Yakkasaroy tumanidagi xonadonlardan birida xizmat vazifasini o‘tayotgan «Tez yordam» xodimi kaltaklangani aytilmoqda. SSV shifokorlarning hozirgi ahvoli haqida ma’lumot berib, holatni o‘z nazoratiga olganini qayd etdi. BP tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Avgust oxirida xalqaro aeroportda noqonuniy olib o‘tilgani sabab 57 dona timsoh bolalari va 10 dona buqalamun hayvonot bog‘iga vaqtincha topshirildi. Hozirda ulardan 1 bosh timsohcha va 6 bosh buqalamun nobud bo‘ldi. Bojxona organlari holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
21 oktabr… Tilimizni ulug‘lab ma’ruza o‘qidim, uning qadim va boyligi, dunyodagi boshqa hech bir tildan qolishmasligini dalillashga urindim. Go‘yo buni bilib olishsa, ish pishadiyu odamlar til qadrini o‘z joyiga qo‘yadigandek. Yigirma yildan beri shu gap! Shu manzara, deb yozgandi Zuhriddin Isomiddinov 2015 yilda.
Farg‘ona tumanida fuqaro 1 gektar zaxiradagi yerni o‘ziniki ekanini aytib, uni $16 000 evaziga sotmoqchi bo‘lganida ushlandi. Shuningdek, Namangan va Toshkent viloyatidagi holatlarda jami 25 sotix yerni $11 500 evaziga sotishda gumon qilingan shaxslar qo‘lga olindi.
Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan «Kembriya patruli» xalqaro musobaqasida O‘zbekiston harbiylari ikkinchi o‘rinni egalladi. Bellashuv shartlari orasida hududni razvedka qilish, tog‘ daryosi va minalangan maydonlardan o‘tish, garovga olinganlarni ozod qilish va harbiy asirlarni so‘roq qilish kabi topshiriqlar bo‘ldi.
Toshkent viloyatidagi yashash xonadonida yashirin sex tashkil etib, xorijda ishlab chiqarilgan va yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalarini qayta qadoqlash orqali sotuvga chiqarish bilan shug‘ullangan shaxs aniqlandi. Sexdan qadoqlash va dorilarining muddatini o‘zgartirish uskunalari, qalbaki muhrlar topildi.
BMT Ukraina hududlarining RF tomonidan anneksiya qilinishini qoralab, Moskvadan Ukrainaning Donetsk, Zaporoje, Lugansk va Xerson viloyatlari hududi maqomi haqidagi qarorni bekor qilishini talab qildi. Rezolyutsiyani 143 davlat qo‘llab-quvvatladi, 5 davlat qarshi, 35 davlat qatorida O‘zbekiston betaraf qoldi.
Interpol xodimlari og‘ir jinoyatlarni sodir etgan xalqaro qidiruvdagi ikki kishini Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi. Ulardan biri giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyat qilgan, boshqasi esa moliyaviy piramida bilan fuqarolarni aldagan.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan korxona egalariga subsidiya berish imkoniyati yaratildi. Bunda ish beruvchilar har bir xodim uchun 6 oy davomida har oy BHMning 1,5 baravari miqdorida subsidiya olishi mumkun.
PMTI demografik hisobot va prognozlarni e’lon qildi. O‘zbekistonda oxirgi 5 yilda tug‘ilishning keskin o‘sishi kuzatilgan. Bunga sabablar sifatida aholi daromadlarining oshishi, ko‘p farzandlilik tendensiyasiga ijobiy qarashlarning shakllanishi va tibbiy madaniyatning yetarli darajada emasligi ko‘rsatilgan.
12 oktabr kuni Ostonada Vladimir Norov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi MDH Tashqi ishlar vazirlari Kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi. Muzokaralar davomida «Hamdo‘stlik sport poytaxtlari» davlatlararo dasturi qabul qilindi. Keyingi yig‘ilish 2023 yil 14 aprelda Toshkent shahrida o‘tkazilishi belgilandi.
Kattaqo‘rg‘on tumanida «o‘qib qo‘yish» uchun chaqirilgan «mulla» xonadondagi ayolga tegajog‘lik qilgani aytilmoqda. Holat yuzasidan tuman sudida o‘tkazilgan majlisda mulla 10 sutkaga qamaldi. U avval ham ichkilik ichib, jamoat joyida tartib buzgani uchun jarimaga tortilgan.
Qibray tumanida qurilishi rejalashtirilgan kottejlarga oldindan pul to‘lagan 108 ta xonadon egalari prezidentga murojaat yo‘lladi. Fuqarolar noyabr-dekabr oylarida topshirilishi reja qilingan kottejlar hali ham kurilmagani va to‘langan pullar faqatgina qisman qaytarib berilishidan norozi.
Non shahri — poytaxtda nega talabaga boshpana topilishi qiyin? Nima uchun uy egalari ijarachi sifatida talabalarni tanlamaydi? E’lonlarda “Talabalar bezovta qilmasin, faqat oilaga beriladi” deb yozilishiga sabab nima? “Gazeta.uz” har ikki tomon bilan suhbatlashib, muammoga yechim topishga harakat qilib ko‘rdi.
Beshta bankka tegishli bo‘lgan Uzcard protsessing markazidagi davlat ulushining 75 foizi kompaniyaning to‘rt nafar ta’sischisiga o‘tkazildi. Davlat aktivlarini boqsharish agentligi hali kelishuv tafsilotlarini oshkor qilmadi.
Jamoatchilik tanqididan so‘ng Andijondagi tashlandiq Nodirabegim bog‘i va undagi qurigan ko‘lni (sobiq Komsomol) tiklashga kirishildi. Uch yil muqaddam viloyat rahbari shahar hokimini tanqid qilib, bog‘ni rekonstruksiya qilishga ajratilgan mablag‘larni talon-toroj qilib, Turkiyaga qochib ketganini aytgan edi.
Sobiq «Buxoroteks» yigiruv-to‘quv kombinati obyektlari autsionda 109,9 mlrd so‘mga sotildi. 115 ming kvadrat metr maydonga ega binolar majmuasining 17,6 gektarlik yer maydonini kimoshdi savdosidan 6 kun oldin tashkil etilgan va Artel bilan bog‘liq Bukhara Next Generation Product kompaniyasi sotib oldi.
«Tashabbusli budjet» loyihasiga ajratiladigan 8 trln so‘m mablag‘, Samarqandda kanaldan 18 yoshli qizning jasadi topilgani, poytaxtda uy-joy ijarasi o‘rtacha 1 mln so‘m ekanini aytgan DSQ, HUMO kartalaridan yo‘lkiraga ortiqcha pul yechib olinayotgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
O‘zbekistonning charm ishlab chiqaradigan yirik kompaniyalaridan biri Orient Technology UzCharmSanoat Expo 2022 ko‘rgazmasida o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda.
UzAirways Farg‘ona va Dubay o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda. Shuningdek, aviakompaniya Toshkentdan Sharjaga reyslarni ko‘paytirmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting