Arxiv

Andijondagi sement zavodiga nisbatan antidemping ishi ochildi
11 iyul 2024, 23:27 1

Andijondagi sement zavodiga nisbatan antidemping ishi ochildi

Raqobat qo‘mitasi aprel oyi oxirida Andijon viloyatida ishga tushirilgan Shangfeng — Bridge of Friendship O‘zbekiston-Xitoy sement zavodiga nisbatan ish ochdi. Boshqa sement ishlab chiqaruvchilari zavod mahsulotni tannarxidan arzon sotayotganidan shikoyat qildi.

O‘zbekistonda avtomobilni qayta jihozlash imkoniyatlari kengaytirildi
11 iyul 2024, 23:00 1

O‘zbekistonda avtomobilni qayta jihozlash imkoniyatlari kengaytirildi

Hukumat qarori bilan avtotransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnomalar berish muddati 15 kundan 10 kunga qisqartirilmoqda. Avtomobil qayta jihozlangan deb tan olinadigan o‘zgarishlar ro‘yxati 4 barobardan ko‘proqqa kengaydi.

11-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
11 iyul 2024, 22:38

11-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Prezidentning Farg‘ona viloyatiga tashrifi, pensiya tizimini takomillashtirish taklifi, 1-avgustdan ishga tushadigan elektr energiyasi bo‘yicha yangi billing tizimi, “Baxti Tashkentskiy"ga 20 yil so‘ragan prokuror va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Marg‘ilonda 25 ming aholiga mo‘ljallangan yangi massiv quriladi
11 iyul 2024, 22:24

Marg‘ilonda 25 ming aholiga mo‘ljallangan yangi massiv quriladi

Marg‘ilonda 110 gektar maydonda yangi turar joy massivi quriladi. Bu yerda 5 ming xonadonli uylar, institutlar, mehmonxonalar, savdo markazlari, park va boshqa obyektlar bo‘ladi. Prezidentning Marg‘ilon jamoatchiligi vakillari bilan uchrashuvida shular haqida so‘z bordi.

Elektr energiyasini hisoblash bo‘yicha yangi billing tizimi 1-avgustdan ishga tushiriladi
11 iyul 2024, 20:32

Elektr energiyasini hisoblash bo‘yicha yangi billing tizimi 1-avgustdan ishga tushiriladi

O‘zbekistonda elektr energiyasini hisoblashning yangi billing tizimi 1-avgustdan joriy etiladi. Hozirda u Yakkasaroy tumanida sinov tarzida ishga tushirilgan. Unda abonent pasport ma’lumotlaridan tashqari, kadastr va hisobraqamlar haqidagi axborotlar ham aks etadi.

Toshkentda Lacetti va o‘t o‘chirish mashinasi to‘qnashdi
11 iyul 2024, 19:41

Toshkentda Lacetti va o‘t o‘chirish mashinasi to‘qnashdi

Toshkentda Lacetti yong‘in joyiga ketayotgan Isuzu o‘t o‘chirish mashinasining orqasiga urildi. Yengil avtomobil haydovchisiga birinchi yordam ko‘rsatildi.

Prezidentga Farg‘ona turizm halqasi loyihasi taqdim etildi
11 iyul 2024, 19:16

Prezidentga Farg‘ona turizm halqasi loyihasi taqdim etildi

Qo‘qonda prezidentga Farg‘ona turizm halqasini yaratish konsepsiyasi taqdim etildi. Halqani yaratishdan maqsad — sayyohlarning viloyatda qolish muddatini 3 kundan 7 kungacha uzaytirish.

UrDU dekani pora bilan ushlandi
11 iyul 2024, 18:51

UrDU dekani pora bilan ushlandi

Urganch davlat universiteti dekani abituriyentni ijodiy imtihondan o‘tkazib qo‘yish uchun taxminan 35 mln so‘m olayotganda qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Yevro-2024: Yarim finaldan keyingi mulohazalar
11 iyul 2024, 18:41

Yevro-2024: Yarim finaldan keyingi mulohazalar

Top klublarda o‘ynamaydigan futbolchilar bilan ham zo‘r jamoa tuzsa bo‘ladi! Sautgeyt ayyormi yoki omadi chopgan murabbiy? “Taktika” jamoasi Yevro-2024 yarim finallarining ortda qolgan o‘yinlari haqida so‘z yuritadi.

Prokuror “Baxti Tashkentskiy”ga nisbatan 20 yil qamoq jazosini so‘radi
11 iyul 2024, 18:38

Prokuror “Baxti Tashkentskiy”ga nisbatan 20 yil qamoq jazosini so‘radi

Prokuror 44 ta epizod bo‘yicha ayblanayotgan “Baxti Tashkentskiy” (Baxtiyor Qudratullayev)ga 20 yil, uning o‘g‘illariga nisbatan esa 11 va 12 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini so‘radi. Avvalroq ayblanuvchi nomi oshkor etilmagan davlat tashkiloti undan “ko‘cha”ni nazorat qilishni so‘raganini aytgandi.

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarga cheklardagi summalarni tahrirlashga ruxsat berdi
11 iyul 2024, 17:35

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarga cheklardagi summalarni tahrirlashga ruxsat berdi

O‘zbekistonda tadbirkorlarga 2023-yil 1-yanvardan 2024-yil 30-iyungacha berilgan cheklar summasiga tuzatishlar kiritishga ruxsat berildi. Soliq organlari cheklar bo‘yicha so‘rovlarni 25-iyulgacha qabul qiladi.

Ukraina noyabrga qadar Rossiya ishtirokidagi ikkinchi tinchlik sammitini o‘tkazmoqchi — Bloomberg
11 iyul 2024, 17:35

Ukraina noyabrga qadar Rossiya ishtirokidagi ikkinchi tinchlik sammitini o‘tkazmoqchi — Bloomberg

Ukraina hukumati Donald Trampning Oq uyga qaytishidan xavotirlanib, Rossiyani ikkinchi tinchlik sammitiga taklif qilmoqchi va uni noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan AQShdagi prezidentlik saylovlari oldidan o‘tkazmoqchi, deb yozmoqda Bloomberg.

Prezident Farg‘onada qator loyihalar qurilishi va ishga tushirilishiga start berdi
11 iyul 2024, 17:12

Prezident Farg‘onada qator loyihalar qurilishi va ishga tushirilishiga start berdi

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida yangi loyihalarning qurilishi va ishga tushirilishini boshlab berdi. Ular orasida “Qo‘qon” EIZdagi 370 mln dollarlik korxonalar va Farg‘ona tumanining chekka hududlaridagi kichik gidroelektr stansiyalari ham bor.

“Kitobga munosabat mamlakatdagi kutubxonalar va ularning a’zolari soniga qarab belgilanishi kerak” — Xurshid Davron
11 iyul 2024, 17:07

“Kitobga munosabat mamlakatdagi kutubxonalar va ularning a’zolari soniga qarab belgilanishi kerak” — Xurshid Davron

“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida “Kutubxona” nomli loyiha boshladi. Unda o‘z xonadonida kutubxona tashkil qilgan mutolaa ishqibozlari bilan kitobxonlik va kutubxonachilik haqida suhbatlar uyushtiriladi. Loyihaning ilk mehmoni — O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron.

Bolalar bog‘chasiga yo‘llanma olish osonlashadi
11 iyul 2024, 15:18

Bolalar bog‘chasiga yo‘llanma olish osonlashadi

O‘zbekistonda endi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish davlat tashkilotlarining aybi bilan kechikkanda yo‘llanma o‘z kuchida qoladi.

Uchtepa hokimi Texnologik metallar kombinati raisi bo‘ldi
11 iyul 2024, 14:41

Uchtepa hokimi Texnologik metallar kombinati raisi bo‘ldi

2019-yildan buyon poytaxtning Uchtepa tumani hokimligini boshqarib kelgan Farxod Abdullayev “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” boshqaruv raisi bo‘ldi. Tumanni birinchi o‘rinbosar Jamshid Alimjonov vaqtincha boshqarib turadi.

Sirdaryoda 13 yoshli qiz yashash uyida qotillik alomatlari bilan topildi
11 iyul 2024, 14:24

Sirdaryoda 13 yoshli qiz yashash uyida qotillik alomatlari bilan topildi

Yangiyer shahrida 2011-yilda tug‘ilgan qizning jasadi yashash uyida jonsiz holatda topildi. Uning tanasida jarohatlar borligi aniqlangan. Gumonlanuvchini qidirib topish bo‘yicha viloyat IIBga alohida topshiriq berilgan.

Prezident qayta ochilgan Qo‘qon aeroportiga bordi (foto)
11 iyul 2024, 13:04

Prezident qayta ochilgan Qo‘qon aeroportiga bordi (foto)

Aprel oyida qayta ishga tushgan Qo‘qon aeroportiga ilk bor yirik havo kemasi qo‘ndi: Shavkat Mirziyoyev bu aeroportga bordi. U narx va xizmatlarni qulaylashtirish, parvozlarni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi. Foto.

Termiz aeroportida rekonstruksiya ishlari to‘liq yakunlandi
11 iyul 2024, 11:57

Termiz aeroportida rekonstruksiya ishlari to‘liq yakunlandi

Termiz aeroportida ikkinchi yurish yo‘lagi va asosiy yo‘lak uchastkasi hamda perronda uchta samolyotlar turar joylarini qurish va yoritish moslamalarini o‘rnatish ishlari yakunlandi. 2019-yilda rekonstruksiyadan chiqqan terminal, 2022-yilda esa betondan qilingan uchish-qo‘nish yo‘lagi ochilgandi.

DXX 3 ta viloyatda korrupsiyada gumonlanayotganlarni qo‘lga oldi
11 iyul 2024, 11:37

DXX 3 ta viloyatda korrupsiyada gumonlanayotganlarni qo‘lga oldi

Gulistonda elektr korxonasi muhandisi qarzdorlikni hisobdan chiqarish evaziga pora olishda gumonlanib ushlandi. Qibrayda xususiy korxona rahbari tenderda yutib berish evaziga tadbirkordan 4 mlrd so‘m talab qilgani, Navoiy viloyatida kiberxavfsizlik bo‘linmasi xodimi fuqarodan 600 dollar olgani aytilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting