Arxiv

Yaponiya O‘zbekistondagi uchta tibbiyot muassasasiga 270 ming dollar ajratdi
24 oktabr 2022, 13:01

Yaponiya O‘zbekistondagi uchta tibbiyot muassasasiga 270 ming dollar ajratdi

Yaponiya Toshkent, Buxoro viloyati va Qoraqalpog‘istondagi uchta tibbiyot muassasasini jihozlash uchun 270 ming dollardan ortiq mablag‘ ajratdi.

O‘zbek talaffuzi
24 oktabr 2022, 12:00

O‘zbek talaffuzi

Adabiy tilni mukammallashtirishda qaysi tamoyillar ustunlik qiladi? Umummilliy talaffuz qanday bo‘lishi kerak? Zuhriddin Isomiddinov 2015 yilda ushbu savollarga izlash asnosida yozgan maqolasida o‘zbek talaffuzi ingichkalashib ketayotganini tanqid qilgandi. So‘z — o‘zbekcha, jumla tuzilishi — ruscha, degandi u.

Tijorat banklari 24-oktabr uchun belgilagan dollar kursi
24 oktabr 2022, 11:32

Tijorat banklari 24-oktabr uchun belgilagan dollar kursi

Markaziy bank dollar kursini 11 125,00 so‘m etib belgilagandan so‘ng, tijorat banklari ham mijozlarga dollarni yangi qiymatda taklif qildi.

Sentabr oyida qariyb 7,5 trln so‘mlik kreditlar ajratilgan — MB
24 oktabr 2022, 11:14

Sentabr oyida qariyb 7,5 trln so‘mlik kreditlar ajratilgan — MB

1 oktabr holatiga ko‘ra, mavjud banklarning aksariyatida depozit va kreditlar sonining o‘sishi kuzatildi. O‘tgan oy davomida “Milliy bank"da 5,3 trln so‘m depozitlar qisqargan. Muammoli kreditlar soni bo‘yicha esa “Xalq banki” (3 355) yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.

Trilliant O‘zbekiston biznes olamining yo‘l ko‘rsatuvchi yulduziga aylanadi
24 oktabr 2022, 11:00

Trilliant O‘zbekiston biznes olamining yo‘l ko‘rsatuvchi yulduziga aylanadi

Biznes-park Trilliant 300 dan ortiq ofis maydonlari, besh yulduzli InterContinental Hotels mehmonxona, kongress markazi va ochiq savdo pavilonlarini taqdim etadi.

O‘zbek aviakompaniyasida birinchi Boeing-747 samolyoti paydo bo‘ldi
24 oktabr 2022, 10:50

O‘zbek aviakompaniyasida birinchi Boeing-747 samolyoti paydo bo‘ldi

O‘zbekistonning My Freighter aviakompaniyasida Jumbo Jet, shuningdek, «Osmon malikasi» deb nomlanuvchi birinchi Boeing-747 samolyoti paydo bo‘ldi. Bu aviakompaniyaning birinchi xususiy yuk samolyoti hisoblanadi.

O‘zbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini o‘rgatish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari tashkil etiladi
24 oktabr 2022, 10:39

O‘zbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini o‘rgatish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari tashkil etiladi

Prezidentning o‘zbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini rivojlantirish bo‘yicha qarori qabul qilindi. 1 yanvardan boshlab, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hamda «Ishga marhamat» monomarkazlarida o‘zbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini o‘rgatish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari tashkil etiladi.

Andijonda YTHga uchrab ag‘anab ketgan Cobalt yonib ketdi
24 oktabr 2022, 10:00

Andijonda YTHga uchrab ag‘anab ketgan Cobalt yonib ketdi

Shahrixon tumanida Spark bilan to‘qnashib, ag‘darilgan Cobalt yonib ketdi. Hodisa sabab ikki kishi jarohatlangan, halok bo‘lganlar haqida esa ma’lumot kelib tushmagan.

Hindistonda tutqunlikda qolgan o‘zbekistonlik ayollar hukumatdan yordam so‘radi
24 oktabr 2022, 09:13

Hindistonda tutqunlikda qolgan o‘zbekistonlik ayollar hukumatdan yordam so‘radi

Ijtimoiy tarmoqlarda Dehli shahrida tutqunlikda bo‘lib turgan o‘zbekistonlik ayollarning vatanga qaytishni so‘rab yo‘llagan videomurojaati tarqaldi. Holatga O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi rasmiy munosabat bildirdi.

Foto: Sirdaryodagi portlash oqibatlari bartaraf etilmoqda
23 oktabr 2022, 16:48

Foto: Sirdaryodagi portlash oqibatlari bartaraf etilmoqda

Sirdaryo viloyati hokimligi harbiy ombordagi portlashdan so‘ng o‘tgan bir sutka davomida zararlangan binolarning yarmidan ortig‘i to‘liq ta’mirlanganini ma’lum qildi.

«Nogironlar uchun sharoit yaratish islohotga kirmaydi, bu — bizning majburiyatimiz» — Tanzila Narbayeva
23 oktabr 2022, 14:38

«Nogironlar uchun sharoit yaratish islohotga kirmaydi, bu — bizning majburiyatimiz» — Tanzila Narbayeva

Senat raisi Tanzila Narbayeva transport, ovqatlanish shoxobchalari, xizmat ko‘rsatish obyektlari, madaniy-ko‘ngilochar muassasalarda nogironligi bor shaxslar uchun sharoitlar yaratilmaganini tan oldi. «Aslida nogironlar uchun sharoitlar yaratish islohotga kirmaydi, bu — bizning majburiyatimiz», — dedi u.

Si Szinpin XKP rahbarligiga qayta saylandi, Shavkat Mirziyoyev tabrik yo‘lladi
23 oktabr 2022, 13:42

Si Szinpin XKP rahbarligiga qayta saylandi, Shavkat Mirziyoyev tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev XXR raisi Si Szinpinni Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi lavozimiga uchinchi muddatga qayta saylangani bilan tabrikladi. «Siz, aziz birodarim bilan bundan keyin ham do‘stona va ochiq muloqotlarni davom ettirishga tayyorligimni bildiraman», — deyiladi tabrikda.

«O‘zbekistonning qayerida o‘zbek tili qo‘llanmayotgan ekan, o‘sha joyga hali istiqlol yetib bormabdi»
23 oktabr 2022, 12:00

«O‘zbekistonning qayerida o‘zbek tili qo‘llanmayotgan ekan, o‘sha joyga hali istiqlol yetib bormabdi»

O‘zbekistonning qayerida o‘zbek (turkiy) tili qo‘llanmayotgan ekan, o‘sha joyga hali istiqlol yetib bormabdi, degandi Abduqahhor Ibrohimov 1992 yilda yozgan maqolasida. Uning fikricha, o‘zbek tilining qaddini qonuniy o‘rniga ko‘tarish uchun ichki muxoliflarga qarshi kurashni yangi bosqichga olib chiqish lozim.

Mahmud Murodov UFC`da ikkinchi bor mag‘lubiyatga uchradi
22 oktabr 2022, 23:34

Mahmud Murodov UFC`da ikkinchi bor mag‘lubiyatga uchradi

O‘zbekistonlik jangchi Mahmud Murodov UFC 280 musobaqasida braziliyalik Kayo Borralodan mag‘lubiyatga uchradi. Bu uning UFC`dagi ikkinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.

«To‘rt-beshta narsa ketma-ket portladi». Sirdaryodagi portlash sodir bo‘lgan hududdan fotoreportaj
22 oktabr 2022, 23:06

«To‘rt-beshta narsa ketma-ket portladi». Sirdaryodagi portlash sodir bo‘lgan hududdan fotoreportaj

«Birinchi osmon yorishdi, keyin yer qimirlab, kuchli portlash ovozi eshitildi». Sirdaryodagi harbiy omborxona yaqinida yashovchi aholi shanba tongini shunday xavotir ila kutib oldi. Zararlarni davlat qoplab berishi aytilmoqda. «Gazeta.uz» muxbirlari voqea joyidan fotoreportaj tayyorladi.

Namanganda korxona rahbari 1,2 mlrd so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirishda gumonlanmoqda
22 oktabr 2022, 15:11

Namanganda korxona rahbari 1,2 mlrd so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirishda gumonlanmoqda

Pop tumanida bank tomonidan ajratilgan 1,2 mlrd so‘m evaziga xarid qilingan tibbiy dastgohlar va ishlab chiqarish uskunasini boshqa shaxslarga sotib yuborgan MCHJ rahbari aniqlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Nima tayyorlaymiz: Issiq sho‘rvalar
22 oktabr 2022, 15:08

Nima tayyorlaymiz: Issiq sho‘rvalar

Mampar, lapshalar solingan tovuqli sho‘rva, qaynatma va oshqovoqdan tayyorlangan sho‘rva, moxora, an’anaviy borsh, dudlangan tovuq go‘shti solib pishirilgan no‘xat sho‘rva — Zira.uz mazali va to‘yimli taomlarni tayyorlashni istaganlar uchun issiq sho‘rvalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasida Janubiy Koreya bilan hamkorlik qiladi
22 oktabr 2022, 12:55

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasida Janubiy Koreya bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi hukumati o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi javob choralarini ko‘rishda hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim imzolangandi. Shavkat Mirziyoyev ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qildi.

O‘zbekistonda matnlarni o‘zbek tilida o‘qib beradigan nutq sintezatori yaratilmoqda
22 oktabr 2022, 12:37

O‘zbekistonda matnlarni o‘zbek tilida o‘qib beradigan nutq sintezatori yaratilmoqda

O‘zbekistonda matnni ovozga va ovozni matnga aylantirib beradigan nutq sintezatori ustida ish olib borilmoqda. Uning prototipi 24−27 oktabr kunlari Samarqandda o‘tkaziladigan AKT haftaligida namoyish qilinadi. Mazkur dastur ko‘zi ojizlarga yo‘llardagi to‘siqlar haqida ma’lumot berishi ham mumkin.

Qarshi shahar sobiq hokimi uy qamog‘iga olindi. U davlatga 60,5 mlrd so‘m zarar yetkazishda gumonlanmoqda
22 oktabr 2022, 12:34

Qarshi shahar sobiq hokimi uy qamog‘iga olindi. U davlatga 60,5 mlrd so‘m zarar yetkazishda gumonlanmoqda

Qarshi shahar sobiq hokimi Jamshid Fozilov 2018—2019 yillar davomida 54 ta holatda 60 mlrd 512 mln so‘m talon-toroj qilishda gumonlanmoqda. Hozirda u uy qamog‘iga olingan. Qashqadaryo prokuraturasining ta’kidlashicha, sud yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting