Arxiv

O‘zbekistonlik atletlar Osiyo chempionatida yana 2 oltin medalni qo‘lga kiritdi
15 oktabr 2022, 14:18

O‘zbekistonlik atletlar Osiyo chempionatida yana 2 oltin medalni qo‘lga kiritdi

Quvaytda o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ko‘pkurash bahslarida Nodir Norboyev, balandlikka sakrash dasturida Barnoxon Sayfullayeva oltin medal oldi. Avvalroq, 15 yoshli Sharifa Davronova uzunlikka sakrash bahsida oltin medalga ega chiqqandi.

Chirchiqda bankomatlarni buzishga uringan harbiylar IIVda xizmat qiladi — Mudofaa vazirligi
15 oktabr 2022, 13:47

Chirchiqda bankomatlarni buzishga uringan harbiylar IIVda xizmat qiladi — Mudofaa vazirligi

Toshkent viloyatida 3 nafar harbiy xizmatchi bankomatlarni buzishga uringani xabar qilingandi. Mudofaa vazirligi qo‘lga olinganlar vazirlikka aloqasi yo‘qligini, ular IIV Qorovul qo‘shinlari harbiy xizmatchilari ekanini ma’lum qildi.

Pensiya olish huquqiga ega bo‘ladigan xodimlar ro‘yxati tuziladi
15 oktabr 2022, 12:47

Pensiya olish huquqiga ega bo‘ladigan xodimlar ro‘yxati tuziladi

Hukumat qarori bilan «Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom» tasdiqlandi. Hujjat pensiya bilan bog‘liq barcha yuridik masalalarni tartibga soladi.

«Eng boy va eng baxtsiz» tilimiz
15 oktabr 2022, 12:00

«Eng boy va eng baxtsiz» tilimiz

Ona tilimiz tarixining yechimini kutayotgan nazariy va amaliy muammolari talaygina. Ularni ilmiy asosda hal etish o‘zbek adabiy tili rivojida yangi bosqichni boshlab beradi, deb yozgandi Umarali Normatov va Nasimxon Rahmon 2007 yilda. «Gazeta.uz» «O‘zbek tili oyligi» doirasida maqolani qayta e’lon qiladi.

Namanganda $200 mingni noqonuniy ravishda xorijga olib chiqib kutayotgan shaxs ushlandi
15 oktabr 2022, 11:12

Namanganda $200 mingni noqonuniy ravishda xorijga olib chiqib kutayotgan shaxs ushlandi

«Namangan-Nanay» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan Cobalt avtomobili to‘xtatilganda, salon qismida 200 ming AQSh dollari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Fuqaro pullarni noqonuniy ravishda Qirg‘izistonga o‘tkazmoqchi bo‘lgani aytilmoqda.

Nima tayyorlaymiz: Ochiq piroglar
15 oktabr 2022, 10:53

Nima tayyorlaymiz: Ochiq piroglar

Jeymi Oliver retseptidagi kish, sabzavotli, tovuq va pomidorli kish, pishloq-qo‘ziqorinli usti ochiq pirog, tunets balig‘i va ismaloq solib pishirilgan kish va boshqalar — Zira.uz noodatiy taomlarni xush ko‘ruvchilar uchun mazali ochiq piroglar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Rahmon Putindan Markaziy Osiyoga SSSR vaqtida bo‘lganigidek muomala qilmaslikni so‘radi
15 oktabr 2022, 10:50

Rahmon Putindan Markaziy Osiyoga SSSR vaqtida bo‘lganigidek muomala qilmaslikni so‘radi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon MDH sammitida RF rahbari Vladimir Putinga uning mamlakati Rossiya manfaatlariga doimo hurmat bilan munosabatda bo‘lgani hamda o‘zaro hurmatni xohlashini aytdi. U RFdan Markaziy Osiyo mamlakatlariga sobiq Ittifoq vaqtida bo‘lganidek munosabat qilmasligini so‘radi.

Surxondaryoda mashina boshqargan 14 yoshli bola YTHga uchradi, tengdoshi vafot etdi
15 oktabr 2022, 10:12

Surxondaryoda mashina boshqargan 14 yoshli bola YTHga uchradi, tengdoshi vafot etdi

Sho‘rchi tumanida 14 yoshli voyaga yetmagan fuqaro Nexia avtomashinasi bilan YTH sodir etdi. Oqibatda mashinadagi 2008 yilda tug‘ilgan o‘smir halok bo‘ldi.

Namanganda sinf rahbari 5 sinf o‘quvchisini xatti-harakatlari sabab kaltakladi
15 oktabr 2022, 10:05

Namanganda sinf rahbari 5 sinf o‘quvchisini xatti-harakatlari sabab kaltakladi

Davlatobod tumanidagi 58-maktabda «Geografiya» fani o‘qituvchisi o‘zi rahbarlik qilayotgan 5-«v» sinfdagi o‘quvchini xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, kaltakladi. Holat bo‘yicha sud tibbiy ekspertizasi tayinlandi. XTV matbuot kotibi o‘qituvchilardan har qanday holatda og‘ir va vazminlik saqlashni so‘radi.

14 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
14 oktabr 2022, 22:00

14 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

MDH davlatlarini savdodagi to‘siqlarni tezkor bartaraf etishga chaqirgan O‘zbekiston, narxi oshgan turar-joylar, Volkswagen urib yuborishi natijasida vafot etgan 64 yoshli ayol, ajralishlar soni ko‘paygani, bir nechta elektron raqamli imzoga ega bo‘lish imkoniyati va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Bir shaxs bir nechta elektron raqamli imzoga ega bo‘lishi mumkin
14 oktabr 2022, 18:03

Bir shaxs bir nechta elektron raqamli imzoga ega bo‘lishi mumkin

Yangi tahrirdagi Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslar bir nechta elektron imzoga ega bo‘lishi mumkin, faqat u 2 yilga beriladi. Har bir kalitning sertifikati alohida ro‘yxatga olinadi.

Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarda qatnashganlikda gumonlangan yana 38 kishi oilasi bag‘riga qaytarildi
14 oktabr 2022, 17:19

Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarda qatnashganlikda gumonlangan yana 38 kishi oilasi bag‘riga qaytarildi

Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarda ishtirok etganlikda gumonlangan yana 38 kishi oilalari bag‘riga qaytarildi. Ular Jo‘qorg‘i Kenges raisining so‘rovi va deputatlik kafolatlari asosida hibsxonadan chiqarildi. Avvalroq 34 nafar gumondor ham ozodlikka chiqarilgandi.

Samarqandda Volkswagen urib yuborgan 64 yoshli ayol vafot etdi
14 oktabr 2022, 16:59

Samarqandda Volkswagen urib yuborgan 64 yoshli ayol vafot etdi

Samarqandda Volkswagen piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan ayolni urib yubordi. Piyoda voqea joyida vafot etdi. Haydovchi esa piyodani ko‘rmay qolganini aytdi.

9 oyda nikohlar soni kamaydi, ajralishlar ko‘paydi
14 oktabr 2022, 16:10

9 oyda nikohlar soni kamaydi, ajralishlar ko‘paydi

2022 yilning 9 oyi davomida O‘zbekistonda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan nikohlar soni 4,7 foizga kamaygan, ajralishlar esa 18,7 foizga oshgan.

O‘zbekiston MDH davlatlarini o‘zaro savdodagi to‘siqlarni tezkor bartaraf etishga chaqirdi
14 oktabr 2022, 15:01

O‘zbekiston MDH davlatlarini o‘zaro savdodagi to‘siqlarni tezkor bartaraf etishga chaqirdi

Shavkat Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlari sammitidagi nutqida o‘zaro savdo yo‘lidagi to‘siqlarni tezkor bartaraf etish va yangi logistika yo‘laklarini hamkorlikda rivojlantirishga chaqirdi. Davlat rahbari MDH mamlakatlari yosh olimlarining I kongressini kelasi yili O‘zbekistonda o‘tkazishni ham taklif qildi.

Sharifa Davronova yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida oltin medal oldi
14 oktabr 2022, 14:54

Sharifa Davronova yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida oltin medal oldi

Quvaytda o‘tkazilgan yengil atletika bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik 15 yoshli Sharifa Davronova uzunlikka sakrashda 6,06 metr natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Samarqandda yuz bergan YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
14 oktabr 2022, 14:26

Samarqandda yuz bergan YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Samarqandda yuqori tezlikda harakatlangan Lacetti yo‘lni ajratib turuvchi temir to‘siqqa urildi, buning oqibatida konstruksiya mashinaning o‘rtasidan teshib o‘tdi. Ikki erkak va uch ayol voqea joyida vafot etdi.

14-oktabrda tijorat banklari e’lon qilgan dollar kursi
14 oktabr 2022, 12:47

14-oktabrda tijorat banklari e’lon qilgan dollar kursi

Markaziy bank 14-oktabr uchun o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 108,25 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.

Samarqandda avtobus haydovchisi hamkasbi bilan janjallashib, uni bosib ketdi
14 oktabr 2022, 12:30

Samarqandda avtobus haydovchisi hamkasbi bilan janjallashib, uni bosib ketdi

Samarqandning Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida avtobus haydovchilari janjallashib qoldi. Haydovchilardan biri harakatni boshlagan avtobus yon oynasiga osilib oldi. Oqibatda u avtobus tagiga yiqilib, vafot etdi.

«Shohmotchi bellashmaydi — dona suradi»
14 oktabr 2022, 12:00

«Shohmotchi bellashmaydi — dona suradi»

Alibek Rustamov 1990 yildagi maqolasida iboralarning noto‘g‘ri qo‘llanishini tanqid qilib, o‘ynab gapirsa ham, o‘ylab gapirish zarurligini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «shohmotchi bellashmaydi — dona suradi», bundan Farg‘onacha bel ushlashib ko‘rishdilar, degan mazmun chiqadi. Maqolada bu kabi misollar talaygina.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting