Arxiv

Namangandagi maktabda o‘quvchilar o‘qituvchiga kuch ishlatdi
6 oktabr 2022, 17:16

Namangandagi maktabda o‘quvchilar o‘qituvchiga kuch ishlatdi

Kosonsoy tumanidagi maktabda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida janjal yuzaga keldi. Videodan boshqa bir o‘quvchi ustozining boshiga gultuvak otganini ham ko‘rish mumkin. XTV janjal o‘zaro kelishmovchilik oqibatida yuzaga kelganini ma’lum qildi. O‘quvchining onasiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Navoiyda bank xodimlari bankomatdan qariyb 100 mln so‘mni o‘zlashtirgani aytilmoqda
6 oktabr 2022, 16:47

Navoiyda bank xodimlari bankomatdan qariyb 100 mln so‘mni o‘zlashtirgani aytilmoqda

Navoiyning Navbahor tumanidagi «Turonbank» xodimlari bankomatga kirim qilish uchun ajratilgan mablag‘ning qariyb 100 mln so‘mini o‘zlashtirgani aytilmoqda. Hozirda gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti prognozini ijobiy baholadi
6 oktabr 2022, 16:08

Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti prognozini ijobiy baholadi

Jahon banki 2022 yil uchun O‘zbekistonda YAIM o‘sishi prognozini 5,3 foizgacha yaxshiladi. Biroq 2023 yilda o‘sish 4,9% bo‘lishi tahmin qilinmoqda. Shuningdek, maqsadli ijtimoiy himoya dasturlari orqali qashshoqlik darajasi 2023 yilda 14,5 foizga, 2024 yilda esa 12,2 foizga tushishi kutilmoqda.

Farzand asrab olish uchun ruxsat etilgan yosh o‘zgartirilishi mumkin
6 oktabr 2022, 15:44

Farzand asrab olish uchun ruxsat etilgan yosh o‘zgartirilishi mumkin

Oila kodeksiga farzand asrab oluvchilar «kamida ikki yil birga nikohda yashagan shaxslar, shuningdek, 25 yoshga to‘lgan fuqarolar» bo‘lishi mumkinligi haqida o‘zgartirish kiritish taklif etilmoqda. Hozirda bola asrab olish faqat «voyaga yetgan fuqarolarga» ruxsat etilgan.

AQSh paxtachilikdagi mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun O‘zbekistonga $2 mln yo‘naltiradi
6 oktabr 2022, 15:39

AQSh paxtachilikdagi mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun O‘zbekistonga $2 mln yo‘naltiradi

AQSh Mehnat vazirligi O‘zbekistondagi paxta korxonalari salohiyatini xalqaro mehnat standartlari va munosabatlariga moslashtirish maqsadida $2 mln grant ajratadi.

Mirziyoyev Putinni «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi
6 oktabr 2022, 15:26

Mirziyoyev Putinni «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi, qolaversa 70 yoshga to‘lgani uchun «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi.

Coca-Cola futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga 30 ta yo‘llanma sovg‘a qiladi
6 oktabr 2022, 15:00 2

Coca-Cola futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga 30 ta yo‘llanma sovg‘a qiladi

Coca-Cola kompaniyasi soni cheklangan plastik idishlarni ishlab chiqardi, uning qopqog‘i ostidagi kod orqali futbol bo‘yicha 2022 yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanmalar yutib olish imkoniyati mavjud.

«Bir paytlar paxta maydonidan bir gektar ajratish jinoyat edi» — Shavkat Mirziyoyev
6 oktabr 2022, 14:45

«Bir paytlar paxta maydonidan bir gektar ajratish jinoyat edi» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda paxta dalasida fermer va qishloq xo‘jaligi vakillari bilan uchrashdi. Nav evaziga hosildorlikni oshirish, suvdan oqilona foydalanish zarurligi ta’kidlandi. «Bir paytlar paxta maydonidan bir gektar ajratish jinoyat edi, takroriy ekin ekkan ta’qib qilinardi», — dedi davlat rahbari.

Uzbekistan Airways Kuala-Lumpurga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarni tiklaydi
6 oktabr 2022, 14:02

Uzbekistan Airways Kuala-Lumpurga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarni tiklaydi

Uzbekistan Airways 1-noyabrdan Kuala-Lumpurga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarni tiklashini ma’lum qildi. Toshkent — Kuala-Lumpur — Toshkent qatnovlari haftaning seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Somon yo‘lining aniq massasi hisoblab chiqildi
6 oktabr 2022, 12:42

Somon yo‘lining aniq massasi hisoblab chiqildi

Olimlar guruhi hisoblab chiqqan Somon yo‘li galaktikasi massasining yangi qiymati avvalgi ma’lumotlarning deyarli yarmiga teng bo‘lib chiqdi. Ular galaktikaning massasi Quyosh massasidan atigi 550 mlrd marta katta degan xulosaga keldi.

«Davlat tashkilotlarida nogironlarga nisbatan ishonchsizlik bor». OTMni bitirgan yuzlab nogironlar ishsiz qolmoqda
6 oktabr 2022, 12:36

«Davlat tashkilotlarida nogironlarga nisbatan ishonchsizlik bor». OTMni bitirgan yuzlab nogironlar ishsiz qolmoqda

Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan 2 foizli kvota asosida bu yil 960 nafar nogiron OTMni tamomladi, biroq ular ishsiz. Qonunchilikka ko‘ra davlat tashkilotlari ularga ish o‘rni yaratishi kerak, ammo tashkilotlar ish so‘rab borganlarga rad javobini beryapti. «Gazeta.uz» ushbu muammoga e’tibor qaratdi.

Uzbekistan Airways Milan, Rim va Parijga bo‘lgan mavsumiy aviaqatnovlarni vaqtincha to‘xtatdi
6 oktabr 2022, 12:07

Uzbekistan Airways Milan, Rim va Parijga bo‘lgan mavsumiy aviaqatnovlarni vaqtincha to‘xtatdi

Uzbekistan Airways «Qish-2022» jadvaliga o‘tish munosabati bilan Urganch — Milan — Toshkent, Urganch — Rim — Toshkent, Toshkent — Parij — Toshkent yo‘nalishlarida mavsumiy aviaqatnovlarni vaqtincha to‘xtatdi. Italiya va Fransiyaga parvozlar tasdiqlangan yozgi parvozlar jadvaliga ko‘ra oktabr oyi oxirigacha bo‘ladi.

Shahar ichi atamalari: Stoyanka, stansiya, ostanovka — hammasi ham bekat degani emas
6 oktabr 2022, 12:00

Shahar ichi atamalari: Stoyanka, stansiya, ostanovka — hammasi ham bekat degani emas

Tilshunos, adib, jurnalist umuman o‘z tilini qadrlaydiganlar — o‘zbek tilining ichki imkoniyatlarini chuqur o‘rganishga, shevalardagi behisob durdonalarni yig‘ib, adabiy til mulkiga aylantirishga harakat qilmog‘i kerak. «O‘zbek tili oyligi» doirasida Suyun Qorayevning 1990 yildagi maqolasini taqdim etamiz.

So‘mdagi kreditlarning o‘rtacha foiz stavkalari pasaydi, dollarda esa oshdi
6 oktabr 2022, 11:26

So‘mdagi kreditlarning o‘rtacha foiz stavkalari pasaydi, dollarda esa oshdi

Milliy valyutadagi kredit stavkalari ketma-ket uchinchi oy pasayib, 22,2% ni tashkil etdi. Aholi kreditlari bo‘yicha foizlar 5 oy ichida minimal darajaga tushdi, biroq biznes qarzlari yana ko‘tarila boshladi. Xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 2020 yil may oyidan beri maksimal darajaga yetdi.

Andijonda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ajratilgan pullar talon-toroj qilingani aniqlandi
6 oktabr 2022, 11:14

Andijonda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ajratilgan pullar talon-toroj qilingani aniqlandi

Andijonning Paxtaobod tumanida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ajratilgan pullar qo‘shib yozish orqali o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingan. Gumonlanuvchilarga nisbatan jinoiy ish ochilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» 34 ta elektropoyezd sotib olish uchun tender e’lon qildi
6 oktabr 2022, 10:12

«O‘zbekiston temir yo‘llari» 34 ta elektropoyezd sotib olish uchun tender e’lon qildi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati 8 ta yangi yo‘nalishda temiryo‘l qatnovini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Shu munosabat bilan tashkilot 34 ta zamonaviy elektropoyezd sotib olish bo‘yicha xalqaro tender e’lon qildi.

Namangan to‘qimachilik sanoati instituti tashkil etiladi
6 oktabr 2022, 10:01

Namangan to‘qimachilik sanoati instituti tashkil etiladi

Prezident qarori bilan keyingi o‘quv yilidan Namangan to‘qimachilik sanoati instituti o‘z faoliyatini boshlaydi. Institutda ta’lim jarayoni kredit-modul tizimi, jumladan, qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tashkil etiladi. Shuningdek, OTM qoshida To‘qimachilik texnoparki ochiladi.

AQSh silga qarshi oltita dorini ro‘yxatga olishda yordam beradi
6 oktabr 2022, 09:48

AQSh silga qarshi oltita dorini ro‘yxatga olishda yordam beradi

Silga qarshi oltita dori AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi ko‘magida O‘zbekistonda foydalanish uchun JSSTning tezlashtirilgan ro‘yxatga olish tartibidan o‘tdi. Mamlakat sil kasalligiga chalinish bo‘yicha dunyoda yuqori o‘rinlarda turadi.

Sentabr oyida “Yangi O‘zbekiston” bog‘i ro‘parasida 500 dan ortiq daraxt yonib ketdi
5 oktabr 2022, 23:41

Sentabr oyida “Yangi O‘zbekiston” bog‘i ro‘parasida 500 dan ortiq daraxt yonib ketdi

7-sentabr kuni Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i ro‘parasida 500 dan ortiq mevali daraxt yonib ketdi. Prokuratura jinoiy ish ochgan.

Qaynota oilaviy janjal tufayli kelinini shafqatsizlarcha o‘ldirganlikda gumonlanmoqda
5 oktabr 2022, 23:08

Qaynota oilaviy janjal tufayli kelinini shafqatsizlarcha o‘ldirganlikda gumonlanmoqda

Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida 64 yoshli qaynota kechki ovqatni tayyorlashdan kelib chiqqan oilaviy janjal ortidan o‘z kelinini vahshiylarcha o‘ldirgan. Hodisa tafsilotlari oshkor qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting