Rossiyaning Ukrainaga bosqini ta’siri Rossiya bilan yaqin iqtisodiy aloqalarga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo uchun katta ahamiyatga ega, dedi Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayashi MO + Yaponiya vazirlari yig‘ilishida. Tomonlar Transkaspiy yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikni chuqur o‘rganishga kelishib oldilar.
Tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida Cobalt haydovchisi harbiy xizmatchini katta tezlikda urib, qochib ketgani aytilgan video tarqaldi. Viloyat prokuraturasi oddiy askar olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgani va haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Rossiyada ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolariga katta pul evaziga narkotik yoki taqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish taklif qilinayotgani ma’lum bo‘ldi. Migratsiya agentligi fuqarolarni norasmiy kurerlik xizmatlariga ishonmaslikka, yetkazib berishdan oldin mahsulotni tekshirishga chaqirdi.
Qashqadaryodagi viloyat salomatlikni tiklash shifoxonasida portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda ikki nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi.
Prezidentning tegishli qarori bilan «Samarqand — Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi» targ‘ibot kampaniyasi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, 2026 yilgacha mehmonxona biznesi vakillari kerakli tovarlar va turistik markazda «vaqtincha» olib kiriladigan uskunalar uchun davriy bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.
«O‘zenergoinspeksiya» 3 kunda 13 mingdan ziyod xonadonning bir oylik iste’moliga teng hajmdagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan holatni aniqladi. Natijada energetika tizimiga 1,16 mlrd so‘m zarar yetdi.
To‘ra Bobolov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Toshkent shahar prokurori lavozimida ishlab kelgan Ulug‘bek Qosimov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Dang‘ara tumanida Lacetti yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan velosipedchini urib yubordi. Jabrlanuvchi tuman markaziy shifoxonasida vafot etdi.
Parlament komissiyasi a’zosi Gulnoz Mamarasulova «Gazeta.uz» bilan suhbatda Nukus voqealari bo‘yicha sud jarayoni qanday kechayotgani, Qoraqalpog‘istonning sobiq va amaldagi rahbarining ko‘rsatmasi muhimligi, qolaversa, nima uchun komissiya haligacha o‘z hisobotini e’lon qilmagani haqida so‘zlab berdi.
Urgut tumanining Vatak mahallasida ayol yosh bolasini shafqatsiz kaltaklagandi. Viloyat IIB ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Hozirda bolaning ahvoli yaxshi bo‘lib, shifokorlar kuzatuviga olingan.
Deputat Rasul Kusherbayevning vakolati rasman tugatildi. Bu haqda tegishli qaror 26 dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida qabul qilindi.
Hafta boshida Turkmanistondan kirib kelishi kutilayotgan nam va iliq havo evaziga respublikaning ayrim joylarida kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi havo harorati +15 darajagacha ko‘tariladi. 29−30 dekabr kunlari esa yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kam. Harorat pasayib ayrim joylarga tuman tushadi.
GoodMix batonchiklari quvvat to‘plab olishingizga yordamlashadi hamda sizni turli tekstura va lazzatlar kombinatsiyasi bilan sizni hayratga soladi.
Termiz xalqaro aeroporti yana ishga tushirildi. 26 dekabr kuni aeroport birinchi reysni qabul qildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining 26−27 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan norasmiy sammitda ishtirok etish uchun Sankt-Peterburg shahriga jo‘nab ketdi.
Surxondaryoda Cobalt yo‘l chetida turgan ikki kishini urib yubordi. Ulardan biri voqea joyida vafot etdi. Haydovchi boshqargan mashina tekshirib ko‘rilganda so‘nggi 40 kunda 8 marta tezlikni me’yoridan oshirib harakatlangani aniqlandi.
Tijorat banklari 26 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 170 — 11 230 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksar banklarda 11 260 so‘m.
Shayxontohur tumanida Ford rusumli tez tibbiy yordam avtomobili yo‘l chetida to‘xtab turgan Tracker avtomobiliga kelib urildi. Zarb oqibatida Ford ag‘darilib ketdi.
Urgut tumanining Vatak mahallasida ayol yosh bolasini shafqatsiz kaltakladi. So‘zlaridan turmush o‘rtog‘idan shu yo‘l bilan qasd olishga uringanga o‘xshaydi. Tuman hokimligi ona-bolaning ruhiy va jismoniy salomatligi nazoratga olinganini ma’lum qildi.
Tarmoqlarda deputat Rasul Kusherbayevning Qonunchilik palatasi majlisida kun tartibiga doir savol bermoqchi bo‘lgani, biroq u e’tiborga olinmagani aks etgan video tarqaldi. «Bunday yig‘ilishda o‘tirgandan o‘tirmagan yaxshi. Men ketaman. Hammasi yasama, so‘z bermaydi», — deya gapirgan u.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting