Toshkent otchoparida ikki bosh otning ochlikdan o‘lishiga sababchi bo‘lgan shaxslar hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganliklari uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.
S&P 2023 yilda Ukrainaga qarshi urush va global iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi fonida O‘zbekiston YAIM o‘sishi 5 foizgacha sekinlashishini prognoz qilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha Mintaqaviy markazi rahbari lavozimidagi missiyasini yakunlayotgan Natalya Germanni qabul qildi.
Shoh Boburning durdona memuarini to‘liq o‘qiganlar kam. Aksarimiz darslikdagi parchalar bilan kifoyalanganmiz. Tili, uslubi qiyinligini bahona qilamiz. Lekin oramizda shunday o‘quvchilar borki, farzandlarining ismlarini Bobur mirzoga atab qo‘ygan. «Gazeta.uz» ana shunday kitobxonlar bilan suhbatlashdi.
Yoshlar davlat va jamiyatdan nima istaydi? YouTube’dagi «Ular» loyihasining yangi soni shu mavzudagi muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik davlatdan erkinlik va qonun ustuvorligini ta’minlashni, jamiyatdan esa shaxsiy hayotga «burun suqmaslik»ni so‘ragan. «Gazeta.uz» yoshlarning fikrlarini bir sahifaga jamladi.
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari — investitsiya va tashqi savdo vaziri lavozimiga Oteuliyev Azamat Abilkasimovich tayinlandi.
“Ishga joylashmagan bitiruvchilari ko‘p bo‘lgan nodavlat oliy o‘quv yurtlari sifatsiz ta’lim beruvchi muassasa sifatida tan olinadi va ularning faoliyati tugatilishi mumkin”, — dedi O‘zbekiston oliy ta’lim vaziri Ibrohim Abdurahmonov. Bayonot tarmoqlarda tanqidlarga sabab bo‘ldi. Vazirlik bunga javob qaytardi.
Yakkasaroy tumanida yashovchi fuqarolardan kommunal to‘lovlar uchun yig‘ilgan 158,5 million so‘mni o‘zlashtirgan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.
Oltiariq tumanidan oqib o‘tuvchi «Baziquvur» kanaliga Nexia-2 avtomobili tushib ketdi. Voqeaga haydovchining ehtiyotsizligi sabab bo‘lgan. Mashina FVBning maxsus texnika va asbob-anjomlari yordamida chiqarib olindi.
Jizzax, Samarqand va Buxoro viloyatlarida qalbaki banknotlarni tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan bir guruh shaxslar qo‘lga olinib, ulardan jami 462,4 million so‘mlik qalbaki pullar olib qo‘yildi.
Turkiya kompaniyasi Farg‘ona viloyatida 1000 MVt quvvatga ega fotoelektr stansiyasini qurishi mumkin. Investorlarga ularni qurish uchun uchta tumanda joy tanlash taklif qilindi.
Tarmoqlarda Chilonzor tumanida enaga 6 yoshli nogiron bolani kaltaklagani aks etgan vider tarqaldi. Uni bolaning onasi fuqarolarni ogohlikka chaqirish uchun tarqatgani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan tuman IIO tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Toshkent shahri harbiy prokuraturasi harbiy xizmatchi Mirjalol Imomovning o‘lim holatini o‘rganib, unda biror shaxsning harakatlarida jinoyat tarkibini aniqlamadi. Tergovgacha tekshiruv materiallariga ko‘ra, u o‘z joniga qasd qilgan. Shu bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilishi rad etildi.
Termiz tumanida giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullangan 4 nafar shaxsga hukm o‘qildi. Ularga 12 yildan 14 yilgacha bo‘lgan muddatlarga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekiston barcha gaz va neftga oid eksklyuziv huquqni Rossiyaga qarashli kompaniyaga 35 yilga bergani haqidagi ma’lumotni rad etdi. «Ekspluatatsiyada bo‘lgan konlarning asosiy qismi «O‘zbekneftgaz»ga tegishli», — dedi u.
Joriy yilda Orol dengizining qurigan 100 ming gektar maydonida himoya o‘rmonzorlari tashkil etiladi. Hukumat farmoyishiga ko‘ra, buning uchun bir qancha jamg‘armalar, tijorat banklari hamda Qoraqalpog‘iston budjetining oshirib bajarilgan qismi hisobidan 25 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.
Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida maktab binosining tashqi devori yorilib, yomg‘ir suvlari bino poydevorining biroz cho‘kishiga sabab bo‘ldi. Qurilish vazirligining ma’lum qilishicha, yoriqlar ta’mirlangan. Pudratchiga bahorgi ta’tilda binoni qayta to‘liq ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
18 fevral kuni Toshkent metropolitenining «Do‘stlik-2» bekatidan to «Qo‘yliq» bekatigacha bo‘lgan qismi texnik ishlar sabab ishlamaydi. Harakat 19 fevraldan yana tiklanadi.
Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi, senator Baxtiyor Sayfullayev 72 yoshida vafot etdi. U 2017−2020-yillarda O‘zbekiston madaniyat vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.
Tijorat banklari 14 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 275 — 11 345 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 385 so‘m.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting