Markaziy bank dollar kursini 11 112,97 so‘m etib belgilagandan so‘ng, banklarda ham sotish va sotib olish bo‘yicha takliflar o‘zgardi.
Shavkat Mirziyoyev farmoniga asosan ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir qator IIO xodimlari orden va medallar bilan mukofotlandi.
Toshkent shahar Uchtepa tumani kengashi deputati Nuriddin Zaynitdinov o‘zini «IIO podpolkovnigi» deb tanishtirgan odam uni organ binosiga chaqirayotganini ma’lum qildi. U buni «siyosiy buyurtma va deputatlik faoliyatiga bosim» deb atadi.
Shavkat Mirziyoyev dunyoda energetika sohasida bo‘layotgan muammolar mintaqaga ham ta’sir ko‘rsatayotgani, bunday vaziyatda tejamkorlik dolzarb ekani haqida gapirdi. «Shu bois barcha muassasalarda energiya tejovchi texnologiyalar o‘rnatish, odamlarning bu boradagi daxldorligini oshirish muhim», — dedi prezident.
Prezident nazoratiga olingan Sirdaryodagi portlash, «Dream Park» nomi bilan qayta ochilgan G‘afur G‘ulom bog‘i, haftaning yarmi yomg‘irli bo‘lishi, 27 oktabrda Ostonaga boradigan Shavkat Mirziyoyev, 2026 yilgacha bitadigan Toshkent-Samarqand pullik avtomobil yo‘li va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
O‘zbekiston ITSV hamda Rossiya Sanoat va savdo vazirligi umumiy qiymati qariyb 4 mlrd dollarlik 20 dan ortiq loyiha ustida ishlamoqda. Rossiya O‘zbekistonning avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilarining o‘z bozoriga kirishidan manfaatdor ekanligi bildirildi.
Rossiya radiokimyoviy himoya qo‘shinlari rahbarining ta’kidlashicha, bu kuchlar radioaktiv ifloslanish sharoitida vazifalarni bajarishga tayyor, chunki Ukraina bunda Rossiyani ayblash uchun go‘yoki “iflos bomba” dan foydalanishni rejalashtirmoqda.
AKT vaziri Sherzod Shermatov IT-mahsulotlar eksport qilayotgan korxonalar soni bir yilda 102 tadan 257 taga yetganini ma’lum qildi. «Besh yil oldin IT bo‘yicha eskport deyarli bo‘lmagandi», — dedi vazir ICTWeek Uzbekistan haftaligi ochilish marosimida.
Buyuk Britaniya Vakillar palatasi rahbari Penni Mordaunt mamlakat bosh vaziri lavozimiga nomzodini qaytarib oldi. Natijada qolgan yagona nomzod Rishi Sunak o‘z-o‘zidan bosh vazirga aylanadi.
Kaspiy dengizi hududlaridan nam va nisbatan sovuq havo massalarining bir qator kirib kelishi haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston bo‘yicha ob-havoni belgilaydi. Payshanba va juma kunlari quruq va nisbatan iliq ob-havo boshlanadi, ammo kunduzi harorat +19 darajadan, kechasi esa +8 dan oshmaydi.
Poytaxtda «O‘zbekiston: Markaziy Osiyo bo‘ylab zamonlar osha sayohat» filmining premerasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning beshta hududida suratga olingan kinokartina arxeolog va tarixchilar tadqiq etishi uchun katta ahamiyatga ega favqulodda g‘ayrioddiy yurtlar tarixi hikoya qilinadi.
Toshkentning Chilonzor tumanida joylashgan G‘afur G‘ulom bog‘i “Dream Park” nomi bilan qayta ochildi. Bog‘ test rejimida faoliyat olib bormoqda. Hozirda o‘rnatilgan uskunalar aholi xavfsizligi uchun qayta-qayta sinovlardan o‘tkazilmoqda.
ITIM tahlillariga ko‘ra, sentabr oyida ijaraga beriladigan uy-joyga bo‘lgan talab keskin oshdi. Poytaxtda o‘rtacha ijara narxi yil boshidan buyon 22,4 foizga qimmatlashdi. Eng yuqori qiymat (1 kv.metr maydon uchun) Shayxontohur ($12,5), Mirobod ($10,8) va Yakkasaroy ($10,8) tumanlarida qayd etildi.
Jahon banki maslahat ko‘magida amalga oshirilayotgan Toshkent-Andijon hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki maslahat ko‘magida amalga oshirilayotgan Toshkent-Samarqand pullik avtomobil yo‘lini qurish 2026-yilgacha bitkaziladi.
«Zamonaviy kasb egalari» loyihasining navbatdagi mehmoni — Sardor Babayev «Gazeta.uz»ga qanday qilib PR sohasiga kirib qolgani, jamiyatga xizmat qiluvchi loyihalari, MIR21YOYEV saylovoldi kampaniyasi qanday ishlab chiqilgani haqida so‘zlab berdi.
Yandex vakillari O‘zbekistonda yuqori sinf o‘quvchilari uchun Dasturlash maktablari ochish rejalashtirilayotganini ma’lum qilishdi. Shuningdek, «Yandeks Zapravki» yoqilg‘i uchun to‘lov xizmatini ishga tushirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilmoqda, taksi xizmati esa yana uchta shaharda ishga tushiriladi.
Bugun Toshkent hayvonot bog‘i 98 yoshga to‘ldi. Ushbu muhim voqea munosabati bilan «Gazeta.uz» hayvonot bog‘idagi eng keksa jonivorlar: urg‘ochi And kondori Sandra, karlik begemoti Judi va ko‘k tilli kaltakesak haqida so‘zlab beradi. Ular bu yerda hammadan ko‘proq muddat hayot kechirishgan.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Sirdaryoda sodir bo‘lgan portlash yuzasidan izoh berar ekan, holat davlat rahbarining nazoratida ekanligini ma’lum qildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda va natijasi keng jamoatchilikka e’lon qilinadi, dedi u.
Sherzod Asadov Shavkat Mirziyoyevning hafta davomidagi ish rejasi haqida ma’lumot berdi. Bu hafta prezident «Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo» sammitida ishtirok etish uchun Qozog‘iston poytaxtiga boradi. Bundan tashqari, Yevropa Kengashi prezidenti Sharl Mishelni qabul qiladi.
Hukumat qarori bilan NTT sifatida davlat mulki obyektlarini ijaraga olish muddati 10 yilgacha uzaytirildi. Shuningdek, tashkilotning bankdagi hisobvarag‘iga qo‘yiladigan mablag‘ miqdori 25 ming AQSh dollarigacha qisqartirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting