O‘zbekiston Huquq ustuvorligi indeksida 140 ta davlat orasida 78-o‘rinni egalladi. Mamlakat umumiy ro‘yxatda Xitoy, Rossiya, Turkiya va boshqa davlatlarni ortda qoldirdi.
Urgutda katta tezlikda harakatlanayotgan Lacetti yo‘lning qatnov qismida ketayotgan 4 piyodani urib yubordi. Oqibatda ulardan 2 nafari shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Janubiy Koreya poytaxti Seul markazida Xellouin bayramini nishonlash vaqtida yuz bergan tiqilinch oqibatida 151 kishi halok bo‘ldi, 82 nafari jarohatlandi. Halok bo‘lganlar orasida 19 nafar xorijlik, jumladan, kamida bir nafar o‘zbekistonlik ham borligi aniqlandi.
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi qabul qilindi. 1995 yildagi birinchi tahriridan farqli ravishda, unda majburiy mehnatni taqiqlash, xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmaslik kabilar asosiy prinsip etib belgilandi. Davlat ehtiyojmand aholini ishga joylash bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlaydi.
Prezidentning u yoki bu hududga tashrifidan oldin, u haqiqiy holatni juda yaxshi bilishini ta’kidlab, buni qilmaslikka chaqirgan bo‘lsada, keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari olib boriladi. Ushbu amaliyot hanuz davom etmoqda. «Gazeta.uz» Uchtepa tumani prezidentning tashrifiga qanday tayyorgarlik ko‘rganini kuzatdi.
O‘zbekistonda oktabr oyining o‘rtalarida ketma-ket 5 kun hech kimda koronavirus aniqlanmagandi. Biroq oy oxirlariga kelib, rasmiy statistikada jonlanish qayd etildi. Jumladan, 26 oktabrdan beri kunlik kovidga chalinganlar soni 20 nafardan oshib ketdi.
Bo‘stonliq tumanida ikki shaxs vaqtincha foydalanish uchun ajratilgan bog‘ning 11,4 gektar yerini boshqa bir fuqaroga 550 000 dollarga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda. Ular kelishilgan puldan 50 ming dollarini Toshkent shahrida olishganda qo‘lga tushdi.
«20−30 yillarda savodsizlikni tugatish harakati bo‘lgan edi. Hozir savodsizlikka qarshi kurash lozim bo‘lib qoldi». Tohir Malikning 33 yil avvalgi ushbu so‘zlari bugun ham dolzarbligini aslo yo‘qotmagan. U Amerikadan kelib o‘zbek tilini o‘rganishayotgani, biz esa tomoshabin bo‘lib turganimizni ham qayd etgandi.
O‘zbekistonda atmosferaga jami zararli tashlamalarning 58 foizi (1,4 mln tonna) avtotransportlar ulushiga to‘g‘ri keladi. Bunda Toshkent shahri yetakchi — 93% (397 ming tonna). Ekoqo‘mita transportlarning ekologik ta’sir me’yorlarini belgilash maqsadida milliy standart loyihasini ishlab chiqmoqda.
«San-Sebastyan» shokoladli chizkeyki, keks yoki olxo‘rili brauni-chizkeyk, anjirli, vanil-shokoladli chizkeyk — Zira.uz taomnomasini shirin chizkeyklar ro‘yxati bilan boyitishni uchun yangi retseptlarni taqdim etadi.
«O‘zagroeksportbank»dagi davlat ulushi hukumatning «yopiq» qaroriga asosan tanlovsiz xususiy korxonaga o‘tkazilishi mumkin. Markaziy bank, Moliya vazirligi va Davaktiv vaziyatga izoh bermayapti. Davlat bankning muammoli kreditlarini yangi egasiga topshirishdan oldin ham hisobdan chiqarishi mumkin edi.
Ukrainalik jurnalist Dmitriy Gordon O‘zbekistonda Eron dronlari ishlab chiqarilayotgani haqidagi so‘nggi bayonotiga izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aslida u Tojikistonni nazarda tutgan, “lekin mening tilim O‘zbekiston so‘zini aytdi”.
Antikorrupsiya agentligi 1378 nafar davlat xizmatchisi, jumladan, 138 nafar hokim va o‘rinbosarlari, 1092 nafar hokim yordamchilari davlat ishi bilan birgalikda tadbirkorlik bilan ham shug‘ullanib kelayotganini aniqladi. Tenderlarda amaldorlar va ularning yaqinlari g‘olib chiqqan holatlar ham qayd etildi
Yevrokengash rahbari O‘zbekiston prezidenti bilan Rossiya va Ukraina urushi, uning Markaziy Osiyo va dunyo uchun oqibatlari, energetika inqirozi va Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilganini aytdi. «YeIning yashirin kun tartibi yo‘q, biz tinchlik va xavfsizlikning asosiy tamoyillariga asoslanamiz», dedi u.
35,8 mln kishiga yetgan O‘zbekiston aholisi, Umurzakovga issiqxonalar muammosini zudlik bilan hal qilishni buyurgan Shavkat Mirziyoyev, O‘zbek-tojik chegarasida yangi nazorat-o‘tkazish punktlari tashkil etilishi, Qashqadaryoda avariya holatidagi 35 ta tarixiy obida va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Joriy yilning 9 oyida 395 mingdan ortiq Rossiya fuqarosi O‘zbekistonga keldi, ularning 80,5 foizi ichki ishlar organlarida ro‘yxatga olingan. Ayni paytda, rossiyaliklarning yarmidan ko‘pi so‘nggi uch oy ichida kirib kelgan.
O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Fisher tasodifiy shaxmati bo‘yicha jahon chempionatining guruh bosqichida birinchi o‘rinni egallab, musobaqaning yarim finaliga yo‘l oldi. U islandiyalik grossmeysterni 4:0 hisobida, jahon chempionligiga nomzodni esa ikki marta mag‘lub etdi.
O‘zbekiston va Yevropa kengashi rahbarlari kengaytirilgan sheriklik borasidagi bitim tezroq imzolanishiga umid bildirdi. Ular inson huquqlari bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish, Transkaspiy yo‘lagi orqali savdoni ko‘paytirishga kelishib oldi. Afg‘oniston tahdidlar manbaiga aylanmasligi kerakligi ta’kidlandi.
Milliy kutubxona 1 noyabrdan tunu-kun ishlay boshlaydi. Ushbu tartib kutubxonaning asosiy o‘qish zallariga joriy etilmaydi.
O‘zbekiston va Tojikiston xalqaro ahamiyatga molik yangi nazorat-o‘tkazish punktlarini ochadi. Xususan, tomonlar yaqin kelajakda «Bekobod» punkti faoliyatini yangilashga kelishib oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting