z tantanalari tashkilotchilari bilan milliy shodiyona taqiqlarni qanday yenggani va davlat darajasidagi ilk bayramlar qanday o‘tgani haqida suhbatlashdi.
Jizzaxda ikki nafar vaynerning YPX xodimlari haqida hazil videolari uchun 15 va 10 sutkaga qamalishi noqonuniy deb topildi. Apellyatsiya instansiyasida ular sud zalidan ozod qilindi.
Zominda prokuror yordamchisi boshqaruvidagi Lacetti avtomobilining daraxtga borib urilishi natijasida haydovchi va yana bir prokuratura xodimi halok bo‘ldi. Yana biri tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.
Toshkentning Sergeli tumanida beshta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bir necha jarohatlangani ma’lum qilindi, biroq ularning soniga aniqlik kiritilmadi.
Tarmoqlarda Qashqadaryodagi tug‘uruqxona xodimlarining bemorlardan pul ta’ma qilayotgani aks etgan video tarqaldi. SSV tug‘uruq bo‘limi akusher-ginekologi va doya ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi. Holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Rossiya kompaniyalari sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun Qozog‘istondagi hamkorlarini zarur tovarlarni import qilishda yordam so‘rovlari bilan ko‘mib tashlamoqda, deb yozmoqda Reuters. Gap turli mahsulotlar — telefonlar, elektronika, nodir metallar, bank kartalari uchun materiallarni yetkazib berish haqida bormoqda.
Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasining birinchi ATR 72−600 samolyoti 21 mart kuni Toshkentga yetib kelishi kutilmoqda. Bangkokdan havoga ko‘tarilgan samolyot u olti joyga qo‘nadi. Kompaniya O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida arzon havo qatnovini yo‘lga qo‘yishga va’da bermoqda.
Xokkey bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo va Okeaniya chempioni bo‘ldi.
U-20 Osiyo kubogi finalida O‘zbekiston terma jamoasi Iroqni 1:0 hisobida mag‘lub etib, Osiyo chempioni bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Iroq terma jamoalari o‘rtasidagi U20 Osiyo kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tayotgan Toshkentdagi «Milliy» stadioniga keldi.
O‘zbekistonda narxlar barqarorlashgani sababli piyoz eksportiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklov 15 martdan bekor qilindi. Avvalroq ichki iste’mol bozor narxini arzonlashtirish maqsadida mahsulotni chetga sotish 1 yanvardan boshlab 4 oyga to‘xtatilgan edi.
Nurota tumanidagi Sentob qishlog‘i rasman turizm qishlog‘i maqomini oldi. Hududda 15 dan ortiq turistik xizmat yo‘lga qo‘yilgan. 200 ga yaqin ishsiz aholi doimiy ish o‘rinlariga ega bo‘ldi.
Renessans TV jurnalisti «Milliy» stadioni yaqinida huquq-tartibot idoralari xodimlari OAVga to‘sqinlik qilib, kuch ishlatgani haqida xabar berdi. IIBB esa xodimlar noqonuniy xatti-harakatlar sodir etmaganini bildirdi. Yuzlab fuqarolar u yerda U-20 Osiyo kubogi finaliga chipta sotib olish uchun yig‘ilgan edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting