DXX Tergov boshqarmasi tomonidan 18 bola o‘limiga sababchi bo‘lgan «Dok-1 Maks» bilan bog‘liq holat bo‘yicha Quramax medical hamda «Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi» mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchilar DXX Tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.
Senatorlar IIV ishlab chiqqan «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi qonunni rad etdi. Ular bir qator normalar boshqa qonunlarga mos kelmasligini, ba’zan zid ekanini aytdi. «Qonunning bunday shaklda qabul qilinishi jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin», — dedi Tanzila Narbayeva.
Humo Arena`da har oqshom mehttps://www.gazeta.uz/uz/admhmonlarni ertak, Coca-Cola karvoni, bayramona salyutlar, mazali taomlar va sehrli lahzalar kutmoqda.
TIV rahbari Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya 22−25 dekabr kunlari «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqoti tashqi ishlar vazirlarining 9-yig‘ilishida ishtirok etish uchun Tokio shahrida bo‘ldi.
Turkiyaning «ŞA-RA ENERJĪ» va Xitoyning «Xian Electric Engineering» kompaniyalari Energetika vazirligining Toshkent hamda Sirdaryo viloyatlarida 213 kilometr va 72 kilometr uzunlikdagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish tenderlarida g‘olib bo‘ldi.
O‘zbekiston TIV rahbari Vladimir Norov Qatarning favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Hasan Hamza Hoshimni qabul qildi. 2023 yildan boshlab Toshkentda Qatar elchixonasi ish boshlaydi. Uchrashuvda ikki davlat munosabatlarining siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi munosabatlari muhokama qilindi.
27 dekabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan Senatning 36-yalpi majlisida yuqori palata vakillari «2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonunni ma’qulladi.
Tadbirkorlar hamda qurilish, ta’mirlash va bezatish bilan bog‘liq tovarlar sotiladigan do‘konlar egalari hozirdanoq RABAD qurilish savdo markazidan tijoriy ko‘chmas mulkini sotib olishlari mumkin.
«O‘zgidromet» markazi direktori Sherzod Xabibullayev Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida Yangi yil bayrami kechasi qor yog‘ishi mumkinligini ma’lum qildi. Yangi yilning ilk kunida esa vodiy viloyatlarida qor yog‘adi.
23 yoshli jizzaxlik fuqaro «Tavhid va jihod katibasi», «Turkiston islom harakati» terroristik tashkilotlar tarafdorlari ta’siriga tushib, ularning g‘oyalarini internetda ulashib kelgan. Ular orasida Konstitutsiyani xilof tarzda o‘zgartirishga da’vat etuvchi material ham aniqlandi. Fuqaro 3 yil 6 oyga qamaldi.
1 yanvardan soliqlarni undirish ko‘rsatkichi past bo‘lgan tumanlarda «Mahalla budjeti» tizimi joriy etiladi. Aholining mol-mulk va yer solig‘ini mahallaning o‘zi undirib oladi. Mablag‘larning 10 foizi keyingi oyning 10-sanasigacha tuman budjetlari orqali tegishli jamg‘armalarga yo‘naltiriladi.
Tarmoqlarda «Turkistonbank» va Hi-tech bank lizensiyalari qaytarib berilishi haqida xabarlar tarqaldi. MB bunga izoh berib, litsenziyasi chaqirib olingan Hi-tech bank ma’muriyati regulyator qarori yuzasidan sudga murojaat qilgani va ushbu murojaat protsessual tartibda ko‘rib chiqilishi mumkinligini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda 61 ta davlat tashkiloti va 208 ta hokimiyatda 118 ming davlat xizmatchisi ishlaydi. Vazirlik va idoralar kamaytirilishi ortidan xodimlar soni ham qisqaradi. «Qaysi vazirlikdan qancha odam qisqartirilishi hozircha ma’lum emas. Ammo ularning soni aniq kamayadi», — dedi Otabek Hasanov.
SSV 18 nafar bola «Dok-1 Maks» siropini ichib vafot etganini tasdiqladi. Aniqlanishicha, dori shifokor retseptisiz, mustaqil yoki farmatsevt tavsiyasi bilan sotib olingan va me’yordan ortiq dozada qabul qilingan. Holat o‘rganilgach, yetti nafar mas’ul ishdan olindi. Dori savdosi esa to‘xtatildi.
Tijorat banklari 27 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 150 — 11 210 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksar banklarda 11 250 so‘m.
Andijon viloyatida 63 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirishda ayblangan 45 nafar sudlanuvchining aksariyatiga qamoq jazosi tayinlandi. Xususan, Andijonning sobiq hokimi Bahrom Haydarov 10 yilga, sobiq prokuror Qurbonali Asqarov esa 10,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Farg‘ona shahrida Nexia yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Hodisa oqibatida jabrlanuvchi vafot etdi.
O‘zbekistonning 11 oylik tashqi savdo hisobotida noyabrda 173 mln dollarlik ko‘mir importi qayd etildi. Statqo‘m ko‘mir va gaz ko‘rsatkichlari almashib qolgani, shuning uchun bunday katta miqdorda ko‘mir olinganday ko‘ringanini ma’lum qildi. Qozog‘iston statistikasi bilan farq bo‘yicha ham tushuntirish berildi.
Ishdan olingan Surxondaryo hokimi, deputatlik vakolati rasman tugatilgan Rasul Kusherbayev, Sankt-Peterburgga ketgan Shavkat Mirziyoyev, Qashqadaryoda shifoxonada bo‘lgan portlash, yosh bolasini shafqatsiz kaltaklagan urgutlik ayol, Tracker`ga urilgan tez yordam mashinasi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Bolalar ombudsmani Samarqanda «Dok-1 Maks» tabletka va siroplarini iste’mol qilishi natijasida vafot etgan bolalar soni 18 nafarga yetganini ma’lum qildi. Bemorlar Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlaridan bo‘lgan. Bolalarning barchasi 6 yoshgacha bo‘lgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting