Samarqand shahrida Nexia-3 haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qurilishi tugallanmagan bino yerto‘lasiga tushib ketdi. Oqibatda u yengil jarohat oldi. YTH bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda.
Konstitutsiyaviy qonun loyihasidagi yangiliklar, 1 oyda $1,9 mlrdga kamaygan oltin-valyuta zaxiralari, 8 kunga yopiladi Qo‘yliq metro bekati, yurak xastaligidan vafot etgan Aleksandr Nechayev, umumxalq xayriya hasharida 5 mingga yaqin oilaning uy-joyi ta’mirlanishi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekistonning 2023 yilgi davlat budjetiga bag‘ishlangan «Fuqarolar uchun budjet» nashrini e’lon qildi. Unga ko‘ra, iqtisodiy o‘sish 5,3 foiz, inflyatsiya 9,5 foiz, davlat budjeti taqchilligi 3 foiz darajasida prognoz qilinmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda siyosiy partiyalarning rolini oshirish uchun aralash saylov tizimiga o‘tishni taklif qildi, deya ma’lum qildi O‘zXDP yetakchisi Ulug‘bek Inoyatov.
Payshanbaga o‘tar kechasi Rossiya Ukraina hududiga 81 ta raketa bilan hujum qildi. Lvov viloyatida snaryad turar-joy binolariga tushib, besh kishi, Dnepropetrovsk viloyatida bir kishi halok bo‘ldi. Rossiya Mudofaa vazirligi bu «Bryansk viloyatidagi terrorchilik harakatlari uchun katta javob zarbasi» ekanini aytdi.
Humo va Uzcard to‘lov tizimlari bankomatlarining o‘zaro integratsiyasi prezident qarori bilan may oyi oxirigacha, tizimlarning terminallari esa yil so‘ngiga qadar yakuniga yetkaziladi.
Samarqandda o‘zini taksichi deb tanishtirgan 38 yoshli mast erkak 14 yoshli qizni olib qochdi. Viloyat IIBga ko‘ra, u pastga tushib, g‘ildiraklarga qarayotgan vaqtida qiz mashinadan qochishga erishgan. Ayni paytda erkak ushlangan bo‘lib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekiston maktablarida 18 mart uchinchi chorakning so‘nggi kuni bo‘ladi, to‘rtinchi chorak 27 martdan boshlanadi.
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasida parlamentdagi senatorlar soni 100 tadan 65 taga qisqartirilishi ma’lum qilindi. Bunda har bir hududdan 4 tadan senator saylanadi. Prezident tomonidan tayinlanadigan senatorlar soni esa 16 tadan 9 taga kamaytiriladi.
Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga ayni bir shaxsning surunkasiga 2 muddatdan ortiq ushbu lavozimga saylanishi (tayinlanishi) mumkin emasligiga oid qoida kiritilmoqda. Bu lavozimlarga prezident, Senat raisi, hokimlar, bosh prokuror va boshqalar kiradi.
11 mart kuni O‘zbekistonda o‘tkaziladigan umumxalq xayriya hasharida 5 mingga yaqin oilaning uy-joyi ta’mirlab beriladi. Bu ishlarga 1,3 mlrd so‘m sarflanadi. Shuningdek, 7 mingdan ziyod ehtiyojmand oilaga 2 mlrd so‘mdan ko‘proq moddiy yordam ko‘rsatiladi.
Tajriba tariqasida Toshkentda vaqtinchalik tartib joriy etiladi, unga ko‘ra, ayrim do‘konlar va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari kassasida kartadan naqd pul yechib olish mumkin bo‘ladi. Birinchi bosqichda loyiha Korzinka supermarketlar tarmog‘ida ishga tushiriladi.
Fevral oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yanvar oyiga nisbatan 1,98 mlrd dollarga pasaydi. Natijada ko‘rsatkich fevral oyiga kelib $33,9 mlrdni tashkil etdi.
Jismoniy shaxslardan poyezd, samolyot chiptalari, barcha turdagi kommunal xizmatlar, davlat boji va jarimalar, bolalar bog‘chalari, maktablar va oliy o‘quv yurtlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishda to‘lov xizmatlari uchun komissiya undirilmaydi.
Jurnalist va shoir Akmal Toshev 37 yoshida vafot etdi. Bosh prokuratura uning o‘limi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi. U shu paytga qadar “Inson va qonun” gazetasi va “Huquq va burch” jurnali birlashgan tahririyatida bosh mutaxassis vazifasida ishlab kelayotgandi.
Xitoyning King Long kompaniyasi O‘zbekistonga 200 ta 18 metrli «garmoshkali avtobus»ni mart-may oylarida yetkazib berishi kutilmoqda. Dastlabki partiyani ishlab chiqarish jarayonlari yakunlandi.
Qozog‘istonning sobiq mudofaa vaziri Murat Bektanov 2022 yilning yanvaridagi tartibsizliklar chog‘ida o‘z mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda aybdor deb topilib, 12 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Toshkent metropolitenining 7-bekati (Qo‘yliq) 11 mart, shanba kunidan keyingi shanba kuniga qadar vaqtincha yopiladi. Yo‘lovchilar uchun 6 va 7-bekat oralig‘ida qo‘shimcha avtobus qo‘yib beriladi.
Toshkent shahrida fuqaroni 20 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga yuborishini va’da qilgan Jahon tillari universiteti talabasi va boshqalar qo‘lga olindi.
Bosh prokuratura Toshkentda o‘lik holda topilgan rossiyalik jurnalist Aleksandr Nechayev «surunkali yurak-o‘pka yetishmovchiligi, yurakning surunkali ishemik kasalligi»dan vafot etganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting