Toshkentning Yangihayot tumanidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in kelib chiqdi. Oqibat uy jihozlari va uyning ichki qismining 30 kv. metr maydoniga zarar yetdi hamda bir nafar fuqaro halok bo‘ldi.
YAIDXPda avtotransportni boshqarish uchun elektron ishonchnoma rasmiylashtirish xizmati yo‘lga qo‘yildi. Elektron ishonchnoma uchun davlat boji mos ravishda 1 oygacha 90 ming so‘m, 6 oygacha 450 ming so‘m, 3 yilgacha 900 ming so‘m miqdorida undiriladi.
Shveysariya sudi Gulnora Karimova va uning jinoiy sheriklarining $336 mln mablag‘larini musodara qildi. Qo‘shimcha $350 mln mablag‘larni musodara qilish masalasi ko‘rilmoqda. Boshqa davlatlardagi aktivlarning umumiy hajmi 14,3 trln so‘mga teng. Bu mablag‘larga 1400 tadan ortiq maktab qursa bo‘ladi.
Taxi Airports Tashkent kompaniyasi Toshkent xalqaro aeroportida o‘zining taksi xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Boshqa taksilar (Yandex, Mytaxi haydovchilari) esa faqat avtoturargohlar oldidan yo‘lovchilarni olib ketishlari mumkin. Rekonstruksiyadan so‘ng uchta avtoturargoh ham ishga tushdi. Tariflar va narxlar.
Chakana marketpleysida butun O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish xizmati orqali mahsulotlarni xarid qilish mumkin. Servisda skoring xizmati va 50 mln so‘mgacha kredit olish imkoniyati mavjud.
Senatning o‘ttiz ikkinchi yalpi majlisida Amanbay Orinbayev Senat raisiga o‘rinbosar etib saylandi. Shu paytga qadar o‘rinbosar bo‘lgan Murat Kallibekovich Kamalov lavozimidan ozod etildi.
XTV topshirig‘i bilan oliy toifali pedagog kadrlar endilikda majburiy attestatsiya sinovlaridan ozod etiladi. Buning uchun oliy malaka toifasini saqlab kelgan pedagog 15 yillik uzluksiz ish tajribasiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Markaziy bank dollar kursini so‘mga nisbatan qiymatini pastlagandan so‘ng tijorat banklari ham mijozlarga dollarni yangilangan narxlarda taklif qildi.
Ohangaron shossesida sog‘ligi yomonlashgan Cobalt haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi daraxtga urildi. U voqea joyida vafot etdi.
Deputat Rasul Kusherbayev tadbirkorlarga ajratilgan hududlardagi devorlar bilan o‘ralgan 5 mingta daraxt kesilish xavfi ostida ekanini ma’lum qildi. U moratoriyga rioya etilmayotgani bois hokimlarning bunday yer uchastkalarini ajratish to‘g‘risida qarorlarini bekor qilishga chaqirdi.
Ukraina qo‘shinlari qarshi hujum boshlanganidan beri Rossiya bosib olgan 70 km gacha ichkaridagi pozitsiyalarga siljishga muvaffaq bo‘ldi va rus qo‘shinlari aprel oyidan beri egallagan 3000 kv kmdan ko‘proq maydonni qaytarib oldi, deyiladi ISW hisobotida. Urush 2023 yilgacha davom etishi mumkinligi aytilmoqda.
Jahonda «global ishonch inqirozi» haqidagi prezident maqolasi, SHHT sammitida imzolanadigan hujjatlar, poyezd tagida qolib ketgan 4 yoshli qiz, Samarqandga $300 mln kredit ajratadigan BAA, Toshkentga kirish yopilmagani, «Bunyodkor» stadionida bo‘lmagan drenaj tizimi va boshqalar — «Gazeta.uz» da kuni dayjesti.
Uchko‘prik tumanida sobiq hamshira uy sharoitida ehtiyot choralarsiz ukol qilishi oqibatida qizaloq vafot etdi. Ukol qizda allergik reaksiyani yuzaga keltirgan va nafas yo‘llarini berkitgan. Hamshiraga bir qator sabablar tufayli 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Chust tumanida voyaga yetmagan bola Jiguli va Matiz avtomobillarini olib qochdi. Gumonlanuvchi hibsga olingan. Unga nisbatan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.
Namanganda Equinox, Lacetti, Nexia va VAZ-2106 ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida avtomashinalar texnik shikastlangan, tan jarohati olganlar yo‘q. Hududga svetofor o‘rnatish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 4,81 so‘mga arzonlab, 10 950,29 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham pasaydi, yevro esa ko‘tarildi.
Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasi Samarqand shahrida suv ta’minoti tizimlari va yo‘l tarmoqlarini modernizatsiya qilish uchun $300 mlnga yaqin kredit ajratadi. Mablag‘lar yillik 2,5% stavkada, 4 yillik imtiyozli davr bilan 17 yilga beriladi.
IIV Toshkent va boshqa viloyatlarga kirish va chiqish yopilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Tarmoqlarda tarqalgan videolarda esa YPX xodimlari SHHT sammiti doirasida faqatgina Samarqandga kirish yopilishi tufayli aylanma yo‘llarni tushuntirayotgani aks etgan.
O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev «Bunyodkor» stadionidagi yashil maydonda drenaj tizimi shu vaqtgacha umuman ishlamaganini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, suv qumda qolib, maysani chiritib borgan. Endi tizim qayta ishlab chiqiladi va uning usti standart bo‘yicha qoplab boriladi, deyiladi xabarda.
O‘zbekiston prezidenti shu hafta SHHT sammiti doirasida Samarqandda XXR raisi Si Szinpin, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazadi. Ular o‘zaro hamkorlikdan tashqari, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting