Arxiv

O‘zbekistonning top-10 soliq to‘lovchisi e’lon qilindi. Budjet daromadlarining uchdan bir qismi ularga bog‘liq
10 mart 2023, 16:24

O‘zbekistonning top-10 soliq to‘lovchisi e’lon qilindi. Budjet daromadlarining uchdan bir qismi ularga bog‘liq

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2023 yilning 10 ta eng yirik soliq to‘lovchisi nomini e’lon qildi. Ular budjetning uchdan bir qismini ta’minlaydi. Davlat budjeti yirik soliq to‘lovchilarga qaramligicha qolmoqda. Taqqoslash uchun: 2018 yilda 20 ta kompaniya budjet tushumining 34 foizini taqdim etgandi.

Martdan butun O‘zbekiston bo‘ylab 5G texnologiyasi joriy etiladi
10 mart 2023, 16:10

Martdan butun O‘zbekiston bo‘ylab 5G texnologiyasi joriy etiladi

«O‘zbektelekom» martdan O‘zbekiston bo‘ylab 5G texnologiyasini joriy eta boshlaydi. Dastlab tarmoq bilan Toshkent shahri to‘laqonli, viloyat markazlari esa qisman qamrab olinadi. Qolaversa, ilk marotaba flagman smartfonlar, jumladan, iPhone egalari 5G`dagi mobil internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Berlinda «O‘zbekiston arxeologik xazinalari» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
10 mart 2023, 15:58

Berlinda «O‘zbekiston arxeologik xazinalari» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

May oyida Berlinda «O‘zbekistonning arxeologik xazinalari: makedoniyalik Iskandardan to Kushonlar sulolasigacha» ko‘rgazmasi ochiladi. Unda O‘zbekistonning 9 ta muzeyidan 285 ta ashyo namoyish etiladi.

Toshkentdagi tirbandliklardan eng ko‘p avtobus yo‘lovchilari aziyat chekmoqda — PMTI
10 mart 2023, 15:19

Toshkentdagi tirbandliklardan eng ko‘p avtobus yo‘lovchilari aziyat chekmoqda — PMTI

PMTI ekspertlari Toshkent shahri aholisining yo‘llardagi tirbandlikka munosabatini o‘rgandi. Respondentlarning aksariyati tartibsiz haydovchilar, qoidabuzarliklar va noto‘g‘ri parkovkani asosiy sabablar deb biladi. Tirbandliklardan ko‘proq avtobus va mikroavtobus yo‘lovchilari aziyat chekmoqda.

Prezident davlat mulkini boshqarish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
10 mart 2023, 14:42

Prezident davlat mulkini boshqarish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Prezident tasdiqlagan qonunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi, agentlik, davlat tashkilotlari va mahalliy hokimiyatlar davlat mulkini boshqaradi. Mamlakatning yer, yerosti boyliklari, o‘simlik, hayvonot dunyosi, arxiv hujjatlari, madaniy meros obyektlari va muhofazadagi hududlar xususiylashtirilmaydi.

Nukusdagi portlashda vayronalar ostidan olib chiqilgan 5 yoshli qizcha vafot etdi
10 mart 2023, 14:42

Nukusdagi portlashda vayronalar ostidan olib chiqilgan 5 yoshli qizcha vafot etdi

Nukus shahridagi 4 qavatli uyda gaz portlashidan so‘ng vayronalar ostidan qutqarib olingan 5 yoshli qizcha 8 mart kuni shifoxonada vafot etdi. Qizchaning otasi ushbu baxtsiz hodisa oqibatida onasi, turmush o‘rtog‘i va ikki farzandidan ayrildi.

Toshkentdagi ayrim ko‘chalar marafon sabab vaqtincha yopiladi
10 mart 2023, 14:29

Toshkentdagi ayrim ko‘chalar marafon sabab vaqtincha yopiladi

Toshkent shahrida o‘tkaziladigan V International Tashkent Marathon ommaviy yugurish musobaqasi sabab qator ko‘chalar 11−12 mart kunlari vaqtincha yopiladi.

Rossiyada jazo muddatini o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarosi Ukrainada vafot etdi
10 mart 2023, 13:09

Rossiyada jazo muddatini o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarosi Ukrainada vafot etdi

Rossiyada qamoq jazosini o‘tayotgan Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida yashovchi fuqaro Ukrainada vafot etdi. Qayd etilishicha, erkak Ukrainaga qurilish ishlari uchun jo‘natilgan va u turgan joyga snaryad kelib tushgan.

Qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 9 ta oltinga ega bo‘ldi
10 mart 2023, 12:32

Qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 9 ta oltinga ega bo‘ldi

Qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatini O‘zbekiston terma jamoasi jami 16 ta — 9 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan yakunladi.

Yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum 30 aprel kuni o‘tkazilishi kutilmoqda
10 mart 2023, 11:56

Yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum 30 aprel kuni o‘tkazilishi kutilmoqda

Qonunchilik palatasi Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha umumxalq referendumini — 30 aprel, yakshanba kuni o‘tkazishni ma’qulladi. Tegishli qarorni 134 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi, 2 nafari betaraf qoldi, 1 nafari esa ovoz bermadi. Avvalgi referendum bundan 21 yil avval bo‘lib o‘tgandi.

Deputatlar yangi Konstitutsiya bo‘yicha qonunni qabul qildi
10 mart 2023, 11:51

Deputatlar yangi Konstitutsiya bo‘yicha qonunni qabul qildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari «O‘zbekiston Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahririni qabul qildi, keyinchalik u referendumga qo‘yiladi.

Namanganda 14,5 kg narkotik moddasining muomalaga kiritilishi oldi olindi
10 mart 2023, 11:43

Namanganda 14,5 kg narkotik moddasining muomalaga kiritilishi oldi olindi

Yangiqo‘rg‘on tumanidagi «o‘zbek-qirg‘iz» davlat chegarasida 14,5 kg «gashish», 50 gr «geroin» moddasi va boshqa turdagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishi oldi olindi.

Dam olish kunlari yomg‘irli o‘tadi
10 mart 2023, 11:27

Dam olish kunlari yomg‘irli o‘tadi

Shanba va yakshanba kunlari Kaspiy dengizi hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib keladi. Joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat shanba kuni kunduzi +21…+26 daraja, yakshanba kuni salqinroq, +13…+18 daraja atrofida bo‘ladi.

Toshkentda ayollarning tashqi ko‘rinishini tanqid qilgan qiz 15 mln so‘m jarimaga tortildi
10 mart 2023, 10:47

Toshkentda ayollarning tashqi ko‘rinishini tanqid qilgan qiz 15 mln so‘m jarimaga tortildi

Poytaxtda burqa kiygan 20 yoshli talaba qiz xotin-qizlarning ochiq-sochiq libosini tanqid qildi. IIV o‘z diniy qarashlari orqali boshqalarga baho berish yoki shaxsiy hayotga aralashish mumkin emasligini eslatib, qiz 15 mln so‘m jarimaga tortilganini bildirdi.

Andijonda elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma 900 mln so‘m jarimaga tortildi
10 mart 2023, 10:23

Andijonda elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma 900 mln so‘m jarimaga tortildi

Andijon shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma egasi 900 mln so‘m jarimaga tortildi. U ferma faoliyatini hech qanday ruxsatnoma va hujjatlarsiz olib borgan. Avvalroq Senat energiya resurslaridan qonunga zid foydalanishni o‘g‘rilik deb baholovchi qonunni ma’qullagandi.

9 ta hududda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
10 mart 2023, 10:21

9 ta hududda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

11−12 mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Banklarda dollarning sotish kursi 11 465 so‘mgacha oshdi
10 mart 2023, 10:08

Banklarda dollarning sotish kursi 11 465 so‘mgacha oshdi

Tijorat banklari 10 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 320 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 320 — 11 465 so‘m.

Migratsiya agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni bank xizmatlari bilan bog‘liq firibgarlikdan ogohlantirdi
10 mart 2023, 09:42

Migratsiya agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni bank xizmatlari bilan bog‘liq firibgarlikdan ogohlantirdi

Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolari mobil ilovadan pul o‘tkazishda hisob raqamidan pul yechib olinishi va yuqori foizli kreditlar rasmiylashtirilishi kabi muammolarga uchramoqda. Migratsiya agentligi fuqarolardan bank xizmatlaridan foydalanishda shaxsiy ma’lumotlarni hech kimga ma’lum qilmaslikni so‘radi.

Si Szinpin uchinchi muddatga Xitoy raisi etib saylandi
10 mart 2023, 09:39

Si Szinpin uchinchi muddatga Xitoy raisi etib saylandi

Si Szinpin 5 yillik muddatga Xitoy raisi lavozimiga qayta saylandi. U uchinchi muddatga prezident etib saylangan XXRning ilk rahbari bo‘ldi.

Samarqandda Nexia-3 bino yerto‘lasiga tushib ketdi
10 mart 2023, 09:19

Samarqandda Nexia-3 bino yerto‘lasiga tushib ketdi

Samarqand shahrida Nexia-3 haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qurilishi tugallanmagan bino yerto‘lasiga tushib ketdi. Oqibatda u yengil jarohat oldi. YTH bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting