Arxiv

«Tashabbusli budjet» orqali g‘olib bo‘lmagan 364 ta loyiha qo‘shimcha moliyalashtiriladi
26 oktabr 2022, 15:16

«Tashabbusli budjet» orqali g‘olib bo‘lmagan 364 ta loyiha qo‘shimcha moliyalashtiriladi

Prezident qarori bilan tashabbusli budjetlashtirish jarayonlarida 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, ammo g‘olib deb topilmagan 364 ta loyihaga qo‘shimcha 335 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.

Qashqadaryoda o‘zaro to‘qnashgan Lacetti`lardan biri yonib ketdi
26 oktabr 2022, 14:58

Qashqadaryoda o‘zaro to‘qnashgan Lacetti`lardan biri yonib ketdi

Muborak tumanida o‘zaro to‘qnashgan Lacetti avtomashinalardan biri yonib ketdi. Hodisa oqibatida ikki nafar yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi. YTH yuzasidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent aeroportini shahar tashqarisiga o‘tkazishga nima to‘sqinlik qilyapti?
26 oktabr 2022, 14:36

Toshkent aeroportini shahar tashqarisiga o‘tkazishga nima to‘sqinlik qilyapti?

Poytaxtning 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi loyihasida Toshkent xalqaro aeroportini shahar tashqarisiga ko‘chirish nazarda tutilmagan. «ToshkentboshplanLITI» instituti ma’lumotlariga ko‘ra, buni amalga oshirishning hozircha imkoni yo‘q. obyektni ko‘chirish variantlarini keyingi avlod shaharsozlari ko‘rib chiqadi.

Qashqadaryodagi 48 ta maktabda Finlyandiya ta’lim tizimi joriy etiladi
26 oktabr 2022, 13:54

Qashqadaryodagi 48 ta maktabda Finlyandiya ta’lim tizimi joriy etiladi

Qashqadaryodagi ayrim maktablarda 2023−2024 o‘quv yilidan boshlab Finlyandiya ta’lim tizimi joriy etiladi. Prezident buning uchun bir oy muddatda 48 ta maktabni tanlab olish bo‘yicha topshiriq berdi.

«Mavjud tizim xato. Bu faqat teatr». Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari metroga kirishdagi tekshiruvlar haqida
26 oktabr 2022, 13:20

«Mavjud tizim xato. Bu faqat teatr». Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari metroga kirishdagi tekshiruvlar haqida

Toshkentda «sumkamda bomba bor» deb hazillashgan qizning 5 sutkaga qamalishi ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilar metroga kirishdagi tekshiruvlarning samarasiz va hatto mantiqsizligini ta’kidlamoqda.

“JCh-2022`da ishlash taklifi tushganda, beradigan oyligiga ham qaramadim” — Alisher Nikimbayev
26 oktabr 2022, 13:00

“JCh-2022`da ishlash taklifi tushganda, beradigan oyligiga ham qaramadim” — Alisher Nikimbayev

Alisher Nikimbayev — Qatar futbol assotsiatsiyasi va Osiyo futbol konfederatsiyasida texnik ekspert. “Xorijdagi o‘zbekistonliklar” loyihasi doirasida u 20-noyabrdan 18-dekabrgacha Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCh-2022`ga tayyorgarlik jarayonlari, qolaversa, o‘zbek futboli muammolari va istiqbollari haqida so‘zlab berdi.

AQSh qishloq ayollariga 200 ming dollarlik uskunalar tarqatishni boshladi
26 oktabr 2022, 12:47

AQSh qishloq ayollariga 200 ming dollarlik uskunalar tarqatishni boshladi

AQSh o‘zining Xalqaro taraqqiyot agentligi orqali 226 nafar qishloq ayoliga issiqxona, sutni qayta ishlash, parrandachilik, gilamdo‘zlik, tikuvchilik, kashtachilik, qandolatchilik kabi yo‘nalishlarda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun uskunalar tarqatishni boshladi.

2022-yilda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash uchun 2,7 trln so‘m mablag‘ ajratiladi
26 oktabr 2022, 12:02

2022-yilda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash uchun 2,7 trln so‘m mablag‘ ajratiladi

Prezidentning 2022−2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha qarori qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, joriy yilda jami 5284 ta mahalla uchun 2 trln 700 mlrd so‘m ajratiladi. Yil yakuniga qadar o‘zlashtirilmagan mablag‘lar keyingi yildagi qurilish-ta'mirlash ishlari uchun yo‘naltiriladi.

Avlodlar ta’nasiga qolmaylik
26 oktabr 2022, 12:00

Avlodlar ta’nasiga qolmaylik

Afsuski, biz sovet davri kishilari ota-bobolarimiz izidan borish o‘rniga, yuzlab yillik tarixga ega Xo‘jand, So‘fimiyon, Eshonxo‘ja singari qishloqlarning nomlarini o‘zimizning tilu dinimizga yot nomlar bilan atadik. Bularning barchasiga birinchi navbatda ziyoliman deb bo‘yinbog‘ taqib yurganning har biri aybdordir.

Sariosiyoda «Hazarbog‘» kanali irmog‘idan 27 yoshli shaxsning jasadi topildi
26 oktabr 2022, 11:38

Sariosiyoda «Hazarbog‘» kanali irmog‘idan 27 yoshli shaxsning jasadi topildi

Avgustda Surxondaryodagi «Hazarbog‘» kanalidan 27 yoshli shaxsning jasadi topildi. Sud-tibbiy ekspertiza uning o‘limiga burun va og‘iz bo‘shlig‘ining suv bilan berkitilishidan vujudga kelgan mexanik asfiksiya sabab bo‘lganini aytdi. Bunda jinoyat tarkibi aniqlanmaganligi sababli jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad qilindi.

«Qonundan tashqari hech narsaga burningizni tiqishga haqqingiz yo‘q». Akmal Saidov Hisob palatasi raisi o‘rinbosariga tanbeh berdi
26 oktabr 2022, 11:24

«Qonundan tashqari hech narsaga burningizni tiqishga haqqingiz yo‘q». Akmal Saidov Hisob palatasi raisi o‘rinbosariga tanbeh berdi

Qonunchilik palatasi majlisida Hisob palatasi raisi o‘rinbosari O‘tkir Jumanov nobudjet jamg‘armalar faoliyati ham «topshiriq bo‘lsa, tekshirilishini» ta’kidladi. Akmal Saidov esa Hisob palatasining «qonundan tashqari hech narsaga burnini tiqishga haqqi yo‘q»ligini aytib, unga tanbeh berdi.

Fisher shaxmati bo‘yicha JCHda Nodirbek Abdusattorov Yan Nepomnyashiy va Uesli Soni mag‘lub etdi
26 oktabr 2022, 11:17

Fisher shaxmati bo‘yicha JCHda Nodirbek Abdusattorov Yan Nepomnyashiy va Uesli Soni mag‘lub etdi

Shaxmat bo‘yicha «World Fischer Random Chess Championship» jahon chempionatida o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov rossiyalik Yan Nepomnyashiy va amerikalik Uesli Soni mag‘lub etdi. Uning keyingi raqibi islandiyalik Steyn Gretarsson bo‘ladi.

Toshkent shahrining 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi loyihasining batafsil tahlili
26 oktabr 2022, 11:13

Toshkent shahrining 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi loyihasining batafsil tahlili

Toshkentda qurilishlar o‘rtacha necha qavatli bo‘ladi, bir qavatli mahallalar taqdiri nima bo‘ladi, poytaxtning me’moriy qiyofasi qanday saqlanishi kerak va nima uchun barcha qurilish loyihalarini shahar tashqarisiga ko‘chirish imkonsiz? «ToshkentboshplanLITI» instituti direktor o‘rinbosari ushbu savollarga javob berdi.

O‘zbekistonda so‘nggi 22 yil ichida faqat 2014 yil iqlimiy harorati bazaviy me’yordan past kuzatilgan
26 oktabr 2022, 11:08

O‘zbekistonda so‘nggi 22 yil ichida faqat 2014 yil iqlimiy harorati bazaviy me’yordan past kuzatilgan

XXI asr boshlanishi bilan O‘zbekistonda o‘rtacha yillik havo harorati 2014 yildan tashqari barcha yillarda me’yordan yuqori bo‘lib kelmoqda.

Asialuxe Travel BAAda unutilmas ta’tilni o‘tkazishga taklif etadi
26 oktabr 2022, 11:00

Asialuxe Travel BAAda unutilmas ta’tilni o‘tkazishga taklif etadi

Asialuxe Travel milliy turoperatori BAAning mashhur kurortlari — Dubay va Abu-Dabida ta’til o‘tkazishning afzalliklari haqida so‘zlab berdi.

Tijorat banklari dollarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi
26 oktabr 2022, 10:35

Tijorat banklari dollarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi

Markaziy bank 26-oktabr kungi dollarning rasmiy kursini 11 128,70 so‘m etib belgilagandan so‘ng tijorat banklari ham mijozlarga xorijiy valyutaning yangi qiymatda taklif qildi.

Mo‘ynoqdan Andijongacha 1500 km uzunlikdagi «yashil belbog‘» yaratish taklif qilindi
26 oktabr 2022, 10:09

Mo‘ynoqdan Andijongacha 1500 km uzunlikdagi «yashil belbog‘» yaratish taklif qilindi

Toshkentning 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi loyihasi mualliflari Mo‘ynoqdan Andijongacha, ya’ni, 1500 km uzunlikdagi «yashil belbog‘» yaratishni taklif qildi. Ularning fikricha, buni amalga oshirish mumkin. Strategiya «yashil belbog‘»ga tutash qishloqlarni rivojlantirishga yordam beradi.

25 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
25 oktabr 2022, 22:00

25 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

IIO xodimlarini bayram bilan tabriklagan prezident, metroda sumkasida bomba borligini aytgan qiz 5 sutkaga qamalgani, 24/7 ishlashga o‘tadigan Milliy kutubxona, Kampir-obod suv omborining O‘zbekistonga berilishiga qarshi chiqqani uchun qamalgan 20 nafar faol va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Deputatlar manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
25 oktabr 2022, 21:38

Deputatlar manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan «Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinib, Senatga yuborildi. Mazkur qonunning qabul qilinishi davlat xizmatida tanish-bilishchilik, qarindosh-urug‘chilikning oldi olinishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

2023 yilda Qashqadaryoda 207 mingta ish o‘rni tashkil etish vazifasi qo‘yildi
25 oktabr 2022, 20:20

2023 yilda Qashqadaryoda 207 mingta ish o‘rni tashkil etish vazifasi qo‘yildi

Prezident videoselektor yig‘ilishida Qashqadaryo viloyatida 2023 yilda 207 mingta ish o‘rni yaratish vazifasini qo‘ydi. Jumladan, sanoatda 960 ta loyihani amalga oshirib, 20 ming nafar aholini band qilish mumkinligi aytildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting