Teatr arboblari uyushmasi “Ilhom” teatrida bo‘ladigan “Podpolnыye devochki” spektakli Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalarga putur yetkazishi mumkinligini aytib, IIB va Milliy gvardiyaga ssenariyni o‘rganib chiqishni so‘rab xat yozdi. Adliya vazirligi bu xatni asossiz deb topdi.
10 sentabr kuni Buyuk Britaniya taxtining vorislik kengashi Londondagi Avliyo Jeyms saroyida Charlz III ni mamlakatning yangi qiroli deb rasman e’lon qildi.
O‘zJOKU talabasi universitetda rektorga salom bermagani uchun xodim tomonidan kaltaklangani aytilmoqda. Universitet rektori esa holatdan xabari yo‘qligini, biroq, nohaq harakat qilganlar jazolanishini aytdi. Talabaning salom berish-bermasligi bu ixtiyoriy, deya ta’kidladi Sherzodxon Qudratxo‘ja.
AKFA Medline klinikasi Mustaqillik bayrami munosabati bilan har yili o‘tkaziladigan «Sen yashaysan» aksiyasi tug‘ma yurak nuqsoni bor bolalar uchun 31 ta bepul kardiojarrohlik amaliyotini o‘tkazadi. Jarrohlik amaliyoti homiylar hisobidan amalga oshiriladi.
Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i Farhod Dehqonov hibsga olindi. Ehtiyot chorasi poytaxtda daraxtlarni noqonuniy kesish ishlari bilan bog‘liq emas. U mansab vakolatini suiiste’mol qilganliqda gumonlanmoqda.
«Bunyodkor» futbol klubi prezidenti olib borilayotgan ishlar qoniqarsiz, natijalar esa achinarli ahvolda ekanligi sabab Ulug‘bek Mirzayev o‘rniga Aziz Haydarovni direktor etib tayinladi. Ivan Boshkovich esa bosh murabbiy bo‘ldi. Avval bu lavozimda Viktor Karpenko ishlagan.
UNICEF, UNDRR va O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati bilan hamkorlikda tabiiy ofatlar xavfining oldini olish va kamaytirish bo‘yicha aholining xabardorligini oshirishga qaratilgan qo‘shiq va musiqalar tanlovi e’lon qilindi. Materiallarni qabul qilish 30 sentabrga qadar davom etadi.
Oliy sud yetti nafar nafaqa yoshidagi sudyalar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi. Ularning 4 nafari Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasidan, 3 nafari esa boshqa boshqarma va bo‘limlarda ishlagan.
Finlyandiya O‘zbekistonda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga alohida e’tibor qaratgan holda odil sudlovdan foydalanishni yaxshilash bo‘yicha yangi loyihani amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun BMTTDga 1,5 million yevro ajratadi.
Brokkoli va gulkaramli, tvorog va rezavor mevali, go‘sht va baqlajonli, lavashdan qilingan, kokos qirindisi qo‘shilgan tvorogli va sendvich-toblatma — Zira.uz taomnomasiga yangilik kiritishni istaganlar uchun mazali toblatmalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Prezident tashrifidan so‘ng poytaxtdagi qayta ta’mirlangan Milliy bog‘ yana o‘z faoliyatini boshladi. «Gazeta.uz» muxbirlari Mirolim Isajonov va Madina A’zam qisqa vaqt ichida gavjum maskanga aylangan bog‘dan fotoreportaj tayyorlashdi.
Yotoqxonadan joy ololmagan 57% talabalar, Senat a’zosi bo‘lgan Amanbay Orinbayev, yangi Strategik islohotlar agentligi, talabalar ijara subsidiyasining shartnomasiz varianti, salqin dam kunlari, yana daraxtkushlik, Karl III`ga hamdardlik bildirgan Shavkat Mirziyoyev va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.
Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Tashkent Index majmuasi hududida bo‘sh turgan 10 ming o‘rinli binoni bir hafta muddatda xususiy sherikchilik asosida TTJga aylantirishga ko‘rsatma berdi.
Boyovut tumanida ikki fuqaro Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filialini tugatganligi to‘g‘risida diplom olib berish uchun 3 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Toshkentda bo‘lib o‘tadigan musiqa festivalida Gayazov$ Brother$, Minelli va HammAli & Navai chiqishlari kutilmoqda.
Gulistondagi istirohat bog‘ida 16 tup tol va terak daraxtlari kesilib, 5 tup daraxtga jiddiy zarar yetkazilgani aniqlandi. Holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo ittifoq davlatlari parlamentlarining ayol rahbarlari sammiti yakunida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. Sammit COVID-19 pandemiyasi oqibatlari, gender tenglik hamda xotin-qizlar huquqlarini parlamentar darajada belgilash maqsadida o‘tkazildi.
Shimoliy Koreya yadro quroli to‘g‘risidagi qonunni qabul qilib, «dushman kuchlar» tomonidan hujum tahdidi yuzaga kelganda, ulardan preventiv foydalanishga ruxsat berdi. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In KXDRning yadroviy maqomi endi «qaytarib bo‘lmaydigan» ekanligini aytdi.
Strategik rivojlanish agentligi negizida prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tashkil etildi. Agentlik alohida soha va tarmoqlarni isloh qilish takliflarini ishlab chiqadi va uning bajarilishini nazorat qiladi. Uning bosh direktori va o‘rinbosarlari prezident tomonidan tayinlanadi.
Nukusda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev Senat a’zoligiga saylandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting