Arxiv

Futbol: O‘zbekiston U-20 Osiyo kubogi yarim finaliga chiqdi va JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
12 mart 2023, 10:09

Futbol: O‘zbekiston U-20 Osiyo kubogi yarim finaliga chiqdi va JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar terma jamoasi futbolchilari avstraliyalik raqiblarini mag‘lub etib, Osiyo kubogi yarim finaliga yo‘l oldi. Qolaversa, terma jamoa jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bahodirjon Sidiqov yana «O‘zbekneftgaz»ga rahbar etib tayinlandi
12 mart 2023, 00:34

Bahodirjon Sidiqov yana «O‘zbekneftgaz»ga rahbar etib tayinlandi

2019−2020 yillarda «O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisi bo‘lgan Bahodirjon Sidiqov yana kompaniyaga rahbar bo‘ldi.

Farhod Mannopov vafotidan so‘ng Star Med Center klinikasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
11 mart 2023, 22:58

Farhod Mannopov vafotidan so‘ng Star Med Center klinikasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

SSV vayner Farhod Mannopov o‘limi bo‘yicha laborator tahlil va MSKT tekshiruvlari natijalarini e’lon qildi. Aytilishicha, bemorga rinoseptoplastika amaliyoti uchun narkoz berilgan, biroq operatsiya davrida ahvoli yomonlashib, o‘lim qayd etilgan. Hozirda Star Med Center klinikasi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

11 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
11 mart 2023, 22:00

11 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkentda relsdan chiqib ketgan yuk poyezdi vagonlari, yana chang bo‘roni, hali ham shohsupada turgan 47 yoshli atlet Oksana Chusovitina, MIBning yangi rahbari, bosh vazirga matbuot kotibi, Buxoroda avtobusda qizga tegajog‘lik qilgan yigitning 15 sutkaga qamalgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Toshkentda uchta avtomobil ishtirokidagi to‘qnashuvda ikki kishi halok bo‘ldi
11 mart 2023, 21:44

Toshkentda uchta avtomobil ishtirokidagi to‘qnashuvda ikki kishi halok bo‘ldi

Toshkentda Changan yuk mashinasi yo‘l chetida turgan Matiz, so‘ngra Cobalt bilan to‘qnashdi. Hodisa natijasida Matiz’ning ikki yo‘lovchisi halok bo‘ldi.

YeI uchinchi davlatlar orqali Rossiyaga sanksiya texnologiyalari tranziti ustidan nazoratni kuchaytiradi
11 mart 2023, 21:04

YeI uchinchi davlatlar orqali Rossiyaga sanksiya texnologiyalari tranziti ustidan nazoratni kuchaytiradi

Yevropa Ittifoqi ilg‘or Yevropa texnologiyalari va Rossiya Ukrainada harbiy maqsadlarda foydalanishi mumkin bo‘lgan boshqa tovarlar importini keskin oshirgan davlatlarga murojaat qilishni rejalashtirmoqda. Gap Turkiya, BAA hamda Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin.

Toshkent viloyatida Salavkiylar sarkardasining noyob ko‘zasi topildi
11 mart 2023, 18:03

Toshkent viloyatida Salavkiylar sarkardasining noyob ko‘zasi topildi

Bo‘ka tumanidan yunon ma’budasi tasviri tushirilgan ko‘za topildi. Uning miloddan avvalgi III asrga tegishli ekani aytilmoqda.

Oksana Chusovitina sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogida kumush medalni qo‘lga kiritdi
11 mart 2023, 17:15

Oksana Chusovitina sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogida kumush medalni qo‘lga kiritdi

47 yoshli atlet Oksana Chusovitina Bokuda o‘tayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining 3-bosqichida kumush medalga ega chiqdi. Bungacha o‘tgan 2 bosqichda u 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgandi.

2023 yilda budjetga xususiylashtirishdan 10 trln so‘m tushishi mumkin — Iqtisodiyot va moliya vazirligi
11 mart 2023, 16:49

2023 yilda budjetga xususiylashtirishdan 10 trln so‘m tushishi mumkin — Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2023 yilda davlat aktivlarini xususiylashtirish O‘zbekiston davlat budjetiga 10 trln so‘m daromad keltiradi, deb taxmin qilmoqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Bu oldingi yilgi prognozga nisbatan 66,6 foizga ko‘p. Daromadlar davlat budjeti taqchilligini qoplashga yo‘naltiriladi.

Toshkentda yuk poyezdi vagonlari relsdan chiqib ketdi
11 mart 2023, 15:59

Toshkentda yuk poyezdi vagonlari relsdan chiqib ketdi

Toshkent shahridagi Hamza stansiyasining birinchi yo‘lida yuk poyezdining 3 ta bo‘sh vagoni relsdan chiqib ketdi. «O‘ztemiryo‘lovchi» kompaniyasi tegishli tarkibiy bo‘linmalar voqea sabablarini o‘rganish boshlaganini bildirdi.

Majburiy ijro byurosiga yangi direktor tayinlandi
11 mart 2023, 15:45 4

Majburiy ijro byurosiga yangi direktor tayinlandi

Prezident farmoni bilan Muzaffar Egamberdiyev Majburiy ijro byurosi direktori lavozimiga tayinlandi. U shu paytga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Poytaxtda elektr ta’minotini yaxshilashga 3,5 trln so‘m yo‘naltiriladi
11 mart 2023, 15:44

Poytaxtda elektr ta’minotini yaxshilashga 3,5 trln so‘m yo‘naltiriladi

Toshkent shahrining elektrga bo‘lgan ehtiyojini qoplash maqsadida Yuqori Chirchiq tumanida 2023 yil yakunigacha 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasining birinchi bosqichi quvvatlari ishga tushiriladi. Shuningdek, elektr tarmoqlarini rivojlantirish loyihasiga 3,5 trln so‘m yo‘naltiriladi.

O‘zbekistonda Avstriya va Germaniyaga migrantlarni tayyorlash va malakasini oshirish markazi tashkil etilishi mumkin
11 mart 2023, 15:15

O‘zbekistonda Avstriya va Germaniyaga migrantlarni tayyorlash va malakasini oshirish markazi tashkil etilishi mumkin

O‘zbekiston Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Avstriyaning «eee Austria» kompaniyasi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi. Unda Avstriya va Germaniya mehnat bozorlarida ishga joylashish uchun migrantlarini tayyorlash va malakasini oshirish markazini tuzish masalasi muhokama qilindi.

Toshkentdan 2-sonli Zangiota shifoxonasiga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
11 mart 2023, 15:12

Toshkentdan 2-sonli Zangiota shifoxonasiga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘li Sergeli 5-bekatidan «Zangiota-2» yuqumli kasalliklar shifoxonasigacha 154-sonli yo‘nalish ishlab chiqilib, tenderga qo‘yildi. Avvalroq xodimlar va bemorlar transport yo‘qligidan shikoyat qilgandi.

Toshkentdagi maktabda darsga xalaqit bergan bolani urgan o‘qituvchi jarimaga tortildi
11 mart 2023, 14:56

Toshkentdagi maktabda darsga xalaqit bergan bolani urgan o‘qituvchi jarimaga tortildi

Yashnoboddagi 152-maktabda o‘qituvchi darsga xalaqit bergani uchun bolani urib, darsdan chiqarib yubordi. Tuman sudi pedagogga 900 ming so‘m jarima tayinladi. O‘qituvchi esa mazkur holat maktab direktori tomonidan uyushtirilgani va majburiy ishdan bo‘shatilganini aytmoqda.

Buxoroda avtobusda qizga tegajog‘lik qilgan yigit 15 sutkaga qamaldi
11 mart 2023, 14:41

Buxoroda avtobusda qizga tegajog‘lik qilgan yigit 15 sutkaga qamaldi

Buxoroda yo‘lovchi avtobusida noma’lum erkakning qiz bolaga tegajog‘lik qilgani xabar qilingandi. Viloyat IIB uning shaxsiga aniqlik kiritib, 15 sutkaga qamalganini ma’lum qildi.

Bekzod Shukurov bosh vazirga matbuot kotibi bo‘ldi
11 mart 2023, 11:55

Bekzod Shukurov bosh vazirga matbuot kotibi bo‘ldi

Bosh vazir matbuot kotibi lavozimiga avval hukumatning Ommaviy kommunikatsiyalar va axborot ochiqligini ta’minlash masalalari shu’basi mudiri lavozimida ishlagan Bekzod Shukurov tayinlandi.

Eron va Saudiya Arabistoni diplomatik munosabatlarni tiklashga kelishib oldi
11 mart 2023, 11:52

Eron va Saudiya Arabistoni diplomatik munosabatlarni tiklashga kelishib oldi

Pekinda Eron va Saudiya Arabistoni vakillari diplomatik munosabatlarni qayta tiklash bo‘yicha bayonot imzoladi. Rasmiylar ikki oy ichida elchixonalarni qayta ochishga kelishib oldi. Munosabatlar 2016 yil Saudiyada shia ruhoniysi qatl etilishi va Tehrondagi qirollik elchixonasiga o‘t qo‘yilishi ortidan uzilgandi.

Nima tayyorlaymiz: Bahoriy salatlar
11 mart 2023, 10:36

Nima tayyorlaymiz: Bahoriy salatlar

Yalpizli aralashma qo‘shib tayyorlangan, bodring va karamli salat, gruzincha, no‘xat va sabzavotli salat va boshqalar — Zira.uz foydali va tez tayyorlanadigan bahoriy salatlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Banklarda dollar kursi arzonladi
11 mart 2023, 10:24

Banklarda dollar kursi arzonladi

Tijorat banklari 11 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 335 — 11 380 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 400 — 11 450 so‘m.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting