Arxiv

Eski-Juva bozorida sotuvchi ayol hamkasbining qulog‘ini tishlab, uzib oldi
18 fevral 2023, 16:35

Eski-Juva bozorida sotuvchi ayol hamkasbining qulog‘ini tishlab, uzib oldi

Toshkentdagi Eski-Juva bozorida sotuvchi ayollar o‘rtasida yuzaga kelgan o‘zaro janjal vaqtida 29 yoshli ayol hamkasbini do‘pposlab, qulog‘ining bir qismini tishlab, uzib oldi. JIB Shayxontohur tumani sudi tomonidan hamkasbining qulog‘ini tishlagan ayolga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

1 apreldan Toshkent jamoat transportida moslashuvchan tariflar joriy etiladi
18 fevral 2023, 15:26

1 apreldan Toshkent jamoat transportida moslashuvchan tariflar joriy etiladi

Toshkent shahrida 1 apreldan jamoat transportida yo‘l haqi to‘lashning moslashuvchan tizimi (1 soat ichida bir yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan boshqasiga o‘tish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli va bepul tariflar) joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Elektron to‘lovlar uchun chegirmalar qo‘llanadi.

Navruz Group uy-joylarni sotib olish bo‘yicha keng ko‘lamli moliyaviy xizmatlarni taklif qiladi
18 fevral 2023, 15:00

Navruz Group uy-joylarni sotib olish bo‘yicha keng ko‘lamli moliyaviy xizmatlarni taklif qiladi

Hozirda Navruz turar-joy majmuasida joylashgan xonadonlarni qulay shartlarda xarid qilish mumkin.

Po‘lat Bobojonov Voleybol federatsiyasi raisi etib saylandi
18 fevral 2023, 11:57

Po‘lat Bobojonov Voleybol federatsiyasi raisi etib saylandi

Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi.

Jizzaxda begona ayol bilan qo‘lga tushgan profilaktika inspektori ishdan olindi
18 fevral 2023, 11:48

Jizzaxda begona ayol bilan qo‘lga tushgan profilaktika inspektori ishdan olindi

G‘allaorol tumani IIB profilaktika katta inspektori begona ayol bilan qo‘lga tushishi ortidan ishdan olindi. Shuningdek, tuman IIBning 4 nafar rahbari inspektor faoliyati ustidan yetarlicha nazorat o‘rnatmagani uchun jazolandi.

Nima o‘qiymiz? Ta’lim bo‘yicha ekspert Komil Jalilov tavsiya qiladi
18 fevral 2023, 11:29

Nima o‘qiymiz? Ta’lim bo‘yicha ekspert Komil Jalilov tavsiya qiladi

“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.

Toshkentda yugurish musobaqasi sababli bir nechta markaziy ko‘chalar yopiladi
18 fevral 2023, 11:06

Toshkentda yugurish musobaqasi sababli bir nechta markaziy ko‘chalar yopiladi

Poytaxtning qator markaziy ko‘chalari 19 fevral kuni «Men g‘olib» ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan yopiladi.

2023 yilda Buxoroda elektr taqchilligi hajmi 150 mln kVt soat bo‘lishi kutilmoqda
18 fevral 2023, 10:41

2023 yilda Buxoroda elektr taqchilligi hajmi 150 mln kVt soat bo‘lishi kutilmoqda

Buxoroda 2023-yilda yillik elektr iste’moli 4,3 mlrd kVt soatni tashkil etib, taqchillik 150 mln kVt soat bo‘lishi kutilmoqda. Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda bularni qoplash uchun 740 ta korxonada 22 MVtli, ijtimoiy obyekt va ko‘p qavatli uylar ustida 11 MVtli quyosh panellari o‘rnatish mumkinligi aytildi.

Nima tayyorlaymiz: Bananli pishiriqlar
18 fevral 2023, 10:01

Nima tayyorlaymiz: Bananli pishiriqlar

Bananli krambl, shokolad va bananli maffinlar, banan solib pishirilgan qatlama va kekslar, pechene va quymoqlar, fransuzcha grenka va boshqalar — Zira.uz shirin va noodatiy bananli pishiriqlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Toshkentga 200 ta 18 metrli “garmoshkali avtobus” olib kelinadi
18 fevral 2023, 09:53

Toshkentga 200 ta 18 metrli “garmoshkali avtobus” olib kelinadi

Toshkent shahri jamoat transporti uchun 200 ta 18 metrli va 500 ta 12 metrli tabiiy gazda ishlaydigan avtobus olib kelinadi. 18 metrli transportning qayrilish darajasi yo‘l parametrlariga to‘g‘ri kelishi uchun uning o‘rtasi “garmoshkali” tarzda bo‘ladi.

Jahon yangiliklari dayjesti
17 fevral 2023, 22:20

Jahon yangiliklari dayjesti

Istanbulda bo‘lishi kutilayotgan zilzilada Qahramanmarashdagidan ko‘proq qurbon berilishi mumkinligi, Yevropa Rossiya kompaniya va fuqarolarining 21,5 mlrd yevrolik aktivlarini muzlatgani, AQShda yoshlar o‘rtasidagi mushtlashuvning otishmaga aylanib ketgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

17 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
17 fevral 2023, 22:00

17 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

$4 ming olganlikda gumonlanayotgan Yashnobod tumani sudi sudyasi, quyosh panellarini o‘rnatgan aholi uchun rag‘batlar, yangi ko‘p qavatli uy tomlarining yarmiga quyosh panellarini o‘rnatish talabi, 2022 yilda daraxtlarni noqonuniy kesishdan ko‘rilgan 10 mlrd so‘m zarar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Jo Bayden Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi
17 fevral 2023, 21:14 1

Jo Bayden Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

AQSh prezidenti O‘zbekiston prezidentiga yo‘llagan maktubida AQSh uchun O‘zbekiston bilan iqtisodiyot va energetika sohalarida aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, mamlakat siyosiy tizimini modernizatsiya va isloh qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa hisoblanishini ta’kidladi.

Issiqxonalar, korxonalar, ijtimoiy obyektlar ommaviy ravishda gazdan ko‘mirga o‘tkaziladi
17 fevral 2023, 18:48

Issiqxonalar, korxonalar, ijtimoiy obyektlar ommaviy ravishda gazdan ko‘mirga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda gazni tejash maqsadida issiqxonalar, sement va g‘isht zavodlari, bolalar bog‘chalari, maktab va shifoxonalarning bir qismi ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkaziladi. 2023 yilda 5407 ta ijtimoiy obyekt, 1147 ta issiqxona va 250 ta zavodning ko‘mirdan foydalanishga o‘tkazilishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda yo‘lovchi tashish hajmi pandemiyadan oldingi yilga nisbatan 22 foizga oshdi — Uzbekistan Airports
17 fevral 2023, 18:21

O‘zbekistonda yo‘lovchi tashish hajmi pandemiyadan oldingi yilga nisbatan 22 foizga oshdi — Uzbekistan Airports

Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jo‘rayeva yo‘lovchi tashish hajmi pandemiyadan oldingi yilga nisbatan 22 foizga oshganini ma’lum qildi. 2023 yilda yangi mahalliy aviakompaniyalar tashkil etish va xorijiy kompaniyalarni jalb qilish hisobiga ko‘rsatkichni 18 foizga oshirish rejalashtirilgan.

Qashqadaryoda yigit qizning shaxsiy suratlarini tarqatmaslik uchun 5000 dollar talab qilgani aytilmoqda
17 fevral 2023, 18:10

Qashqadaryoda yigit qizning shaxsiy suratlarini tarqatmaslik uchun 5000 dollar talab qilgani aytilmoqda

Shahrisabzda gaplashib yurgan qizining shaxsiy suratlarini qo‘lga kiritib, ushbu rasmlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitgan va undan 5 000 AQSh dollar talab qilganlikda gumonlangan yigit qo‘lga olindi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Sag‘indiq Turmanov Qoraqalpog‘iston kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri bo‘ldi
17 fevral 2023, 17:16

Sag‘indiq Turmanov Qoraqalpog‘iston kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri bo‘ldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga Sag‘indiq Turmanov tayinlandi.

Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa va Yunusobod tumanlari hokimlariga hayfsan berildi
17 fevral 2023, 16:42

Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa va Yunusobod tumanlari hokimlariga hayfsan berildi

Poytaxt hokimi v.b. Baxtiyor Rahmonov Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa va Yunusobod hokimlariga hayfsan berdi. Bunga Shavkatbek Irgashev, Farxod Abdullayev va Boxadir Abduvaliyevlarning qishga tayyorgarlik va uni betalafot o‘tkazish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmagani, aholi bilan muloqot qilmagani sabab bo‘lgan.

2022 yilda daraxtlarni noqonuniy kesishdan ko‘rilgan zarar 10 mlrd so‘mni tashkil etdi
17 fevral 2023, 16:35

2022 yilda daraxtlarni noqonuniy kesishdan ko‘rilgan zarar 10 mlrd so‘mni tashkil etdi

O‘zbekistonda 2022 yilda daraxt va butalarni noqonuniy kesish bo‘yicha 4599 ta holat aniqlangan. Taqqoslash uchun, 2021 yilda 8243 ta qoidabuzarlik qayd etilgan. Tabiatga yetkazilgan zarar 10 mlrd so‘mga baholanmoqda. Qurilish maydonchalarida to‘siqlar bilan o‘ralgan 24 ming daraxt xavf ostida qolmoqda.

Yashnobod tumani sudi sudyasi $4 ming olganlikda gumonlanmoqda
17 fevral 2023, 15:40

Yashnobod tumani sudi sudyasi $4 ming olganlikda gumonlanmoqda

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudi sudyasi (erkak) 4000 dollar olganlikda gumonlanmoqda. Sudyalar oliy kengashi bosh prokuror taqdimnomasiga ko‘ra uni javobgarlikka tortishga rozilik berdi va sudyalik vakolatini tugatdi. Oliy sud roziligi bilan sudya qamoqqa olindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting