Arxiv

Tilimiz — g‘ururimiz
4 oktabr 2022, 12:00

Tilimiz — g‘ururimiz

«Gazeta.uz» «O‘zbek tili oyligi» doirasida 1990 yillarda turli nashrlarda chop etilgan maqolalarni berishda davom etadi. O‘sha yillari Zoir Ziyoning «o‘zbek tili to‘la mustaqillikka erishishi lozim», degan gapi bugun ham o‘z dolzarb. «Bu ishda tilshunoslarimiz faollik ko‘rsatishi kerak», — degandi u.

2022 yilda maktabni bitirganlarning 23 foizi talaba bo‘ldi
4 oktabr 2022, 11:59

2022 yilda maktabni bitirganlarning 23 foizi talaba bo‘ldi

2022 yilda maktabni bitirgan 295 393 nafar o‘quvchi OTMga hujjat torshirdi. Ularning 85 869 nafari (23%) talaba bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich 2021 yilga nisbatan 4 foizga, 2020 yilga nisbatan 12 foizga oshgan. O‘quvchilari o‘tish balini to‘play olmagan 519 ta umumta’lim maktabi alohida nazoratga olindi.

Yil boshidan beri ko‘cha va jamoat joyida 4 mingdan ortiq ayol zo‘ravonlikka uchradi
4 oktabr 2022, 11:39

Yil boshidan beri ko‘cha va jamoat joyida 4 mingdan ortiq ayol zo‘ravonlikka uchradi

9 oyda O‘zbekistonda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining 27 mingdan ortig‘i — oilada, 3 mingdan ortig‘i — ko‘chada, 1 mingdan ortig‘i — jamoat joyida sodir etildi, deya ma’lum qildi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi. Jami 32 mingdan ortiq xotin-qizlarga himoya orderlari berildi.

Sanatoriyalarda davolanish uchun onlayn navbatga turish xizmati ishga tushirildi
4 oktabr 2022, 11:30

Sanatoriyalarda davolanish uchun onlayn navbatga turish xizmati ishga tushirildi

Yagona portalda keksalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun sihatgohlarda yotib davolanish uchun onlayn navbatga turish xizmati yo‘lga qo‘yildi. Xizmatdan foydalanish uchun ariza beruvchi kerakli sihatgohni belgilaydi va so‘rov yuboradi. Shundan so‘ng u o‘z navbatini onlayn kuzatib boradi.

Foto: Chirchiqdagi portlashda zavodning ikki xodimi jarohatlandi, yong‘in o‘chirildi
4 oktabr 2022, 10:44

Foto: Chirchiqdagi portlashda zavodning ikki xodimi jarohatlandi, yong‘in o‘chirildi

«O‘zkimyosanoat» kompaniyasi «Maxam Chirchiq» zavodida avval portlash bo‘lgani, keyin buning natijasida yong‘in yuzaga kelgani, atrof-muhitga zararli gazlar tarqalmaganini ma’lum qildi. Voqea joyiga energetika vaziri yetib bordi. Portlash oqibatida zavodning ikki xodimi jarohatlangani aytilmoqda.

Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohni taqiqlash rejalashtirilmoqda
4 oktabr 2022, 10:44

Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohni taqiqlash rejalashtirilmoqda

Oila kodeksida yon shajara bo‘yicha qarindoshlar o‘rtasidagi nikohni taqiqlash taklif etilmoqda. 2021 yilning ikkinchi yarmida respublika bo‘yicha jami 1210 ta yaqin qarindoshlar (529 ta — xolavachcha, 307 ta — tog‘avachcha, 178 ta — amakivachcha, 196 ta — ammavachcha) o‘rtasida nikoh holatlari qayd qilingan.

Shavkat Mirziyoyev Budapeshtga yetib bordi
4 oktabr 2022, 09:53

Shavkat Mirziyoyev Budapeshtga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida Budapeshtga yetib bordi. Oliy martabali mehmonlarni Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad kutib oldi. O‘zbekiston — Vengriya sammitning asosiy tadbirlari seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Chirchiq shahridagi zavodda portlash yuz berdi
4 oktabr 2022, 09:42

Chirchiq shahridagi zavodda portlash yuz berdi

Seshanba tongida Chirchiq shahridagi «Maxam Chirchiq» kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi zavodda yong‘in yuzaga keldi va portlash sodir bo‘ldi. Viloyat hokimligi ayni vaqtda FVV va huquq-tartibot idoralari yong‘inni o‘chirish choralarini ko‘rayotganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda odam papilloma virusi testini o‘tkazish dasturini joriy etish rejalashtirilmoqda
4 oktabr 2022, 09:14

O‘zbekistonda odam papilloma virusi testini o‘tkazish dasturini joriy etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda har yili 1000 ga yaqin ayolning o‘limiga sabab bo‘ladigan bachadon bo‘yni saratonini erta aniqlashda odam papilloma virusi testini o‘tkazish bo‘yicha sinov loyihasi o‘z samarasini ko‘rsatdi. Bunday skriningni doimiy o‘tkazish dasturi kasallanish va o‘lim darajasini pasaytirishga yordam berishi kutilmoqda.

O‘zbekiston valyuta birjasida ilk bor fyuchers operatsiyalarini amalga oshirish imkoni yaratildi
3 oktabr 2022, 23:15

O‘zbekiston valyuta birjasida ilk bor fyuchers operatsiyalarini amalga oshirish imkoni yaratildi

Dushanba kuni Markaziy bank, O‘zRVB va boshqa mutasaddi vakillar ishtirokida yangi fyuchers platformasi va mobil ilovaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Namoyishda shuningdek, likvidlik provayderlari, konrtagent faoliyat hamda risk defolt menejmenti kabi mavzularga ham e’tibor qaratildi.

3-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
3 oktabr 2022, 22:00

3-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Samarqandda o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti, Vengriyaga ketgan prezident, Chirchiq daryosidan topilgan IIV xodimining jasadi, o‘z onasini o‘ldirgan erkak, paxta tashuvchi traktorga urilgan Cobalt, NASAning xalqaro tanlovida ishtirok etadigan o‘zbeklar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.

Qashqadaryoda feldsher nogiron shaxsning kartasidan 5 mln so‘mni o‘zlashtirgani aytilmoqda
3 oktabr 2022, 21:09

Qashqadaryoda feldsher nogiron shaxsning kartasidan 5 mln so‘mni o‘zlashtirgani aytilmoqda

Qashqadaryoning Dehqonobod tumanidagi oilaviy shifokorlik punkti feldsheri ko‘rikka kelgan 2-guruh nogironining bank kartasidan 5 mln so‘m pulini o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi. Gumonlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Namanganda traktorga urilgan Cobalt ichidagi ikki kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohat oldi
3 oktabr 2022, 18:09

Namanganda traktorga urilgan Cobalt ichidagi ikki kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohat oldi

Namangan viloyatida Cobalt avtomashinasi va paxta tashuvchi traktorning to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, uch kishi kasalxonaga yotqizildi. Traktor haydovchilari o‘rtasida tungi vaqtda yoritish chiroqlari va nur qaytargichlar soz holda harakatlanish bo‘yicha suhbatlar o‘tkazilmoqda, deyilgan YHXB xabarida.

NASA`ning xalqaro tanlovida O‘zbekiston nomidan uchta jamoa ishtirok etadi
3 oktabr 2022, 17:46

NASA`ning xalqaro tanlovida O‘zbekiston nomidan uchta jamoa ishtirok etadi

Toshkentda o‘tkazilgan xakatonda uchta jamoa — «SpaceY», «Astrea» va «AvacadOS» g‘olib bo‘ldi. Ular O‘zbekiston nomidan NASAning xalqaro tanlovida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

G‘ijduvonda 29 yoshli erkak onasini janjal vaqtida o‘ldirib qo‘ydi
3 oktabr 2022, 17:09

G‘ijduvonda 29 yoshli erkak onasini janjal vaqtida o‘ldirib qo‘ydi

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida 29 yoshli fuqaro onasidan yashash uyiga begona erkaklarni olib kelmaslikni so‘rab, u bilan janjallashib qolgan. Oqibatda u onasini oshxona pichog‘i bilan jarohatlab, o‘ldirib qo‘ydi. Prokuratura voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Nukusda Sulaymon Boqirg‘oniy tavalludining 900 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi
3 oktabr 2022, 15:26

Nukusda Sulaymon Boqirg‘oniy tavalludining 900 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi

Nukus va Mo‘ynoqda Ahmad Yassaviyning shogirdi, Zangi otaning ustozi — Sulaymon Boqirg‘oniy tavalludining 900 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Avstraliya, Afg‘oniston, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlaridan olim va tadqiqotchilar ishtirok etdi.

11 noyabr kuni Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi
3 oktabr 2022, 15:21

11 noyabr kuni Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi

Turkiy kengash o‘rniga qayta tashkil etilgan Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti 11 noyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tadi.

Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga jo‘nab ketdi
3 oktabr 2022, 14:55

Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga jo‘nab ketdi

Vengriya tomonining taklifiga binoan, Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Tashrif davomida Vengriya prezidenti va bosh vaziri bilan bir qatorda mamlakatning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan ham uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

3-oktabrda tijorat banklari e’lon qilgan dollar kursi
3 oktabr 2022, 12:27

3-oktabrda tijorat banklari e’lon qilgan dollar kursi

Markaziy bank 3 oktabrda amalda bo‘ladigan AQSh dollarining rasmiy kursini 9,07 so‘mga pastlab, 11 004,94 so‘m etib belgiladi. Shundan so‘ng, tijorat banklari ham sotish va sotib olish bo‘yicha o‘z taklifini yangiladi.

Hafta sovuq bo‘ladi
3 oktabr 2022, 12:14

Hafta sovuq bo‘ladi

Hafta davomida O‘zbekistonda nisbatan sovuq ob-havo kuzatiladi. Kunduzi harorat +26 darajaga yetadi, kechalari +8…+13 darajagacha tushishi kutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting